Menejmentning samaradorligi
– murakkab toifa bo‗lib, boshqaruv
faoliyati natijalarining undagi chiqimlar (yoki ishlatilgan materiallar, moliyaviy
mablag‗lar, mehnat sari va boshqa resurslar)ga nisbatni ifodalaydi. Menejment
samaradorligining funksional roli uning rivojlanish darajasi va sur‘atini, mazkur
jarayonning sifat va miqdor jihatini aks ettirishdan iborat..
Mehnat jamoasi
– birgalikda mehnat qiladigan xodimlar uyushmasi. Ular
bir-birlari bilan shunday munosabatda bo‗ladilarki, har bir odam boshqalarga ta‘sir
o‗tkazadi, shu bilan bir vaqtda o‗zi ham ularning ta‘siri ostida bo‗ladi. Ishlab
chiqarish, savdo-sotiq yoki boshqa jarayonlarni tashkil qilish uchun mehnat
taqsimoti amalga oshirilayotganda rahbariyat mehnat jamoalarini tuzadi. Ushbu
birlashma tashkiliy birlikka ega va umumiy maqsadlar bilan bog‗langandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |