O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-BO„LIM. TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNI MOLIYAVIY



Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/138
Sana01.01.2022
Hajmi1,48 Mb.
#302462
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   138
Bog'liq
turizmni rejalashtirish

8-BO„LIM. TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNI MOLIYAVIY 
TA‟MINLASHNI REJALASHTIRISH 
8.1.  Turizmni  rivojlantirishni  moliyaviy  ta‟minlash  va  uning  rejalarni 
bajarishdagi roli. Turizm sohasidagi investitsiya siyosati va strategiyasi 
O„zbekiston  Respublikasining  «Turizm  to„g„rsisida»gi  qonuniga  muvofiq,  
ushbu  sohadagi  iqtisodiy  faoliyat  turizmning  mavjud  moddiy-texnika  bazasidan 
samarali  foydalanish  va  yagisini  yaratish,  davlat  byudjetiga  valyuta  tushumlarini 
oshirish,  aholining  bandligini  ta‟minlashaga  va  uning  turli  ehtiyojlarini 
qondirishdan  iborat.  Shudan  kelib  chiqqan  holda  tadirkorlik  faoliyatining  har  bir 
sub‟ekti  taqdim  etayotgan  loyihalarini  mablag„  bilan  ta‟minlashning  potentsial 
manbalarini  va  konkret  ehtiyojlarni  aniq  belgilab  olishi  zarur.  Bunda  ular  konkret 
shart-sharoitlar bilan asoslab berishlari kerak.  
Turizmni  rivojlantirish  yoki  yangi  turistik  mahsulotlar  ishlab  chiqishni 
moliyaviy  ta‟minlashni  rejalashtirayotganda  birinchi  navbatda  quyidagilarga 
ketadigan xarajatlar hisobga olinadi: 

 
turistik  xizmatlarni  rivojlantirish  va  takomillashtirish  bo„yicha  konkret 
(firma) loyihalari rejalarini texnik-iqtisodiy asoslab berish. TIAni, batafsil rejalar va 
loyihalarni  tayyorlash  bo„yicha  xarajatlarni  quyidagilar  o„z  zimmasiga  olishlari 
mumkin: hukumat, viloyat, shahar, va tuman ma‟muriyati, bevosita firma va turistik 
yo„nalishdagi muassasa; 

 
umummilliy  va  mintaqaviy  miqyoslarda,  shuningdek,  konkret  zonalar  va 
rayonlarda turizmni rivojlantirish rejalarini amalga oshirish. 
Moliyaviy  rejalashtirish  tegishli  tadbirkorlik  loyihasida  nazarda  tutilayotgan 
xizmatlar  va  ehtiyojlarning  har  xil  turlariga  xarajatlarning  amaldai  davlat, 
mintaqaviy  va  mahalliy  me‟yorlari  asosida  amalga  oshiriladi.  Shuning  uchun 
loyihada  oxir-oqibatda  foydalilik  rejalashtirilayotgan  tadbirlarning  hajmi,  sifati, 
tuzilishi  va  grafikasiga  bog„liq  ekanligini  hisobga  olgan  holda  ishlab  chiqarish 
chiqimlarini aniq va asoslanib hisoblab chiqish kerak.  


 
107 
Investitsiyalar va ishlab chiqarish chiqimlarining asosiy elementlari moliyaviy 
rejaga  kiritiladi.  Bu  investitsiyalar  va  xarajatlarning  umumiy  summasini  hisoblab 
chiqish,  rejalashtirilgan  tadbirlarning  moliyaviy  va  iqtisodiy  rentabelligini 
aniqlashga imkon beradi. 
Ehtimol tutilgan investitsiyalar (o„z investitsiyalari va tashqi investitsiyalar) va 
o„ylab  qo„yilgan  rejalarni  amalga  oshirishga  ketadigan  iishlab  chiqarish 
chiqimlarining  summasini  chiqarishda  ularni  o„zlashtirish  jadvali  va  mudatlariga 
alohida  e‟tibor  qaratish  lozim,  chunki  rejani  amalga  oshirish  davrida  naqd  pullar 
harakati  va  foydalarning  rejalashtirilgan  me‟yoriga  katta  ta‟sir  ko„rsatadi. 
Investitsiyalar  ishlab  chiqarish  xarajatlarining  hajmlarini,  qoida  tariqasida,  naqd 
pullar  harakatini  tahlil  qilish  natijalarini  hisobga  olgan  holda  yillik  asosda 
rejalashtirish zarur.  
Turizmni  rivojlantirish  dasturlari  va  rejalarida  tegishli  investitsiya 
strategiyalari  har  tomonlama  asoslab  beriladi.  Ular  real,  niyat  qilingan  choralarni 
amalga  oshirishga  mo„ljallangan  bo„lishi  kerak.  Turistik  faoliyatni  investitsiyalash 
jarayonida quyidagilarni amalga oshirishi zarur: 
1) 
milliy,  mintaqaviy,  mahalliy  va  firma  dasturlari  va  rejalarida  nazarda 
tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga investitsiyalarni yo„naltirish; 
2) 
ularni  birinchi  navbatda  har  tomonlama  texnik-iqtisodiy  asoslashga  ega 
bo„lgan rejalar va dasturlarga qo„yish; 
3) 
xorijiy valyutadagi rejalarni amalga oshirishga ketadigan xarajatlarni iloji 
boricha kamaytirishni nazarda tutish; 
4) 
ichki, hamkorlikdagi va xorijiy investitsiyalarning manbalarini topish; 
5) 
ichki  va  tashqi  turizmni  rivojlantirish  dasturlari  va  rejalarini  bajarishda 
huquqiy,  soliq  va  ma‟muriy  tuzilmalar  tomonidan  ko„rsatiladigan  qo„llab-
quvvatlashlardan maksimal foydalanish; 
6) 
eng  qisqa  muddatlarda  eng  katta  daromad  olishga  imkon  beradigan  eng 
istiqbolli loyihalarga investitsiyalar qo„yish; 
7) 
tadbirkorlik  loyihalarining  dasturlari,  rejalari  va  tadbirlari  bajarilishining 
muddatlari va sifatini nazorat qilish. 


 
108 
Turizm  sohasidagi  investitsiyalashning  eng  asoslangan  strategiyasi  eng  kam 
sarf qilib, eng ko„p foyda olishni ta‟minlashi kerak.  

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish