3.3. Turizmni rivojlantirish rejalari va dasturlarini ishlab chiqish,
ularning bajarilishini ta‟minlash
Rejalar va dasturlarni ishlab chiqishda birinchi navbatda ratsional rejalashtirish
printsiplarini qo„llash zarur. Ular biror-bir ekologik yoki ijtimoiy muammolarsiz
katta iqtisodiy foyda olishga imkon beradi. Bunda kompleks yondashuvga alohida
e‟tibor qaratish zarur. U iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy va madaniy jihatlarning
mutanosibligini nazarda tutadi va barcha bosqichlarda turizmning barqaror
rivojlanishini ta‟minlaydi.
Kompleks rejalar va tavsiyalar ko„plab o„zaro bog„langan, har xil elementlarni
o„z ichiga olishi zarur. Ulardan asosiylari quyidagilardir:
45
turizmni rivojlantirishning iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, madaniy va
boshqa maqsadlari hamda yo„nalishlari;
umumiy bazaviy tahlil – mamlakat, mintaqa haqida tarixiy
ma‟lumotlar olish, ularning qisqacha geografik tavsifi, tabiiy halokatlarga moyilligi
(vulqonlar, zilzilalar, bo„ronlar va sh.k.) iqlimiy sharoitlar, atrof-muhitning sifati,
mintaqani umumiy rivojlantirish rejalari va dasturlari hamda ularning turizmga
ta‟siri, demografik, madaniy modellar, iqtisodiyotdagi mavjud sektorlarning
modellari i ularni rivojlantirish tendentsiyalari (aholining daromadlari, uning
bandligi va b.);
infrastruktura jihatidan tahlil va tavsiyalar – mintaqa yoki
mamlakatga turli transport vositalari bilan kirish, o„tkazish potentsiali va turistlar
uchun
qulayliklar;
turistik
zonalardagi
kanalizatsiya,
telekommunikatsii;
infrastrukturani takomillashtirish bo„yicha mavjud va amalga oshirilayotgan rejalar
va dasturlar; turizmning rivojlanishini to„xtatib qo„yadigan infrastruktura omillari,
infrastrukturani takomillashtirish bo„yicha tavsiyalar;
turistik diqqatga sazovor joylar, ularni yaxshilash bo„yicha faoliyat
turlari – mavjud potentsial diqqatga sazovor joylarni tadqiq etish va ularni
toifalarga bo„lgan holda (tabiiy, madaniy va boshq.)ro„yxatini tayyorlash; diqqatga
sazovor joylardan foydalanish nuqtai nazaridan ularni baholash; ularni saqlab qolish
bo„yicha tavsiyalar va chora-tadbirlar; sezilarli ijobiy va salbiy omillar (siyosiy
beqarorlik, tabiiy halokatlar, jinoyatchilik va boshq.);
mavjud va rejalashtirilayotgan turistik ob‟ektlar va xizmatlarni
baholash va ularni yaxshilash – turlar va sayohatlar tashkil qilish, joylashtirish
vositalari, restoranlar, banklar, valyuta almashtirish punktlari, magazinlar bo„yicha
tavsiyalar;
turizmning tavsiya qilinadigan hajmlari va shakllari – mamlakat yoki
mintaqa (rayon) doirasida turistik o„tkazish potentsiallarini turistlarning
qoniqqanligini hisobga olgan holda aniqlash, turizmning eng maqsadga muvofiq
shakllari, hajmlari va ko„lamini asoslab berish;
46
bozorni tahlil qilish va bashorat qilish – umumjahon, xalqaro,
mintaqaviy va mahalliy modellar; turistik kelishlarning modeli va tendentsiyalari;
mazkur mamlakat yoki mintaqaga kelayotgan turistlarning umumiy xarakteristikasi;
raqobatlashayotgan turistik ob‟ektlarning ta‟siri; turistik diqqatga sazovor
joylardan, ob‟ektlardan va xizmatlardan mahalliy aholining foydalanishi; bozor
maqsadlariga erishish uchun joylashtirish vositalarini bashorat qilish;
tavsiya qilinadigan turizmni rivojlantirish va strukturaviy reja –
iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy-madaniy omillarni qamrab oladigan strategik
ko„rsatma; turistik diqqatga sazovor joylarning tiplari va joylashishi; turizmni
rivojlantirish rayonlari (turistik zonalar) va transport aloqalari; muddatlar bo„yicha
qurilish bosqichlari; turistik-ekskursiya marshrutlarini ko„rsatgan holda turlarning
modellari va dasturlari;
iqtisodiy tahlil va tavsiyalar – turistik xarajatlarning mavjud va
bashorat qilinayotgan hajmi va turlari; turizmning mamlakat (mintaqa)
iqtisodiyotiga bashorat qilinayotgan ta‟siri, xorijiy valyutadagi daromadlar; tushgan
daromadlar; aholining bandligi; davlat daromadlariga qo„shilgan ulush; turizmning
mahalliy, mintaqaviy va milliy darajadagi iqtisodiy foydasini kuchaytirish bo„yicha
tavsiyalar;
ekologik jihatlar va tavsiyalar – turizm bilan bog„liq mavjud ekologik
muammolar va ularni yumshatish bo„yicha tavsiyalar; kelgusida ekologik salbiy
oqibatlarni bartaraf etish va ijobiy ta‟sirlarni kuchaytirish, turistik rayonlarning
umumiy ekologik sifatini kuchaytirish, atrof-muhitni saqlash, ekologik merosni
asrash sohasidagi siyosat va dasturlarning zarur yo„nalishlarini tanlab olish
bo„yicha chora-tadbirlar; konkret turistik loyihalarning ekologik ta‟sirini baholash;
ijtimoiy-madaniy jihatlar va tavsiyalar – turizm keltirib chiqargan
ijobiy va salbiy ijtimoiy-madaniy ta‟sirlar; salbiy ta‟sirlarni engillashtirish va
ijobiylarini kuchaytirish; turizmga nisbatan ma‟rifat dasturlari, turistlarga mahalliy
madaniy an‟analar va xulq-atvor qoidalarini tushuntirish to„g„risidagi axborot
beruvchi materiallar; mahalliy aholining turizmning barcha aspektlarida ishtirok
eitishi;
47
institutsion jihatlar va tavsiyalar – davlat, tijorat va xususiy
tuzilmalarning turizm sohasidagi o„zaro hamkorligini baholash, turizmni samarali
boshqarish va davlat idoralari, davlat sektori va xususiy sektor o„rtasida faoliyatni
muvofiqlashtirish uchun mavjud tuzilmalarga o„zgartirish kiritish yoki yangilarini
tuzish; turizm sohasida amaldagi qonun-qoidalarga baho berish, amaldagi
tavsiyalarga o„zgartirishlar kiritish yoki yangilarini qabul qilish; turizm sektoriga
investitsiyalar keltirish uchun moliyaviy va odam resurslarini baholash; ta‟lim va
kasbiy tayyorgarlik dasturlari va boshqalar.
Rejalashtirish jarayonining muhim qirrasi strategiya va reja tavsiyalarini
amalga oshirish metodlarini aniqlash hisoblanadi. Buning uchun avvaldan uni
bajarish yo„llari va usullarini ishlab chiqish zarur. Keyingi paytlarda maxsus
tushuntiruvchi qog„oz tobora keng tarqalmoqda. U rejani amalga oshirishdagi
izchillik bo„yicha rahbariy ko„rsatma hisoblanadi.
Loyihani tegishli darajada (hukumat, mintaqaviy va mahalliy hokimiyat
organlari, firma) har tomonlama ko„rib chiqqach va kelishib olingach, rejaning
so„nggi varianti qabul qilinadi va uning moliyaviy asosi tashkil qilinadi. U
bajarilishi davomida o„zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Rejani amalga oshirishning uzviy tarkibiy qismi uning quyidagi yo„nalishlar
bo„yicha bajarilishin nazorat qilib borish hisoblanadi: turistik kelishlar soni va
xususiyati; turistlarning qoniqqanlik darajasi; turizmning ham umumiy, ham alohida
konkret loyihalarga nisbatan iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy-madaniy ta‟siri.
Rejadagi tadbirlarni bajarish muddatlariga qat‟iy amal qilish muhim
ahamiyatga ega. Bunda matematik metodlar va kompyuter texnikasidan foydalanish
maqsadga muvofiq.
Uzluksiz boshqarish haqida hech qachon yoddan chiqarmaslik kerak. U
quyidagilarni qamrab oladi:
–
bozorlardagi o„zgarayotgan tendentsiyalarga va mahsulotlarning
evolyutsiyasiga moslashish;
–
ob‟ektlar va xizmatlarning sifatini qo„llab-quvvatlash va oshirish;
48
–
ijtimoiy va geografik jihatdan turizmning foydasini doimiy ravishda
oshirib borish;
–
muammolar yuzaga kelishi bilan ularni hal qilib borish va h.k..
Shunday qilib, turizmning barqaror rivojlanishi uchun rejalarda ishlab
chiqilgan tadbirlarni aniq bajarish va ushbu jarayonni samarali boshqarish talab
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |