O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Turizm sohasida investitsiyalashtirishni rag`batlantirish



Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/138
Sana01.01.2022
Hajmi1,48 Mb.
#302462
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   138
Bog'liq
turizmni rejalashtirish

8.4. Turizm sohasida investitsiyalashtirishni rag`batlantirish  
Ichki  va  tashqi  turizm  sohasiga  turistlarni  ommaviy  jab  qilish  va  tarmoqni 
samarali 
rivojlantirish 
bo„yicha  vazifalarni  hal  qilish  ko„pincha  unga 
yo„naltirilayotgan investitsiyalarni rag„batlantirishga bog„liq.  
Turizmni  rivojlantirish  bo„yicha  jahon  va  mamlakatimiz  amaliyoti  shuni 
ko„rsatmoqdaki,  iqtisodiyotning  shu  sohasiga  qilinadigan  investitsiyalarni 
rag„batlantirishning  asosiy  turlaridan  biri  davlatning  asoslangan  soliq  siyosati, 
shuningdek,  davlatning  yuqori  mahsuldor  turistik  infrastruktura  ob‟ektlarini 
yaratishni moliyaviy ta‟minlashdagi faoli ishtiroki hisoblanadi.  
Soliq  tizimning  samaradorligi  ko„p  jihatdan  soliq  bazasini  hisoblash,  soliq 
stavkalarini hisoblash bo„yicha amal  qilayotgan  metodikasi va  asosan  turizmni har 
tomonlama  rivojlantirishni  rag„batlantirishga  yo„naltirilayotgan  soliq  imtiyozlari 
hisoblanadi.  


 
112 
Soliq  mexanizmini  qo„llar  ekan,  davlat  turistik  tovarlar  va  xizmatlar  ishlab 
chiqarishni  moliyaviy  ta‟minlash  uchun  qulay  sharoit  yaratishga  ko„maklashadi. 
Bundan  tashqari,  turistik  korxonalarning  foydasiga  soliq  solish  ham  turli  soliq 
imtiyozlari  tizimi  bilan  bog„liq  bo„lishi  kerak.  Masalan,  milliy  turistik  manfaatlar 
doirasida  joylashgan  ob‟ektlarni  mablag„  bilan  ta‟minlovchi  investorlarga  soliq 
imtiyozlari  beriladi.  3-5  yil  davomida  yangi  yaratilayotgan  ob‟ektlar,  olinayotgan 
foyda soliqqa tortilmaydi.  
Soliq imtiyozlari va chegirmalarinining ro„yxati ancha uzun. Masalan, bevosita 
ishlab  chiqarish  xarajatlaridan  tashqari,  soliqqa  tortiladigan  summa  hisobidan  turli 
fondlarga  pul  o„tkazishlar,  ilmiy  tadqiqotlarga  qilingan  xarajatlar,  dividendlar, 
qarzdorlik bo„yicha foizlarni chiqarib tashlashga ruxsat beriladi. Chiqimlarning bir 
qismi sifatida amortizatsiya xarajatlari ham soliqqa tortilmaydi.  
Amortizatsiya bilan birga soliqqa tortishdan turli rezerv fondlari ozod qilinadi 
(xayriya,  nafaqa  fondlari  va  b.).  Katta  bo„lmagan  korxonalarga  maxsus  imtiyozlar 
beriladi.  Masalan,  AQShda  yillik  daromadi  75  ming  dollargacha  bo„lgan 
kompaniyalarga  bir  yil  davomida  qiymati  10  ming  dollargacha  bo„lgan  yangi 
jihozlarni to„lalilgicha hisobdan chiqarib tashlashga (spisat qilishga) ruxsat beriladi.  
Ichki va  xorijiy  turizmni  rivojlantirish sohasida  Turkiya,  Tunis,  Shveytsariya, 
Isroil kabi davlatlarda katta imtiyozlar beriladi.  
O„zbekistonda  turizmni  rivojlantirish  va  zamonaviylashtirishni  mablag„  bilan 
ta‟minlashga beriladigan imtiyozlarning asosiy turlari quyidagilardir: 

 
investitsiyalarga  soliqqa  tortish  borasidagi  imtiyozlar  –  firmalarni  qurilish, 
qayta qurish va jihozlar sotib olishdagi korporativ soliqdan ozod qilish; 

 
bojxona  imtiyozlari  –  imtiyozli  moliyaviy  ta‟minlash  sertifikatlariga  mos 
keladigan  holda  mamlakatga  olib  kirilayotgan  mashinalar  va  asbob-uskunalar, 
jihozlarni  soliq  to„lashdan  ozod  qilish,  shunindek  turistlarning  krishi  va  chiqishini 
rasmiylashtirishda pasaytirilgan stavkalar; 

 
 valyuta  imtiyozlari  –  litsenzion  faoliyatga  ega  kompaniyalar  va  firmalarni 
yillik valyuta solig„idan ozod qilish; 


 
113 

 
ob‟ektlarni  davlat  tomonidan  imtiyozli  tarzda  mablag„  bilan  ta‟minlash, 
shuningek ma‟lum vaqt davomida ulardan imtiyozli foydalanish; 

 
boshqa imtiyozlar – zarur infrastrukturani rivojlantirishga, 49 yil davomida 
yerga  ijara  haqini  to„lashga,  suv  ta‟minoti  to„lovlari  va  elektr  energiyasi 
xarajatlariga va h.k. 
Bunday  soliq  siyosati  turizmning  rivojlanishiga,  xorijiy  va  ichki 
investitsiyalarning o„sishiga, turistik sanoatni kengaytirishga va takomillashtirishga 
xizmat qiladi. 
Ta‟kidlash  joizki,  chuqur  o„ylangan  moliyaviy  va  soliq  siyosati  boshqa 
mamlakatlardan  turistlarni  O„zbekistonga  ommaviy  jalb  qilish,  ichki  turizmni 
rivojlantirish  va  uning  samaradorligini  oshirish  bo„yicha  vazifalarni  hal  qilishning 
muhim omillaridan biri hisoblanadi.  

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish