7-BO„LIM. TURIZMNI RIVOJLANTIRISH REJALARINI TEXNIK-
IQTISODIY VA HUQUQIY ASOSLASH
7.1. Turizmni rivojlantirish va takomillashtirish rejalarini texnik-iqtisodiy
asoslash tushunchasi va printsiplari
Texnik-iqtisodiy asoslash (TIA) –
tadbirkorlik loyihasining investitsiyadan
oldingi eng muhim bosqichlaridan biri bo„lib, uning maqsadi loyihani amaliy
ro„yobga chiqarish, asoslangan qarorlar qabul qilish uchun zarur sharoitlar
mavjudligi haqida yakuniy xulosa chiqarishdir.
U maqsadli dasturni, ishlar kompleksi, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ekologik va
ijtimoiy-madaniiy jihatlarni, shuningdek investitsiya loyihalarini amalga oshirish
asosida naturada va qiymatda ifodalangan resurslar xarajatlari va iqtisodiy
natijalarni asoslab berishdan iborat.
TIAni ishlab chiqarish zarurati turistik bozorda barqaror mavqega ega bo„lgan
korxonalar uchun ham, boshlovchi biznesmenlar, turizmni rivojlantirish bo„yicha
g„oyalar mualliflari uchun ham majburiy hisoblanadi.
Amaliyotning ko„rsatishicha, ko„plab, ayniqsa, turistik biznesdagi boshlovchi
tadbirkorlar umuman firma ichidai rejalashtirishning, xususan TIAni tayyorlashning
roliga etarlicha baho bermaydilar. Ular o„z intuitsiyasi va tajribasiga, ishbilarmon
doiralardagi norasmiy aloqalariga, qulay bo„lib tuyulgan bozor istiqbollariga va
boshqa holatlarga umid qiladilar. Lekin bozordagi holat ilgari tasavvur qilnganidan
boshqacha bo„lishi ham mumkin.
Turizmni rivojlantirish shartlari, maqsadlari va miqyosidan kelib chiqib TIA
yo biznes-rejani tayyorlashdan oldingi mustaqil hujjat yoki uning tarkibiy qismi
ham bo„lishi mumkin.
Konkret loyihadagi TIAning maqsadi muqobil variantlardan eng maqbulini
tanlab olish va qabul qilish hisoblanadi. Bunday asoslashdan oldin bir qator
bosqichlar mavjud.
Avvalambor, turistik faoliyatni rivojlantirish yoki yanada takomillashtirish
uchun imkoniyatlar va sharoitlar tadqiq qilinadi. Bunda investitsiyalar qo„yishning
94
mamlakat, mintaqa yoki firma uchun eng istiqbollisi tanlab olinadi. Bunday
tadqiqotlar yo davlat organlari tomonidan yoki turizm sohasidagi tadbirkorlik
tuzilmalari tomonidan amalga oshiriladi. Ularning natijasi – umuman xalq
xo„jaligini rivojlantirish uchun birinchi darajali ahamiyatga ega joylarda turistik
bozorni o„zlashtirib olish bo„yicha tavisyalar ishlab chiqish hisoblanadi. Tadqiqotlar
doirasining yakuni loyihaning tanlab olingan variantini investitsiyalash haqidagi
yakuni qaror hisoblanadi.
Tadbirkorlik loyihasi, uning istiqbolliligi, amalga oshirish imkoniyati va
rentabelliligi haqidagi butun axborot
tadbirkorlik rejasi
tarzida tizimlashtiriladi. Bu
barcha dastlabki, tahliliy natijalarga oid ma‟lumotlarni tavsiflaydigan asosiy
hujjatdir.
Uni ishlab chiqish zaruriyati ishlab chiqarishga yangi turistik mahsulotni joriy
qilish yoki borini takomillashtirish g„oyasi paydo bo„lishi bilan shartlanadi.
Masalan, turistik firma o„z faoliyat strategiyasiga yoki boshqaruvni tashkil qilishga
ma‟lum o„zgartirishlar kiritish to„g„risida xizmatlar sohasini zamonaviylashtirish,
joylashtirish va turistlarga transport xizmati ko„rsatish sifatini yaxshilash,
vositachilar yoki mijozlar bilan o„zaro munosabatlarning xususiyatini o„zgartirish,
yangi turistik bozorlarga chiqish to„g„risida qaror qabul qiladi. U ehtimol
tutilayotgan yangiliklardan kutilayotgan natijalar va ularga erishish yo„llari haqida
aniq tasavvurga ega bo„lishi kerak.
Tadbirkorlik loyihasining rejasini tayyorlash jarayoni yangi tashkil
qilinayotgan biznesning barcha tashkil etuvchilarini batafsil tahlil qilib chiqish
bo„lib, bu jarayonning kuchli va asosiysi, zaif tomonlarini aniqlash va o„z vaqtida
niyatlariga o„zgartirish kiritish yoki, umuman, ulardan voz kechishga, ushbu
jarayonni har taraflama o„ylab ko„rishga imkon beradi. Oxirgi qaror katta
xarajatlarga tushish va oxir-oqibatda bankrot bo„lishga qaraganda ancha
foydaliroqdir.
TIA faoliyatning stsenariysi sifatida turistik biznes loyihasini amalga oshirish
lozim yoki lozim emasligini ko„rsatadi. Natijada boshlovchi tadbirkor ham,
tajribalisi ham mablag„, vaqt va mehnatni tejaydi, ma‟qulroq qarorga keladi.
95
Sistemali rejali ishni inkor qilish ko„pincha samarasiz boshqaruv qarorlari qabul
qilishga, buning natijasida esa – istiqbolli bo„lib tuyulgan loyihaning
norentabelligiga olib keladi.
Loyiha va uning TIAsining rejasi, avvalambor, ularning yordamida turistik
biznesning maqsadini shakllantiradigan va unga tuzatishlar kiritadigan, birinchi
navbatdagi vazifalarni, ularni amalga oshirishning ratsional usullari va yo„llarini
aniqlab oladigan tadbirkorga zarur.
TIA asosida turistik korxonalar uchun hayotiy muhim bo„lgan foydani
taqsimlash,
dividendlar
to„lash,
boshqaruvning
tashkiliy
tuzilishini
takomillashtirish, sherik-firmalar bilan o„zaro munosabatlarning xarakterini
o„zgartirish kabi masalalar hal qilinadi.
Shuningdek, tadbirkorlik rejasi va TIA korxona (firma) xodimlari uchun katta
ahamiyat kasb etadi.
Turistik faoliyat, shubhasiz, tashqi tashkilotlar, ya‟ni yetkazib beruvchilar,
vositachilar, investorlar, banklar va shu kabilar bilan aloqasiz bo„lishi qiyin.
Ularning hammasi turistik bozorda o„zini ishonch bilan his qilayotgan, o„z rejalari
va niyatlarini amalga oshirishga qodir bo„lgan firma bilan hamkorlik
qilayotganlariga ishonishlari kerak.
Tadbirkorlik rejasi va uning TIAsi tashqi sheriklar – ehtimol tutilgan
investorlar uchun ham mo„ljallangan hujjatlar hisoblanadi. Hamkorlarning bu toifasi
ushbu hujjatlarning sifatiga, sinchiklab ishlab chiqilganligiga va uni tashkil etuvchi
elementlarning o„zaro bog„liqligiga katta talab qo„yadilar.
Shunday qilib, tadbirkorlik rejasi va uning TIAsining asosiy vazifalari turistik
mahsulot o„tkazish bozorining sig„imi va rivojlanish istiqbollarini o„rganish, turistik
biznesga to„siq bo„luvchi «o„nqir-chuqurlar» va ehtimol tutilgan tavakkallarni
aniqlash, bozorning samaradorligini belgilaydigan ko„rsatkichlarni topish
hisoblanadi.
96
Do'stlaringiz bilan baham: |