O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/138
Sana01.01.2022
Hajmi1,48 Mb.
#302462
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   138
Bog'liq
turizmni rejalashtirish

rekreatsion 
 ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy  madaniy salohiyatini hisobga olgan holda 


 
50 
ichki  va  xalqaro  turizm  ehtiyojini  qondirishga  yo„naltirilgan  yuqori  rentabelli 
turistik tarmoqni yaratishdan iborat. 
O„zbekiston  xalqaro  turizm  bozoridan  mustahkam  o„rin  olishi  uchun  turistlar 
uchun  yuqori  darajadagi  qulaylik  (komfort)  yaratilishi  ,  ularga  xizmat 
ko„rsatishning  barcha  turlari  bo„yicha  standartlar  tizimi,  xavfsizligini  ta‟minlash 
kafolatlari yuzaga keltirilishi shart. 
«Turizm  to„g„risida»gi  qonun,  O„zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 
farmonlari  va  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlaridan  kelib  chiqqan  holda 
O„zbkistonda turizmning asosiy yo„nalishlari quyidagilardan iborat: 

 
davlat  manfaatlari  va  O„zbekiston  Respublikasining  tegishli  qonunlari, 
xalqaro  turistik  amaliyot  me‟yorlarini  hisobga  olgan  holda  turistik  tarmoqning 
ustuvor rivojlanishini ta‟sinlash; 

 
kelgusida  turizmning  yanada  rivojlanishiga  ko„maklashadigan  qonun 
hujjatlari va boshqa me‟yoriy hujjatlarni tayyorlash; 

 
tarmoqning  tashkiliy  tuzilishini,  uni  boshqarish  va  faoliyatini  tartibga 
solishni takomillashtirish; 

 
turizmning rivojlangan infrastrukturasini yaratish; 

 
turistik-rekreatsion zonalar, hududlar va turistik markazlarni o„zlashtirish; 

 
axborot-reklama 
faoliyati 
yo„nalishlarini  belgilash,  marketing  va 
ekskursiya-metodik xizmatlarni tashkil qilish; 

 
imtiyozli  ravishda  mablag„  bilan  ta‟minlash  va  kredit  berish  yo„li  bilan 
turistik faoliyatni rag„batlantirish; 

 
tarmoqning  malakali  kadrlar  va  ilmiy  potentsialini  shakllantirish,  kadrlar 
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yaratish; 

 
tabiatdan  foydalanish  va  atrof-muhitni  saqlash  samarasini  ta‟minlash 
zaruratini  hisobga  olgan  holda  turistik  faoliyat  olib  borishning  printsiplari  va 
mexanizmini ishlab chiqish. 
O„zbekiston  Respublikasida  turistik  faoliyat  olib  borishda    quyidagi  ustuvor 
tomonlarga katta e‟tibor berilishi nazarda tutilgan: 


 
51 
1)  turizm  tarmog„i  faoliyat  ko„rsatishini  huquqiy  ta‟minlash  va  xalqaro-
huquqiy faoliyat; 
2) turistik tarmoqni rivojlantirishning davlat tomonidan rag„batlantirilishi; 
3) turistik faoliyatni boshqarish va tartibga solish tizimini takomillashtirish; 
4) ichki va xalqaro turizmni rivojlantirish bo„yicha turistik faoliyat yo„nalishi; 
5) axborot-reklama va marketing faoliyati; 
6) turizmning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish; 
7)  turistik  xodimlarni  tayyorlash,  qayta  tayyorlash  va  malakasini  oshirish, 
ularning manfaatlarini himoya qilish; 
8)  atrof-muhitni  muhofaza  qilish,  tabiiy  va  tarixiy-madaniy  resurslardan 
foydalanish. 
Turizmni  rivojlantirishni  tezlashtirish  jarayoni  bozor  munosabatlarini  hisobga 
olgan  holda  amalga  oshirilishi  kerak.  Xalqaro  tajriba  shundan  dalolat  beradiki,  
aynan bozor turistik xo„jalik faoliyat ko„rsatishi uchun eng maqbul iqtisodiy muhit 
hisoblanadi.  O„z  navbatida,  turistik  tarmoq  korxonalari,  bevosita  iste‟molchiga 
mo„ljal ola turib,  bozor kengligi shakllanishiga faol ko„maklashishi kerak. 
Yuqorida ko„rsatilgan vazifalarni bajarish turistik faoliyatning samaradorligini 
oshirish,  turizm  infrastrukturasining  mamlakatni  iqtisodiy-ijtimoiy  va  madaniy 
rivojlantirishning  boshqa  ustuvor  sohalari  bilan  o„zaro  aloqasini  mustahkamlashga 
imkon beradi. 
O„z  xususiyatidan  kelib  chiqqan  holda  turistik  xo„jalik  ayni  paytda 
chegaradosh  tarmoqlarga  yuqori  talablar  qo„yar  ekan,  faqat  texnologiyalarni 
takomillashtirish va mehnatni tashkil qilishni yaxshilashgagina emas, balki xo„jalik 
yuritishning  eng  samarali  shakllarini  joriy  qilishga,  yangi  ish  joylarini  yaratishga 
ham ko„maklashadi. 
Jamoa  va  xususiy  mulkchilikdagi  kichik  va  o„rta  korxonalar  sonining 
ko„payishi  katta  markazlashgan  mablag„larni  jalb  qilmagan  holda  turizmni 
rivojlantirishga  imkon  beradi.  Aynan  shunday  yondashuv  xorijiy  sarmoyalarning 
kirib  kelishiga,  xorijiy  firmalar  tomonidan  1-2  yil  ichida  turistik  ob‟ektlar  va 


 
52 
markazlar qurilishiga, shuningdek ularning tez muddat ichida (5-6 yil) o„zini qoplab 
ketishiga ko„maklashadi. 
Turistik  tarmoqni  rivojlantirish  sur‟atlari  2005  yilga  borib  xorijiy  turistlarni 
qabul  qilishni  ikki  martaga  oshirishni  nazarda  tutadi.  Mamlakatimiz  turistlari, 
shuningdek ekskursantlar soni  uch martaga ko„payishi kerak.  
O„zgaruvchan  davlat  soliq  siyosatini  o„tkazish,  turizm  infrastrukturasini 
rivojlantirishga  investitsiyalarni  jalb  qilish  mamlakat  byujetiga  tushumlarning  3 
barobar ko„payishiga imkon beradi. 
O„zbekiston  Respublikasida  turizmni  barqaror  rivojlantirish  mamlakat 
iqtisoiyotini  mustahkamlashga,  baquvvat  turistik  tarmoq  yaratishga,  turizm 
infrastrukturasiga davlat ta‟sirining boshqaruvini kuchaytirishga, aholining turmush 
darajasini  oshirishga,  ekologik  xavfsizlikni  ta‟minlashga,  tarix  va  madaniyat 
yodgorliklarani  saqlab  qolishga,  tabiatni  muhofaza  qilish  faoliyatining  darajasini 
oshirishga, jamiyatning ma‟naviy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.   
 

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish