3-MAVZU: HUDUDNING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIDA MOLIYA BOSHQARMASI(BO’LIMI)NING O’RNI
Barchamizga malumki har bir ishning to’g’ri hisob-kitob bilan amalga oshirilishigina ko’zlangan maqsadga erishishni ta’minlaydi. Shu sababdan ham har bir korxona-tashkilotda, muassasalarda bugalterlar faoliyat ko’rsatadi, tuman miqyosida bu vazifani tuman moliya bo’limi amalgam oshiradi. Tuman moliya bo’limi o’z faoliyatini O’zbekiston Respuplikasi Konstitutsiya va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, buyruq, farmon va farmoyishlariga hamda Tuman moliya bo’limining Nizomiga muvofiq amalga oshiradi.
1.Moliya bulimi ijtimoiy ishlab chikarishning samarasini oshirish maksadida moliyaviy mablaglarni ishlatishni ta’minlaydi.
2.Xalk xujaligi tarrakiyoti xamda axoli xayoti mikiyosining moddiy va madaniy ustirish buyicha tadbirlarni tasdiklangan reja asosida mablag bilan ta’minlashga moliyaviy mablag yullaydi.
3.Tuman byudjetidan ajratilgan moliyaviy mablaglarni rejamli xamda maksadli ishlatiladi.
4.Tuman xududida birlashmalar , korxonalar va tashkilotlar byudjet oldida moliyaviy majburiyatlarni bajarishlari xamda moliyaviy intizomga rioya kilinishini taklif etadi.
5.Xalk xujaligi xamda ijtimoiy madaniy soxalarni moliyaviy mablag bilan ta’minlaydi , tumanning tijorat , ijtimoiy va ishlab chikarish tarrakiyoti uchun moliyaviy baza yaratadi
G’uzor tumani - Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Shimolidan Qamashi, Chiroqchi, sharqdan Dehqonobod, g’arbdan Qarshi va Nishon tumanlari, janubida 25 km masofada Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 2,62 ming km2. Tumanda 1 shahar (G’uzor), 42 qishloq fuqarolari yig’ini (Bo’ston, Batosh, Gulshan, Xalqobod, Shakarbuloq, Qorapul, Pachkamar, Zarbdor, Sherali, Apardi, Xumdon, Mehnatobod, Chaqar, Qo’shtepa, Guliston) bor. Markazi — G’uzor shahri.
Tumanda 56 sanoat, qurilish korxonasi bor, shulardan yiriklari: paxta tozalash, ta’mirlash, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, ta’mirlash-qurilish, "Sho’r-tangaz" unitar-sho’ba, "Sho’rtangaz-kimyo" sanoat korxonalaridir. Sav-do, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, avtovokzal, avtokemping, dehqon bozori bor. G’uzor tumanida 1500 ga yaqin fermer va dehqon xo’jaliklari faoliyat ko’rsatmoqda. Tuman qishloq xo’jaligi, asosan, paxtachilik, g’allachilikka ixtisoslashgan, qo’ychilik (jumladan, qorako’l qo’ylari), qoramolchilik, parrandachilik ham rivojlangan. Yiliga qariyb 13 ming qorako’l teri tayyorlanadi. Tumandagi ekin maydonlarining 12,3 ming ga yeriga paxta, 26,7 ming ga yeriga don, shuningdek, sabzavot, kartoshka, ozuqa ekinlari ekiladi. Tumandagi jamoa va shaxsiy xo’jaliklarida 32,9 ming qoramol, 259 ming qo’y va echki, 55 ming parranda, 1,2 ming yilqi boqiladi (2003).
Yumanda 79 umumiy ta’lim maktabi (45 mingdan ziyod o’quvchi), 3 litsey va 8 kasbhunar kolleji (jami 1900 o’quv-chi) bor. 39 kutubxona, 21 maktabgacha talim muassasasi, madaniyat va istirohat bog’lari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixona, feld-sher-akusherlik, qishloq vrachlik punktlari va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat ko’rsatadi. Tuman hududidan Toshguzar — Boysun — Qumqo’rg’on temir yo’l o’tkazilgan. Qarshi — Kitob temir yo’l, uning Sho’rtanga boruvchi 15 km ga yaqin tarmog’i, Toshkent — Termiz avtomagistra-lining bir qismi, Qarshi — G’uzor, Shahrisabz — Qarshi va boshqa yo’nalishlar bo’yicha avtomo-bil yo’llari o’tkazilgan. G’uzor shahridan Qarshi shahriga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.
Tumanda 2019 yil 1iyul holatiga ko’ra jami 134 birlik qishloq, o’rmon va baliq xo’jaliklari ro’yxatga olingan bo’lib shulardan 132 birligi faoliyat ko’rsatmoqda; 139 birlik sanoat korxonalari ro’yxatga olingan bo’lib shulardan 138 birligi faoliyat ko’rsatib kelmoqda; bundan tashqari qurilish sohasida 128 ta, savdo sohasida 269 ta, tashish va saqlash sohasi bo’yicha 35ta, yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar sohasida 41 ta, axborod va aloqa yo’nalishida 13 ta, sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish bo’yicha 26 ta va boshqa turdagi xizmatlar ko’rsatish bo’yicha 308 ta jami bo’lib esa tumanda 1082 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Bulardan foiz ko’rsatgichi yuqorisi savdo korxona va tashkilotlari bo’lib ular 24,6 foizni tashkil qilsa, keyingi o’rinlarda sanoat sohasi 12.8 foiz va qishloq, o’rmon va baliq xo’jaliklari 12,2 foizni tashkil qiladi.
Shuningdek, G’uzor tumanida bir qancha kichik tadbirkorlik subyektlari ma’lakali faoliyat olib bormoqda. Xususan qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligida 127 ta, sanoat sohasida 133 ta, qurilish yo’nalishi bo’yicha 127 ta, savdo sohasida 265 ta, 34 ta tashish va saqlash, 40 ta yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar, 12 ta axborot va aloqa sohasida, 19ta sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish bo’yicha va 64 ta boshqa turdagi xizmatlar ko’rsatish bo’yicha jami 821 ta kichik tadbirkorlik subyektlari iqtisodiy faoliyat faoliyat ko’rsatib kelishmoqda.
Tumanda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ancha rivojlanib bormoqda. Buni tumanda 1771,8 mlrd. so’mlik sanoat, 41,1 mlrd. so’mlik(2019 yil yanvar-iyun oy uchun) iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgani yaqqqol dalili bo’loladi. Tumandagi yirik sanoat korxonalari tomonidan joriy yilda 98,2 ming tonna xom neft, 334,7 ming tonna tabiiy gaz kondensati, 5290,8 mln metr kub gazsimon holatdagi tabiiy gaz, 64780,0 tonna birlamchi formalardagi solishtirma og’irligi 0,94dan kam bolmagan politilen, 2149,0 tonna plastmassadan qattiq quvurlar, trubkalar va shlanglar ishlab chiqarildi.
Tumanda joylashgan Sho’rtan gaz-kimyo majmuasi — jahondagi eng yirik gaz sanoati korxonalaridan biri. "O’zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi unitar sho’ba korxona. Qashqadaryo viloyatining G’uzor tumanidagi Sho’rtan shaharchasida joylashgan. 150 ga dan ortiq maydonni egallaydi. Mahalliy konlardan olinadigan gazni qayta ishlab, organik sintez, polietilen, yoqilg’i gazi, suyultirilgan gaz, gaz kondensati, donador oltingugurt, polietilen tagliklar, polietilen plenkalar ishlab chiqaradi.
Sho’rtan gaz-kimyo majmuasi qurilishi 1998 yildan boshlangan. "O’zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasining mustaqillik yillarida amalga oshirgan eng yaxshi loyihalaridan va xalqaro hamkorlik mahsullaridan biridir. 2001 yilda ishga tushirildi. 2002 yil 15 avg .da birinchi polietilen olindi.
Majmua qurilishida AQShning "ABB Lummus Global", "Honeywell", Germaniyaning "Fisher", "Ermafa", Kanadaning "Nova Chemicals", Italiyaning "Renco", "ABB Soimi", Yaponiyaning "Mitsui", "Nisho Ivai", Fransiyaning "Upedex", Rossiyaning "Soyuzvneshtrans", VNIIGaz firma va kompaniyalari faol qatnashdi. Shuningdek, AQSH ning "Eksimbank", "Cheyz Manxetten Bank", Fransiyaning "Pariba", Germaniyaning "Kommersbank", Yaponiyaning "Eksimbank", "Germes" sug’urta agentligi o’z investitsiyalari bilan ishtirok etdi. Majmuaning texnologiya qismi gazni tozalash qurilmasi, polietilen granula (donacha)lari ishlab chiqaradigan zavoddan iborat.
Loyiha quvvatiga ko’ra, majmua bir yilda 4,2 mlrd. m?gazni qayta ishlaydi, 125 ming t polietilen granulalari, 137 ming t suyultirilgan gaz, 103 ming t gaz kondensati, 4 ming t donador oltingugurt, shuningdek, 4,2 mlrd. m?tovar gaz (yoqilg’i) ishlab chiqaradi. 2004 yilda 100 ming t polietilen, 85 ming t suyultirilgan gaz, 88 ming t gaz kondensati, 2,6 mlrd.m3tovar gaz, 100 t oltingugurt ishlab chiqarildi.
Majmua mahsulotining 60% dan ortig’i xorij — Ukraina, Rossiya, Qozog’iston, Boltiqbo’yi, Polsha, Vengriya, Avstriya, Gretsiya, Turkiya, Eron, Pokiston, Xitoy va boshqalar mamlakatlarga eksport qilinadi.
Tumanda iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha bozor xizmatlari ishlab chiqarish( 2019 yil yanvar-iyun oylari uchun). Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari sohasida 102,8 mln. so’mlik, transport xizmatlarida 60058,8 mln. so’mlik, yashash va ovqatlanish xizmatlari 4129,1 mln. so’mlik, savdo xizmatlarida 46585,1 mln. so’mlik, 1902,7 mln. so’mlik ko’chmas mulk bilan bog’liq xizmatlar, 3545,7 mln. so’mlik ta’lim sohasidagi xizmatlar 587,7 mln. so’mlik sog’liqni saqlash sohasidagi xizmatlar, 7928,9 mln. so’mlik ijara xizmatlari, 3318,5 mln. so’mlik kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirklash bo’yicha xizmatlar, 3255,7 mln. so’mlik shaxsiy xizmatlar, 550,2 mln. so’mlik me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar tahlil sohasidagi xizmatlar, 4338,8 mln. so’mlik boshqa xizmatlar jami 136304,0 mln. so’mlik bozor xizmatlari amalga oshirilgan.
G’uzor tumanining tashqi savdo aylanmasi. Tuman ushbu yilning iyun oyigacha bo’lgan ma’lumotlar bo’yicha 27,0 AQSH dol.lik MDX davlatlari bilan shuni 23,9i eksport, qolgan 3,1 AQSH dol.ligi importga to’g’ri kelgan, 11,0 AQSH dol.lik boshqa davlatlar bilan shuni 5,5 AQSH dol.likgi eksportga qolgan qismi importga to’g’ri keladigan tashqi savdoni amalgam oshirdi.
G’uzor tumanining asosiy kapitaliga kiritilgan investitsiyalar vaqurilish ishlari. Tumanda 2019-yilning birinchi yarimyilligida qurilish ishlari hajmi 90,8 mlrd so’mlik, jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 634,0 mlrd so’mni tashkil qildi.
G’uzor tumaninig demografik holati. Aholisi, asosan, o’zbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1 km2ga 62 kishini tashkil qiladi. Tuman aholisi 201,0 ming kishi shulardan 102,0 ming erkaklar, 99.0 mingi ayollar, tabiiy o’sish 2307 kishini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |