Kommunikatsiya tarmoqlari
- muayyan kommunikatsiya jarayonining
qatnashchilarining tegishli axborot oqimi yordamida bog‗lanishi.
Kompetensiya
– muayyan sohada muvaffaqiyatli faoliyat olib borish uchun
bilim, ko‗nikma va shaxsiy xususiyatlarni qo‗llay bilish qobiliyati. SHuningdek,
―eng muhim kompetensiyalar‖ tushunchasi ham qo‗llanadi. Bunda xodim o‗z
kasbiy vazifalarini g‗oyat samarali bajarishiga imkon beruvchi kompetensiyalar
majmui tushuniladi.
Menejer
- bozor sharoitida boshqaruvchilik lavozimini egallaydigan va
faoliyat ko‗rsatadigan, tashkilot faoliyatining muayyan turlari bo‗yicha qaror qabul
qilish vakolatiga ega bo‗lgan shaxs. Menejerlar tashkilotda turli lavozimlarni
(direktor, guruh rahbari, muayyan turdagi ishlar tashkilotchisi, boshliq, bo‗lim
boshlig‗i va h.k.) egallaydilar, turli-tuman masalalarni echadilar, har xil vazifalarni
bajaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |