UCH KISHILIK GURUH
―Aylanma‖ ―G‗ildirak‖ ―Yalpi kanal‖
TO‗RT KISHILIK GURUH
―G‗ildirak‖ ―Zanjir‖ ―Yalpi kanal‖
BESH KISHILIK GURUH
―Doira‖ ―G‗ildirak‖ ―Yalpi kanal‖
4-rasm. Kommunikatsiya tarmoqlarining namunalari
2-§. Tashkilotdagi noverbal kommunikatsiyalar
Tashkilotning faoliyati va tashkiliy muloqotda so‗z ishlatmay
jo‗natiladigan axborotdan foydalanuvchi noverbal muloqotlar g‗oyat muhim
ahamiyatga ega bo‗ladi. Ular noverbal maktublar deyiladi. Imo-ishora, ohanglar
ishdagi muloqotning juda muhim qismidir. Ular suhbat davomida axborotning
80%ini etkazadilar. Ba‘zan ana shu noverbal vositalar orqali so‗z bilan
ifodalanganidan ko‗proq ma‘no bildirish mumkin.
Noverbal axborotning asosiy vositalari:
-
insonning jismoniy xislatlari(bo‗yining balandligi, vazni, sochining rangi,
tanasining hidi va h.k.z.);
-
insonning kiyim-boshi va poyabzali;
68
-
tanasining harakatlanishi (qiliqlari, qiyofasi, ko‗rishishi, yuz ifodasi,
ko‗zlarining harakati va h.k.z.);
-
gapirish usuli (ohanglari, savodliligi, ovoz tembri, gapga chechanligi va
h.k.z.);
-
muhit (yorug‗ligi, shovqini, ozodaligi, binosi, jihozlari va h.k.z.);
-
muhitdan foydalanishi (harakat odobi, muloqot masofasi va h.k.z.);
-
vaqti (erta kelishi, tayinlangan fursatda aniq kelishi, kechikib kelishi).
Noverbal muloqotlar asosan ongsiz asosga ega bo‗ladi, chunki ular
kommunikatsiya jarayoni qatnashchilarining haqiqiy his-tuyg‗ularidan dalolat
beradi va izhor etilayotgan his-tuyg‗ularning juda ishonarli
indikatori
hisoblanadi.
Noverbal axborot yordamida harakatlarni soxtalashtirib bo‗lmaydi va shaxslararo
kommunikatsiyalarda yashirish ham oson emas.
Ko‗pgina noverbal signallar, ularning aniq-ravshan ahamiyati inson
―o‗sgan‖ insoniy madaniyat namunasi bo‗ladi. Chunonchi, turli xalqlarning
noverbal axloq-odobi bir-biridan anchagina farqlanadi.
Masalan, muzokara qatnashchilari ko‗pincha gapirganda qo‗llarini
harakatlantirib turadilar. Ammo har xil imo-ishoralar turli xalqlarda turlicha
ma‘noni bildiradi. Misol uchun bolgarlar ―xo‗p‖ demoqchi bo‗lsalar, boshlarini
sarak-sarak qimirlatadilar, o‗zbeklarda esa bu ishora ―yo‗q‖ degan ma‘noni
bildiradi.
Nemislar ko‗pincha biror kishining fikriga qoyil qolsalar, qoshlarini yuqori
ko‗taradilar. Bunday harakat Angliyada ishnochsizlikni ifodalaydi. Barmoqni bir
tomondan ikkinchi tomonga qimirlatish AQSH va Italiyada engil ta‘na, dag‗dag‗a
yoki gapga quloq solishga chaqirishni, Gollandiyada inkorni bildirishi mumkin.
Agar tanbeh berilmoqchi bo‗lsa, ko‗rsatkich barmoq bosh oldida bir tomondan
ikkinchi tomonga yurgiziladi.
Kishi muloqot tilini bilmaganida imo-ishora va ramzlardan foydalansam,
suhbatdoshim fikrimni tushunadi, deb o‗ylasa, noqulay, hatto kulgili ahvolga
tushib qolishi va o‗rtada anglashilmovchilik kelib chiqishi mumkin.
69
Chunonchi, barmoqni baland ko‗tarish Rossiyada yuqori baho berilishini
bildirsa, Gretsiyada ―ovozingni ‖ o‗chir degan ma‘noni bildiradi. Xulosa shuki,
ajnabiylar bilan muloqotda imo-ishoralarning aniq ma‘nosi ma‘lum bo‗lmasa,
ulardan foydalanmagan ma‘qul.
Demak, noverbal ishoralardan odob namunasi tarzida foydalanish va
ularning ramziy ma‘nolarini nazarda tutish lozim. Muloqot qatnashchilari ularning
ma‘nosini verbal belgilar kabi aniq-ravshan anglaydigan taqdirdagina noverbal
ishoralardan foydalanish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |