O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-BO„LIM. TURIZM SOHASIDAGI MILLIY, MINTAQAVIY VA FIRMA



Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/138
Sana01.01.2022
Hajmi1,48 Mb.
#302462
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   138
Bog'liq
turizmni rejalashtirish

2-BO„LIM. TURIZM SOHASIDAGI MILLIY, MINTAQAVIY VA FIRMA 
ICHIDAGI REJALASHTIRISHNING MOHIYATI VA USLUBIY ASOSLARI 
2.1. Turizmni rejalashtirishning mohiyati, ob‟ektiv  
zarurati va maqsadlari 
Barcha darajalarda (milliy, mintaqaviy, mahalliy) turizmni rejalashtirish uning 
muvaffaqiyatli rivojlanishi va bu jarayonni boshqarishni ta‟minlashning zarur sharti 
hisoblanadi.  Dunyodagi  ko„plab  turistik  mintaqalar  va  firmalar  tajribasi  shuni 
ko„rsatadiki,  rejali  yondashuv  ko„pincha  turistik  bozorlarda  talabni  qondirishda 
katta muammo tug„dirmay, kafolatli daromad olishga olib keladi.  
O„zbekiston  va  MDHning  boshqa  mamlakatlari  bozor  iqtisodiyotiga 
o„tayotganda  rejalashtirish  yarim  unutilgan  holda  qolib  ketdi.  Ko„pincha 
tadbirkorlar,  ayniqsa,  boshlovchi  tadbirkorlar  rejalashtirishning  roliga  yetarlicha 
baho  bera  olmadilar.  Bunda  ular  o„z  intuitsiyasi  va  tajribasiga,  ishbilarmon 
doiralardagi  norasmiy  aloqalariga,  qulay  bo„lib  tuyulgan  bozor  istiqbollariga  va 
boshqa holatlarga umid qildilar. 
Shu  bilan  birga,  ularning  ko„pchiligi  haqiqatan  ham  tushkunlikka  tushib 
qoldilar,  chunki  bozordagi  haqiqiy  holat  ilgari  tasavvur  qilinganiga  qaraganda 
boshqacha bo„lib chiqdi.  
Xorijiy  firmalar  va  mamlakatimizdagi  korxonalarning  tajribasi  shuni 
ko„rsatadiki,  bozor  sharoitlarida  tadbirkorlik  faoliyatini  rejalashtirishga  yetarlicha 
baho  bermaslik,  uni  mensimaslik,  inkor  qilish  yoki  bilar-bilmas  amalga  oshirish 
ko„pincha  katta,  hech  narsa  bilan  oqlab  bo„lmaydigan  iqtisodiy  yo„qotishlarga,  va 
pirovardida bankrotlikka olib keladi.  
Bozor  sharoitlarida  raqobat  kurashida  rejalashtirishining  ustunliklaridan 
foydalana  bilish  juda  muhim.  Tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug„ullanish  va  foyda 
olishni xohlaydigan har bir sub‟ekt yaxshi o„ylangan va har tomonlama asoslangan 
reja  –  biznes  olib  borish  strategiyasi  va  taktikasini,  maqsadni,  ishlab  chiqarish 
texnikasi,  texnologiyasi,  uni  tashkil  qilish  va  mahsulot  sotishni  tanlashni  belgilab 
beradigan hujatga ega bo„lishi kerak. Sinchiklab ishlab chiqilgan reja tadbirkorlikni 


 
16 
faoli rivojlantirishga, investorlar, sheriklar va kredit resurslarini jalb qilishga imkon 
beradi. Shuningdek u quyidagilarga imkoniyat tug„diradi: 
* Raqobat ustunliklaridan maksimal foydalanish. Ehtimol tutilgan xatolarni bartaraf 
qilish; 
* yangi tendentsiyalarni kuzatib borish va ulardan o„z faoliyatida foydalanish; 
* salbiy omillarning turistik korxona faoliyat ko„rsatishiga ta‟sirini kamaytirish; 
* ehtimol tutilgan tavakkallarga qarshi o„z vaqtida choralar ko„rish; 
* ishlab chiqarish va tijorat faoliyatining natijalarini baholash.     
Hamma  davlatlarda  majburiy  rejalashtirish  sohalari  mavjud  bo„lib,  ular 
quyidagilarni shakllantiradi: iqtisodiy rivojlantirishning strategik yo„nalishlari, yirik 
ijtimoiy  va  ilmiy-texnik  dasturlar,  mamlakat  byujeti,  mudofaaga  qilinadigan  sarf-
xarajatlar va sh.k. 
Xo„sh,  reja  va  rejalashtirish  nima  o„zi?  Ma‟lumot  beruvchi  va  ilmiy 
adabiyotlarda quyidagicha ta‟rif keltirilgan.  
Reja 
–  oldiga  qo„yilgan  g„oyalar,  maqsadlar  va  vazifalarga  erishishga 
qaratilgan  choralar  va  harakatlar  tizimi.  U  faoliyat  va  uni  rivojlantirishni  bashorat 
qilish natijalarini boshqarish uchun qo„llaniladi.   
Chora-tadbirlar  amalga  oshirib  borilishi  va  holatning  o„zgarishi  bilan  reja 
tegishli  ko„rsatkichlarga  tuzatish  kiritilgan  holda  o„zgartirib  boriladi.  Reja  faqat 
katta  va  o„rta  korxonlar  va  firmalargagina  emas,  balki  kichik  korxonalarga  ham 
zarur. 

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish