Qiymat va ishlab chiqarish omillari nazariyalari
.
Klassik
iqtisodiy maktab vakillari ichida J.B.Seyning qiymat nazariyasi o‗ziga
xosligi bilan ajralib turiladi. A.Smit, D.Rikardo, sotsial-utopistlar,
S.Sismondi, K.Marks va boshqa bir qator iqtisodchilar tovar qiymatining
yagona manbayi mehnat, deb hisoblaganlar. J.B.Seyda bu muammoga
ikki xil yondashuv mavjud: u bir joyda, tovar qiymati kapitalga, ish
haqiga va yer rentasiga bo‗lgan xarajatlardan tashkil topadi, degan
bo‗lsa, ikkinchi bir joyda, qiymat foydalilik bilan aniqlanadi, deydi.
J.B.Sey foydalilik bilan buyumning (tovarning) qimmati o‗rtasidagi
o‗zaro bog‗liqlikni aniq qilib ko‗rsatib berdi. «Foydalilik – bu qimmat
o‗lchovidir», – deb yozadi J.B.Sey. Bu bilan u tovar qiymati nafaqat
mehnat sarflari bilan, balki mahsulotning foydalilik darajasi bilan ham
o‗lchanishi mumkinligini aytib berdi.
J.B.Sey tovar qiymatining yaratilishida ishlab chiqarishning uch
omiliga (mehnat, kapital, yer) alohida e‘tibor bergan. Uning
tasdiqlashicha, bu omillar tovar qiymatini yaratishda bir xil ishtirok
etadi, barcha mahsulotning umumiy qiymati esa uch sinf – ishchilar,
kapitalistlar va yer egalari daromadlaridan tashkil topadi. J.B.Seyning
uch omil nazariyasiga muvofiq «mehnat» omili ishchilarning daromadi
sifatida ish haqi yaratadi, «kapital» omili kapitalistlarning daromadi
sifatida foyda yaratadi, «yer» omili yer egalarining daromadi sifatida
renta yaratadi. Demak, boylik yaratishda ishlab chiqarishning har bir
omili qatnashadi (Smitda faqat unumli mehnat boylik yaratadi, deyiladi).
J.B.Sey yuqorida ko‗rsatilgan omillar (mehnat, kapital, yer) ishchilar,
kapitalistlar va yer egalarining daromadlarini yaratishda mustaqillikka
ega ekanligini qayd qilib o‗tadi.
Demak, J.B.Sey nazariyasida tadbirkorlarning cheklanmagan
erkin raqobati sharoitida ishlab chiqarish omillarini va jamiyatdagi
146
sinflarni ekspluatatsiya qilish inkor etiladi. Uningcha, ishlab chiqarishda
tadbirkorlar (ular ishlab chiqarishni tashkil etadilar va boshqaradilar),
yer egalari (tovar ishlab chiqarish uchun tabiiy materiallarni beradilar)
va ishchilar (tayyor mahsulot yaratadilar) o‗zaro ta‘sirda bo‗ladilar va
bir-birlarini to‗ldirib boradilar. Ishlab chiqarish jarayoni qatnashchilari
bir-birlariga qarshi turmaydilar, aksincha, bir-birlarini to‗ldirib turadilar.
Ishlab chiqarish omillari tomonidan yaratilgan ijtimoiy mahsulot
qiymati ushbu omil egalariga daromad sifatida taqsimlanadi, xususan,
tadbirkor daromadi, J.B.Seyning aniqlab berishicha, bu uning qobiliyati,
iste‘dodi, faoliyati va boshqaruvi uchun to‗lanadigan haq. Uning
fikricha, kapitalning oshib borishi bilan «quyi sinflarning» ahvoli
yaxshilanib boradi va ularning ko‗pchiligi «yuqori sinf» safini to‗ldirib
boradi. J.B.Sey kompensatsiya nazariyasiga asos soldi. Mashinalar
dastlab ishchilarni ishlab chiqarishdan siqib chiqaradi, keyinchalik
pirovard natijada esa ish bilan bandlikni oshiradi va mahsulot ishlab
chiqarishni arzonlashtirish hisobiga ularga katta foyda keltiradi. Uning
ifoda etishicha, «ishlab chiqarishdagi texnik yangiliklardan boshqalarga
nisbatan ishchilar sinfi ko‗proq manfaatdor». Umuman, iqtisodiy
ta‘limotlar tarixida J.B.Seyning nomi bozor iqtisodiyoti sharoitida
sinflar manfaati uyg‗unligiga cheksiz ishongan olim sifatida tilga
olinadi.
J.B.Seyning o‗tmishdoshlari «haqiqiy» boylik yaratadigan
iqtisodiyot tarmoqlarini (merkantilistlar tashqi savdoni, fiziokratlar
qishloq xo‗jaligini) ajratib ko‗rsatib berishga harakat qilgan. Hatto
A.Smit xizmat ko‗rsatish sohasidagi mehnatni unumsiz mehnat, sanoat
va savdodagi mehnatni esa kam unumli mehnat, qishloq xo‗jaligidagi
mehnatni yuqori unumli mehnat hisoblangan, negaki, unga tabiat
«yordam« beradi. J.B.Sey iqtisodiyotning asosiy sohalari – sanoat,
qishloq xo‗jaligi, savdo va xizmat ko‗rsatish o‗rtasidagi «tenglikni»
ko‗rsatib berdi. Uning fikriga ko‗ra to‗rtta sohaning barchasida boylik
yaratiladi, chunki sanoatda ham, qishloq xo‗jaligida ham, savdoda ham,
xizmat ko‗rsatishda ham foydalilik ishlab chiqariladi.
Hozirgi zamon g‗arb iqtisodchilari o‗tmishdoshlaridan, birinchi
navbatda, J.B.Seydan ishlab chiqarishning har xil, teng huquqli omillari
147
milliy daromad yaratadi, degan tushunchani meros qilib olgan. Bunday
yondashuvning ma‘nosi shundan iboratki, har bir daromad oluvchi kasbi
va faoliyat sohasidan qat‘iy nazar bir vaqtning o‗zida uni yaratuvchi
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |