1-мавзу. Moliya bo’limi(boshqarmasi)ning faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rganish
O’zbekistonda davlat moliyasining markaziy bo’g’inida turgan davlat budjeti va budjet tizimini takomillashrishga qaratilgan qator chora tadbirlar amalgam oshirilmoqda.
Moliya bo’limi faoliyatini tartibga soluvchi бир қатор me’yoriy-huquqiy hujjatlar va moliya tizimini rivojlanishiga xizmat qiluvchi ichki yo’riqnomalar мавжуд экан. Уларнинг асосийлари қуйидагилар:
1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 100–moddasida mahalliy hokimiyat organlari vazifalariga quyidagilar kiritilgan:
Qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash;
Hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
Mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilish;
Mahalliy kommunal xo’jalikka rahbarlik qilish;
Atrof – muhitni muhofaza qilish;
Fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash;
Normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va O’zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
2. O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrdagi «Mahalliy davlat xokimiyati to’g’risida»gi Qonuni. Unda mahalliy davlat xokimiyat idoralarining moliyaviy faoliyati asoslari belgilab kuyilgan. Mazkur qonunning “Mahalliy davlat hokimiyati faoliyatining moliyaviy asosi” deb nomlangan 11-moddasida ta’kidlanganidek, viloyat, tuman, shaharning moliyaviy resurslarini byudjet mablag’lari, byudjetdan tashqari fondlar, aniq maqsadga qaratilgan fondlar, kredit resurslari, shuningdek, respublika byudjetidan ajratilgan subvetsiya va dotatsiyalar tashkil etadi.
«Mahalliy davlat xokimiyati to’g’risida»gi qonunda viloyat, tuman, shaxar xokimlari tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy faoliyat bu soxada mahalliy idoralarga berilgan vakolatlar va ularning xukukiy xolati belgilab kuyilgan. Mahalliy davlat idoralari tarkibidagi Moliya boshqarmalari va moliya bo’limlarining xuquqiy xolatlari belgilangan tartibda ular to’g’risidagi tasdiqlangan nizomlarga ko’ra belgilanadi.
3. O’zbekistonda budjet jarayonining ayri bosqichlari bir nechta qonun xujjatlari bilan tartibga solinishi, “Budjet tizimi to’g’risida”gi Qonunning ayrim moddalari yangi talablarga muvofiq emasligi amaliyotda bazi qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda edi. Mazkur holatlarni bartaraf etish, amaliyotda o’zini oqlagan meyorlar hamda xalqaro tajriba hisobga olingan holda ayni yo’nalishdagi qonunchilikni takomillashtirish maqsadida butun budjet jarayonini tartibga soluvchi yagona xujjat – O’zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi ishlab chiqildi va amaliyotga tadbiq etildi.
O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi. Davlat moliyasini boshqarishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, byudjet tizimining ustuvor yo‘nalishlarini yagona bitta hujjat orqali tartibga solish, byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida 2013 yil 26 dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” O‘RQ-360-son Qonuni qabul qilindi, hamda mazkur Qonunga asosan, O‘zbekiston Respublikasida 2014 yil 1 yanvardan boshlab Byudjet kodeksi eksperiment tariqasida, 2014-2015 yillar davomida sinov sharti bilan amalga kiritildi. Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan, 2014 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi va “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi Qonulari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan bo‘lsa, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi, “Xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risida”gi va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qolaversa, Byudjet kodeksi barcha manfaatdor taraflarni byudjet tizimi va byudjet jarayoni to‘g‘risidagi keng qamrovli hamda ishonchli axborot bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Bu axborot davlat byudjetini ishlab chiqish va ijro etish bilan shug‘ullanayotgan hukumat uchungina emas, balki Oliy Majlis, mahalliy hokimiyat organlari, byudjet tashkilotlari va barcha fuqarolar uchun ham muhimdir. CHunonchi, mintaqalarda Byudjet kodeksi resurslarni qayta taqsimlash va ularning daromad salohiyatini mustahkamlashning barqaror hamda samarali mexanizmini ta’minlashga qaratilgan. Byudjet tashkilotlari uchun bu – byudjetlarni tuzish va ijro etish hamda ular oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishning aniq va ravshan qoidalaridir. Fuqarolar uchun esa Byudjet kodeksining qabul qilinishi shu bois ham muhimki, bugungi kunda Davlat byudjetining qariyb 60%i ijtimoiy sohaga yo‘naltirilyapti. Bular ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoyaga doir xarajatlardir. Tegishincha, agar qonunchilik Davlat byudjetining ijrosi va uning ijrosini nazorat qilishning aniq taomillarini ta’minlasa, sog‘liqni saqlash va ta’lim kabi xizmatlaridan keng foydalanishni ta’minlash, aholining nochor guruhlarini qo‘llab-quvvatlash va davlatning boshqa ijtimoiy majburiyatlarini samarali bajarish mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mazkur kodeks taraqqiy etgan mamlakatlarning bu boradagi ilg‘or tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining asosiy ikkita – «Byudjet tizimi to‘g‘risida»gi va «Davlat byudjeti g‘azna ijrosi to‘g‘risida»gi Qonunlarning deyarli barcha me’yorlarini hamda byudjet jarayonining alohida masalalarini tartibga soluvchi oltita qonun, Prezidentimizning farmon va qarorlari, Hukumat qarorlari va idoralararo me’yoriy-huquqiy hujjatlarini o‘z ichiga qamrab olgan, hamda unda turli qonunosti hujjatlarida nazarda tutilgan me’yor va qoidalar tizimlashtirib, muvofiqlashtirilgan, byudjet qonunchiligida foydalaniladigan aniq tushunchalar va ta’riflar berilgan. SHuningdek, byudjet jarayonigi yangi usullar va dastaklarni joriy etish, hamda xalqaro standartlar va me’yorlarni moslashtirish uchun asos yaratilgan.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 martdagi “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2847-son Qarori. Mazkur Qaror Respublika moliya organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining soliq-byudjet siyosatiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini hamda ijtimoiy sohani barqaror, mutanosib va jadal rivojlantirish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan vazifalari, funksiyalari, ish shakllari va uslublarini qayta ko‘rib chiqish maqsadida qabal qilingan.
Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda uning bo‘linmalari faoliyatining ustuvor vazifalari hamda yo‘nalishlari, shuningdek ularning tarkibiy tuzilishi va namunaviy tuzilmalari ko‘rsatib o‘tilgan.
SHuningdek ushbu Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi yangi Nizom tasdiqlangan.
5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 iyundagi “Mahalliy budjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5075 prezident farmoniga ko’ra: 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hamda mahalliy budjetlarning daromadlari bazasini tubdan mustahkamlash, yuqori turuvchi budjetlar ajratmalariga qaramligini qisqartirish, uy-joy-kommunal, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiyalash va texnik yangilash bo‘yicha strategik muhim investitsiya loyihalarni amalga oshirishni so‘zsiz ta’minlash yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqil ish olib borishi va mas’uliyatini oshirish maqsadida:
1. Aholining real daromadlari, turmush darajasi va sifatini oshirish maqsadida hududlarni kompleks rivojlantirishni barqaror moliyalashtirilishini ta’minlash, markaz budjetiga qaramlikni keskin kamaytirish, budjetlararo munosabatlarni tubdan isloh qilish orqali mahalliy budjetlar mablag‘larini boshqarishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining mustaqil ish olib borishini kuchaytirish mamlakat budjet siyosatining asosiy vazifalari etib belgilansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligining 2017-yilning 1-iyulidan boshlab 2017-yilning 31-dekabrigacha Toshkent shahri va uning tumanlarida tajriba tartibini o‘rnatish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
a) daromadlar qismida:
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha belgilangan soliq tushumlari, jismoniy shaxslarning mulklaridan olinadigan soliqlar, jismoniy shaxslardan olinadigan yer soliqlari, tovarlarning ba’zi turlari bilan savdo qilish va xizmatlarning alohida turlarini ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imlar to‘liq hajmda tumanlar budjetlari daromadlari hisobiga o‘tkaziladi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga to‘lanadigan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi va bozorlardan tushayotgan daromadlar Toshkent shahri budjeti va tumanlar budjetlari o‘rtasida taqsimlanadi;
yuridik shaxslarning yer soliqlaridan tushadigan tushumlar, suv resurslaridan foydalanish solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan mulk solig‘i to‘liq hajmda Toshkent shahri budjetiga yo‘naltiriladi;
yuridik shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq tushumlari, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun olinadigan soliqlar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to‘lovi, jismoniy shaxslarning daromad soliqlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va Toshkent shahrining mahalliy budjeti o‘rtasida mazkur Farmonning ilovasiga* muvofiq normativlarga ko‘ra taqsimlanadi;
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va Toshkent shahri budjeti o‘rtasida, shahar budjeti qismida, o‘tkazilgan soliqlardan belgilangan prognozlarni ortig‘i bilan bajarish summasi, Toshkent shahrining mahalliy budjeti ixtiyorida qoldiriladi;
b) xarajatlar qismida:
xalq ta’limi muassasalari, poliklinikalar, yotish o‘rniga ega bo‘lmagan dispanserlar, aholining madaniyat va dam olishi markazlari, tumanlar hokimliklari va ularning bo‘limlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ijtimoiy yordam va ijtimoiy moslashish markazlari va obodonlashtirishga bo‘lgan xarajatlar tumanlar budjetlaridan moliyalashtirilishi tartibi saqlanib qolinadi;
shahar budjetidan moliyalashtiriladigan ichki avtomobil yo‘llarini ta’mirlash xarajatlari, tumanlar budjetiga o‘tkaziladi;
tumanlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan umum ta’lim maktablarining oylik ish haqi va yagona ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlari, Toshkent shahrining shahar budjetidan ajratiladigan maqsadli budjetlararo transfertlari hisobiga amalga oshiriladi;
ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash xarajatlari, alohida toifadagi fuqarolarning bepul va imtiyozli yo‘lkirasi bilan bog‘liq yo‘lovchi tashuvchilarning daromadlarining kamaygan qismini qoplash, transport vositalarini xarid qilish bilan bog‘liq shahar yo‘lovchi transporti tashkilotlarining xarajatlari Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladi;
tumanlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan Chernobil AES halokati natijalarini bartaraf qilishda qatnashgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, maxsus maktablar, maktab internatlari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning ta’minoti xarajatlari Toshkent shahrining shahar budjetiga o‘tkaziladi;
Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan xarajatlar, mazkur kichik bandda belgilangan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur tajriba natijalari asosida 2018-yilgi soliq va budjet siyosati Konsepsiyasi doirasida respublikamizning barcha hududlariga tajriba tartibini joriy etish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash hisobiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti g‘aznachiligi ijrosini yanada takomillashtirish va kuchaytirish bo‘yicha takliflarni kiritsin.
4. Belgilansinki, 2017-yilning 1-iyulidan boshlab, hududlarning o‘zini-o‘zi moliyaviy ta’minlash darajasini oshirish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining debitorlik qarzlarini kamaytirishdan manfaatdorligini oshirish maqsadida, “O‘ztransgaz” AK gaz ta’minoti korxonalari sotiladigan gazga qo‘shimcha qiymat solig‘ini to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda, uni sotish joyida amalga oshiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ikki oy muddatda davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan tushumning bir qismini Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetiga yo‘naltirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
o‘n kun muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining har yilgi "Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida"gi qarorlari. Mazkur har moliya yili boshlanishidan oldin qabul qilanadigan qarorlarda mamlakatizmiz byudjetining daroamdlari va xarajatlari miqdori tasdiqlanadi. Jumladan, soliq stavkalari miqdori, ulardan tushumlar miqdori va xarajatlar yo’nalishi va miqdori tasdiqlanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 dekabrdagi PQ-№2699-sonli Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari tasdiqlangan.
7. Shuningdek 5 bo’limdan iborat bo’lgan Tuman moliya bo’limi nizomida quyidagilar belgilab qo’yilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |