O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-BO„LIM.  TURIZMNI  RIVOJLANTIRISH  REJALARINI  TEXNIK-



Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/138
Sana01.01.2022
Hajmi1,48 Mb.
#302462
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   138
Bog'liq
turizmni rejalashtirish

7-BO„LIM.  TURIZMNI  RIVOJLANTIRISH  REJALARINI  TEXNIK-
IQTISODIY VA HUQUQIY ASOSLASH 
7.1. Turizmni rivojlantirish va takomillashtirish rejalarini texnik-iqtisodiy 
asoslash tushunchasi va printsiplari 
Texnik-iqtisodiy  asoslash  (TIA)  –
  tadbirkorlik  loyihasining  investitsiyadan 
oldingi  eng  muhim  bosqichlaridan  biri  bo„lib,  uning  maqsadi  loyihani  amaliy 
ro„yobga  chiqarish,  asoslangan  qarorlar  qabul  qilish  uchun  zarur  sharoitlar 
mavjudligi haqida yakuniy xulosa chiqarishdir.  
U maqsadli dasturni, ishlar kompleksi, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ekologik va 
ijtimoiy-madaniiy  jihatlarni,  shuningdek  investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirish 
asosida  naturada  va  qiymatda  ifodalangan  resurslar  xarajatlari  va  iqtisodiy 
natijalarni asoslab berishdan iborat. 
TIAni ishlab chiqarish zarurati turistik bozorda barqaror mavqega ega bo„lgan 
korxonalar  uchun  ham,  boshlovchi  biznesmenlar,  turizmni  rivojlantirish  bo„yicha 
g„oyalar mualliflari uchun ham majburiy hisoblanadi. 
Amaliyotning  ko„rsatishicha,  ko„plab,  ayniqsa,  turistik  biznesdagi  boshlovchi 
tadbirkorlar umuman firma ichidai rejalashtirishning, xususan TIAni tayyorlashning 
roliga  etarlicha  baho  bermaydilar.  Ular  o„z  intuitsiyasi  va  tajribasiga,  ishbilarmon 
doiralardagi  norasmiy  aloqalariga,  qulay  bo„lib  tuyulgan  bozor  istiqbollariga  va 
boshqa holatlarga umid qiladilar. Lekin bozordagi holat ilgari tasavvur qilnganidan 
boshqacha bo„lishi ham mumkin.  
Turizmni  rivojlantirish  shartlari,  maqsadlari  va  miqyosidan  kelib  chiqib  TIA 
yo  biznes-rejani  tayyorlashdan  oldingi  mustaqil  hujjat  yoki  uning  tarkibiy  qismi 
ham bo„lishi mumkin.  
Konkret  loyihadagi  TIAning  maqsadi  muqobil  variantlardan  eng  maqbulini 
tanlab  olish  va  qabul  qilish  hisoblanadi.  Bunday  asoslashdan  oldin  bir  qator 
bosqichlar mavjud.  
Avvalambor,  turistik  faoliyatni  rivojlantirish  yoki  yanada  takomillashtirish 
uchun  imkoniyatlar  va  sharoitlar  tadqiq qilinadi.  Bunda  investitsiyalar qo„yishning 


 
94 
mamlakat,  mintaqa  yoki  firma  uchun  eng  istiqbollisi  tanlab  olinadi.  Bunday 
tadqiqotlar  yo  davlat  organlari  tomonidan  yoki  turizm  sohasidagi  tadbirkorlik 
tuzilmalari  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Ularning  natijasi  –  umuman  xalq 
xo„jaligini  rivojlantirish  uchun  birinchi  darajali  ahamiyatga  ega  joylarda  turistik 
bozorni o„zlashtirib olish bo„yicha tavisyalar ishlab chiqish hisoblanadi. Tadqiqotlar 
doirasining  yakuni  loyihaning  tanlab  olingan  variantini  investitsiyalash  haqidagi 
yakuni qaror hisoblanadi. 
Tadbirkorlik  loyihasi,  uning  istiqbolliligi,  amalga  oshirish  imkoniyati  va 
rentabelliligi haqidagi butun axborot 
tadbirkorlik rejasi
 tarzida tizimlashtiriladi. Bu 
barcha  dastlabki,  tahliliy  natijalarga  oid  ma‟lumotlarni  tavsiflaydigan  asosiy 
hujjatdir.  
Uni ishlab chiqish zaruriyati ishlab chiqarishga yangi turistik mahsulotni joriy 
qilish  yoki  borini  takomillashtirish  g„oyasi  paydo  bo„lishi  bilan  shartlanadi. 
Masalan, turistik firma o„z faoliyat strategiyasiga yoki boshqaruvni tashkil qilishga 
ma‟lum  o„zgartirishlar  kiritish  to„g„risida  xizmatlar  sohasini  zamonaviylashtirish, 
joylashtirish  va  turistlarga  transport  xizmati  ko„rsatish  sifatini  yaxshilash, 
vositachilar  yoki  mijozlar  bilan  o„zaro  munosabatlarning  xususiyatini  o„zgartirish, 
yangi  turistik  bozorlarga  chiqish  to„g„risida  qaror  qabul  qiladi.  U  ehtimol 
tutilayotgan  yangiliklardan  kutilayotgan  natijalar  va  ularga  erishish  yo„llari  haqida 
aniq tasavvurga ega bo„lishi kerak.  
Tadbirkorlik  loyihasining  rejasini  tayyorlash  jarayoni  yangi  tashkil 
qilinayotgan  biznesning  barcha  tashkil  etuvchilarini  batafsil  tahlil  qilib  chiqish 
bo„lib, bu jarayonning kuchli va asosiysi, zaif tomonlarini aniqlash va o„z vaqtida 
niyatlariga  o„zgartirish  kiritish  yoki,  umuman,  ulardan  voz  kechishga,  ushbu 
jarayonni  har  taraflama  o„ylab  ko„rishga  imkon  beradi.  Oxirgi  qaror  katta 
xarajatlarga  tushish  va  oxir-oqibatda  bankrot  bo„lishga  qaraganda  ancha 
foydaliroqdir. 
TIA  faoliyatning  stsenariysi  sifatida turistik  biznes  loyihasini amalga oshirish 
lozim  yoki  lozim  emasligini  ko„rsatadi.  Natijada  boshlovchi  tadbirkor  ham, 
tajribalisi  ham  mablag„,  vaqt  va  mehnatni  tejaydi,  ma‟qulroq  qarorga  keladi. 


 
95 
Sistemali  rejali  ishni  inkor  qilish  ko„pincha  samarasiz  boshqaruv  qarorlari  qabul 
qilishga,  buning  natijasida  esa  –  istiqbolli  bo„lib  tuyulgan  loyihaning 
norentabelligiga olib keladi. 
Loyiha  va  uning  TIAsining  rejasi,  avvalambor,  ularning  yordamida  turistik 
biznesning  maqsadini  shakllantiradigan  va  unga  tuzatishlar  kiritadigan,  birinchi 
navbatdagi  vazifalarni,  ularni  amalga  oshirishning  ratsional  usullari  va  yo„llarini 
aniqlab oladigan tadbirkorga zarur. 
 TIA  asosida  turistik  korxonalar  uchun  hayotiy  muhim  bo„lgan  foydani 
taqsimlash, 
dividendlar 
to„lash, 
boshqaruvning 
tashkiliy 
tuzilishini 
takomillashtirish,  sherik-firmalar  bilan  o„zaro  munosabatlarning  xarakterini 
o„zgartirish kabi masalalar hal qilinadi.  
Shuningdek, tadbirkorlik rejasi va TIA korxona (firma) xodimlari uchun katta 
ahamiyat kasb etadi.  
Turistik  faoliyat,  shubhasiz,  tashqi  tashkilotlar,  ya‟ni  yetkazib  beruvchilar, 
vositachilar,  investorlar,  banklar  va  shu  kabilar  bilan  aloqasiz  bo„lishi  qiyin. 
Ularning hammasi  turistik bozorda  o„zini ishonch bilan his qilayotgan,  o„z  rejalari 
va  niyatlarini  amalga  oshirishga  qodir  bo„lgan  firma  bilan  hamkorlik 
qilayotganlariga ishonishlari kerak.  
Tadbirkorlik  rejasi  va  uning  TIAsi  tashqi  sheriklar  –  ehtimol  tutilgan 
investorlar uchun ham mo„ljallangan hujjatlar hisoblanadi. Hamkorlarning bu toifasi 
ushbu hujjatlarning sifatiga, sinchiklab ishlab chiqilganligiga va uni tashkil etuvchi 
elementlarning o„zaro bog„liqligiga katta talab qo„yadilar.  
Shunday qilib, tadbirkorlik rejasi va uning TIAsining asosiy vazifalari turistik 
mahsulot o„tkazish bozorining sig„imi va rivojlanish istiqbollarini o„rganish, turistik 
biznesga  to„siq  bo„luvchi  «o„nqir-chuqurlar»  va  ehtimol  tutilgan  tavakkallarni 
aniqlash,  bozorning  samaradorligini  belgilaydigan  ko„rsatkichlarni  topish 
hisoblanadi.  


 
96 

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish