Xulosa.
Turizm sohasida mehnat resurslaridan foydalanishni rejalashtirishdan oldin
mamlakat yoki mintaqadagi mavjud barcha inson resurslari va ularning turli faoliyat
sohalaridagi salmog`ini baholash amalga oshiriladi. Turistik sanoat uchun kadrlarga
bo`lgan ehtiyoj uning kutilayotgan (rejalashtirilayotgan) hajmlaridan kelib chiqib,
kelajakka bashorat qilinishi zarur. Mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash
turli umumta'lim va o`quv dasturlarini qo`llashni nazarda tutadi. Shu vazifalardan
kelib chiqqan holda O`zbekistonda hozirgi kunda oliy o`quv yurtlarining maxsus
fakultetlarida turistik yo`nalishda mutaxassislarni o`qitish yo`lga qo`yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |