Turistik bozor –
xizmatlar va tovarlar umumiy bozorining bir qismi bo„lib,
ikkita tashkil etuvchi tarkibiy qismning o„zaro nisbatidan iborat. Bu tashkil
etuvchilar quyidagilardir:
talab
(ichki va xalqaro turistik bozorlar); taklif (turistik
diqqatga sazovor joylar va dam olish shakllari, turistik ob‟ektlarning turlari,
transport, xizmat ko„rsatish va tegishli infrastruktura tizimi, reklama-axborot
faoliyati).
Turistik bozordagi kommunikatsiya
– turistik mahsulotning hajmi, sifati,
tarkibi, uning narxi va konkret turistik firmalar tomonidan taqdim etilish shakli
bo„yicha axborotlar almashish tizimi.
Turistik guruh rahbari
– turistik faoliyat sub‟ektining vakili bo„lib, ushbu
sub‟ekt nomidan ish olib boradi, turitslarni kuzatib boradi, turistik xizmatlar
ko„rsatilish haqidagi shartnomaning shartlari bajarilishini ta‟minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |