1-§.Tashkiliy muloqotlar
Shaxslar bilan ijtimoiy guruhlar o‗rtasidagi o‗zaro ta‘sir tashkiliy
kommunikatsiyalar va axborot almashish orqali amalga oshiriladi.Axborot va
kommunikatsiya tushunchalari bir-biri bilan bog‗liq bo‗lsa ham, ammo
kommunikatsiya axborotni ham, uni qanday etkazishni ham o‗z ichiga oladi.
Har qanday rahbarning faoliyati quyidagi tartib-qoida va yumushlarni
bajarish bilan bog‗liq bo‗ladi:
-
axborot olish, tekshirish va tahlil qilish;
-
qarorlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
-
qarorlarning bajarilishini nazorat qilish va ularga tuzatishlar kiritib borish;
Do'stlaringiz bilan baham: |