O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Turizmni rivojlantirish va uni boshqarishning huquqiy asoslari



Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/138
Sana01.01.2022
Hajmi1,48 Mb.
#302462
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   138
Bog'liq
turizmni rejalashtirish

7.4. Turizmni rivojlantirish va uni boshqarishning huquqiy asoslari 
O„zbekiston  Respublikasida  turizmni  rivojlantirish  va  uni  boshqarishning 
huquqiy  asosi  O„zbekiston  Respublikasining  «Turizm  to„g„risida»gi  qonunidir.  Bu 
qonunda  turizmni  rivojlantirish  siyosati  bayon  qilingan,  bu  sohaning  funktsiyalari, 


 
102 
tuzilishi,  mablag„  bilan  ta‟minlanishi  va  boshqa  qoidalar  belgilab  berilgan. 
Shuningdek  bu  qonunga  qo„shimcha  ravishda  bir  qator  qonun  osti  hujjatlari  va 
me‟yoriy  aktlar  ishlab  chiqilgan.  Ularda  turizm  sohasidagi  standartlar, 
litsenziyalash,  turistik  ob‟ektlarning  ishini  nazorat  qilish  tartibiga  qo„yiladigan 
talablar belgilab berilgan. 
Jahon  amaliyotida  turistik  sohadagi  turli  faoliyat  turlarini  tartibga  soluvchi 
me‟yoriy  hujjatlar  mavjud.  1972  yilda  Xalqaro  mehmonxonalar  assotsiatsiyasi 
(XMA)  va  BTT  tomonidan  mehmonxonalarning  yagona  xalqaro  tasnifi 
(klasifikatsiyasi)  ishlab  chiqildi.  Unga  muvofiq  mehmonxonalarga  beshta  toifadan 
biri 
beriladi. 
Bu 
mazkur 
mehmonxonaning 
jihozlanganligi, 
qulaylik 
(komfortabelligi)  darajasi  va  keluvchilarga  taqdim  etiladigan  xizmatlar  to„plamiga 
bog„liq. 
Lekin  bir  qator  mamlakatlarda  o„z  tasniflashlari  mavjud.  Masalan,  AqShda 
mehmonxonalar  bajariladigan  operatsiyalar  yoki  turistlarning  iqtisodiy  va  ijtimoiy 
ehtiyojlarini qonlirish uchun xizmat ko„rsatish sifatiga qarab farqlanadi.  
Hozirgi  vaqtda  MDShch  mamlakatlarida  amaldagi  xalqaro  standartlarga 
muvofiq mehmonxonalarga nisbatan bir xillashtirilgan talablar kiritilmoqda.  
Turizmni rivojlantirish va uni boshqarish uchun turizmga yondosh sohalardagi 
faoliyatni  belgilab  beruvchi  me‟yoriy-huquqiy  aktlar  katta  ahamiyat  kasb  etadi. 
Masalan,  turistik  zonalar  va  rayonlarni  zonalashtirish  qoidalari,  yerdan 
foydalanishni  nazorat  qilish  qoidalari,  turizmni  rivojlantirishning  konkret 
rayonlarida  qurilish  me‟yorlarig  rioya  qilish.  Agar  bunday  qoidalar  ilgaritdan 
mavjud  bo„lsa,  ularga  turizm  bilan  bog„liq  ba‟zi  tuzatishlarni  kiritish  zarurati 
yuzaga kelishi mumkin.  
Turistik  faoliyatda  atrof-muhitni  himoya  qilish,  sanitariya,  gigiena,  yong„in 
xavfsizligi,  qurilish  ishlari,  ob‟ektlarni  ekspluatatsiya  qilish,  turistlar  va  ularning 
xavfsizligi  uchun  javobgarlik  borasidagi  qoidalar  va  me‟yoriy  talablarga, 
shuningdek,  mehnat  va  soliq  qonunchiligiga  rioya  qilish  zarur.  Shuningdek 
transport vositalari, ob‟ektlar va xizmatlar –  tariflar, yuk tashashlarni litsenziyalash, 


 
103 
transpot  marshrutlariga,  texnika  xavfsizligaga  rioya  qilishga  oid  me‟yoriy-huquqiy 
hujjatlar muhim hisoblanadi. 
Xushmanzara  landshaftlar,  tabiat  parklari,  tarixiy  va  boshqa  yodgorliklarni 
saqlab qolish uchun atrof-muhitni muhofaza qilish, yerdan foydalanish to„g„risidagi 
qonunlarga rioya qilinishini nazarda tutish kerak.  
Korxonalarning  xo„jalik  faoliyati,  jumladan  turizm  sohasidagi  faoliyatining 
huquqiy  maydoinini  belgilab  beruvchi  umumiy  qonunlar  va  me‟yoriy  hujjatlar 
sirasiga  O„zbekiston  Respublikasining  «Tadbirkorlik  to„g„risida»gi,  «Mehnatni 
muhofaza  qilish  to„g„risida»gi,  qonunlari,  Fuqarolik  kodeksi,  Soliq  kodeksi, 
O„zbekiston  Respublikasining  Xo„jalik  protsessual  kodeksi,  O„simlik  dunyosini 
muhofaza qilish va undan foydalanish to„g„risida” gi qonuni, “Hayvonot dunyosini 
muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish  to„g„risida”  O„zbekiston  Respublikasi 
qonuni, O„zbekiston Respublikasi bojxona kodeksi va sh.k.lar kiradi.
 

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish