Tasdiqlovchi kitobcha
– rasmiy hujjat bo„lib, xizmat ko„rsatganlik uchun
naqd bo„lmagan pulda hisob-kitoblarni rasmiylashtirish maqsadida guruhlar bilan
birga yuradigan tarjimon-gidlarga beriladi. Turistlar uchun xizmatlar bajarishning
tasdig„i hisoblanadi. Unda xizmat turi, turistlar soni, haq to„langan xizmatlarning
ro„yxati ko„rsatiladi.
Turagent firmalar
– o„zlari turistik mahsulot yaratmaydigan, lekin bozorda
vositachilik qiladigan firmalar
Turizm
– sayyohlik qilayotgan va dam olish, ishbilarmonlik va boshqa
maqsadlarda o„zining odatdagi muhitidan tashqarida, ma‟lum davr mobaynida
joylashgan shaxslarning faoliyatidir
Do'stlaringiz bilan baham: |