O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot” kafedrasi



Download 34,35 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi34,35 Kb.
#261444
Bog'liq
To'xtayev Muhiddinxon Kurs ishi CMM 59 (2)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
IQTISODIYOT” KAFEDRASI
IQTISODIYOT NAZARIYASI” fanidan
KURS ISHI
MAVZU: Ijtimoiy-iqtsodiy ehtiyojlar ularning tarkibi va qondirish usullari

Bajardi: Moliya fakulteti CMM-59 guruhi talabasi To’xtayev Muhiddinxon

Tekshirdi: _____________________________

RO‘YXATGA OLINDI

____” _______2021 y.



__________________




RO‘YXATGA OLINDI

____” _______2021 y.



__________________

Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana

____” _______2021 y.






Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana

____” _______2021 y.



Kurs ishi himoya qilingan sana

____” _______2021 y.


Baho “_____” _________


___________

(imzo)

____________

(imzo)

___________

(imzo)

Komissiya a’zolari:

__________________
__________________
__________________



TOSHKENT – 2021

REJA:


  1. Mamlakatimizdagi ijtimoiy ehtiyojlar

  2. Mamlakatimizdagi jamiyat ehtiyojlari

  3. Davlat ehtiyojlari

  4. ehtiyojlarning turlariga qarab ularning qondirilishi


Kirish

Ehtiyojlar — organizm, inson shaxsi, ijtimoiy guruh, umuman jamiyatning hayot faoliyatini saqlab turish uchun zarur boʻlgan narsalarga talab, muhtojlik. Nazariy va amaliy iqtisodiyotning fundamental kategoriyalaridan biri. E. subʼyekt bilan uning faoliyati oʻrtasidagi bogʻlanishlarni ifoda etadi va maqsadlar, mayllar, intilishlarda va pirovardida hattiharakatlar, feʼlatvorda yuzaga chiqadi. Faoliyat sohasiga qarab mehnatga, bilimga, muloqotlarga; obʼyektiga qarab moddiy, maʼnaviy; subʼyektiga koʻra yakka (shaxsiy), guruhiy, jamoaviy, ijtimoiy E. boʻlishi mumkin. E.ning umumiy qonuniyati — ularning umuman bevosita inson faoliyatiga, xususan, ijtimoiy ishlab chiqarish ga bogʻliq boʻlishidir. Ayni payda faollikka undovchi kuch boʻlgan E., oʻz navbatida, hayot sharoitlariga tanlama taʼsir koʻrsatadi, ularning oʻziga xos tomonlarini belgilaydi, u yoki bu faoliyat usullarini va E.ni qondiradigan predmetlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantiradi. Mas, bir vaqtlar kishilarda avtomobilga paydo boʻlgan E. ularni yaratish yoʻlida izlanishlarning boshlanishiga sabab boʻldi, butun bir sanoat tarmogʻining paydo boʻlishiga olib keldi.

Tarixan E. oʻsib boradi, ular xilmaxil, oʻzgaruvchan, tuzilmaviy oʻzgarishlarga uchrab turadi. E. tizimida iqtisodiy ehtiyojlar asosiy oʻrinda turadi. Ularga birinchi navbatda, moddiyashyoviy E. (moddiy va maʼnaviy) — oziq-ovqat mahsulotlariga, kiyimkechak, axborot vositalari (gazeta, kitob va boshqalar)ga E., shuningdek, iqtisodiy E. tuzilmasida oliy oʻrinda turadigan mehnat qilish, taʼlim olish, sogʻliqni saqlash E.i kiradi.

Iqtisodiy E.ni ham ularni roʻyobga chiqaradigan subʼyektlariga qarab tasniflash mumkin (shaxsiy — yakka, jamoa va ijtimoiy — umumiy E.).

Bozor munosabatlari sharoitlarida iqtisodiy E. pul bilan vositalanadi va talab sifatida yuzaga chiqadi (qarang Talab va shaklif). Ishlab chiqarish va E. oʻrtasidagi teran ichki bogʻlanishlar ehtiyojlarning oʻsib borishi qonunida oʻz ifodasini topadi. Iqtisodiyotning butun tarixini eng oddiy E.dan tobora har tomonlama rivojlangan inson E.ining shakllanishiga oʻtish tarixi tarzida qarash mumkin.
Jamiyat ehtiyojlari tarkiban kishilar ya‘ni jamiyat a‘zolari, korxonalar va davlat ehtiyojlarining birligidan iborat. Ehtiyojlarning bu barcha turlari uchun umumiy bo‘lgan xususiyat - ular cheksiz va chegarasizdir. Jamiyat ehtiyojlarida kishilarning ehtiyojlari asosiy va belgilovchi rol o‘ynaydi. Kishilarning barcha hayotiy ehtiyojlari (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma‘naviy, siyosiy ehtiyojlar) orasida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o‘rin tutadi. Bu ehtiyojlar kishilarning yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy ne‘matlardan iborat bo‘ladi. Shu jihatdan olganda ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy, ma‘naviy va ijtimoiy ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Moddiy ehtiyojlar, bu avvalo, kishilarning o‘zlariga foydali bo‘lgan ne‘matlarni iste‘mol qilishga bo‘lgan xohishlaridir. Bular iste‘mol uchun zarur bo‘lgan ko‘plab hayotiy ne‘matlarni (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy) va zebziynat, buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, yengil avtomobil va h.k.) o‘z ichiga oladi. Bu o‘rinda shuni ta‘kidlash lozimki, bir necha yil oldin zeb-ziynat dabdaba hisoblangan buyum bugungi kunda eng oddiy hayotiy zarur predmetga aylanishi mumkin. Xizmatlar ham moddiy ne‘matlar kabi ma‘lum ehtiyojlarni qondiradi. Ma‘naviy ehtiyojlar moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratiga ega bo‘lish, har xil xizmatlardan bahramand bo‘lish kabi ko‘plab ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Ehtiyojlar yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin. Ijtimoiy extiyojlar umumlashgan iste‘mol faoliyatining turli shakllarida qatnashish orqali qondiriladi hamda uni kishilarning birgalikda, hamkorlikda mavjud bo‘lishi zarurligini taqozo qiladi.

Jamiyat ehtiyojlarida korxona va davlat ehtiyojlari ham o‘z o‘rniga ega. Korxonalarga ishlab chiqarish maqsadlarini amalga oshirish, ya‘ni tovarlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi kerak bo‘ladi. Davlat, butun mamlakat aholisining umumiy ehtiyojlarini aks ettirib, uning xavfsizligini ta‘minlash, tinchligini saqlash avtomobil va temir yo‘llar, maktablar, kasalxonalar qurilishi hamda ijtimoiy ne‘matlar bilan ta‘minlashni o‘z zimmasiga oladi. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun davlatga ham iqtisodiy ne‘matlar va iqtisodiy resurslar kerak bo‘ladi. Jamiyat ehtiyojlariga bir qator omillar ta‘sir ko‘rsatadi. Bular quyidagilar: - jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi. - jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tizim. - tabiiy-geografik sharoitlar. - tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar, tarixan shakllangan milliy va diniy marosimlar. - aholi sonining o’sishi, uning tarkibidagi o’zgarishlar; - xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o’rtasidagi aloqalar, ayniqsa, ular o’rtasidagi mahsulot va axborot ayriboshlashning rivojlanishi. Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to‘liq qondirish mumkin emas. Jamiyatda har bir ma‘lum davrda ko‘plab qondirilmagan ehtiyojlar bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan yangi buyumlarning paydo bo‘lishi, reklamaning ta‘siri va bozorlarning rivojlanishi natijasida ehtiyojlar tarkiban o‘zgaradi va miqdoran o‘sib boradi.


Respublikamizda amalga oshirilgan tarkibiy islohotlar natijasida izchil yuqori o‘sish sur‘atlari bilan birga YaIMning umumiy hajmida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulushining kamayish tendentsiyasiga erishiladi. Jumladan, 2000yilda bu ko‘rsatkich 30,1foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yilda faqatgina 16,8 atrofida bo‘lgan. Respublika iqtisodiyotidagi tarkibiy qayta qurishlar hududlarining tarkibiy tuzilishini takomillashtirishga ham qaratiladi. 336 Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoev qayd qilib o‘tganlaridek, ―Agar hududlarning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ko‘rsatkichlarini solishtirsak, ular kun va tundek bir-biridan farq qiladi‖ 66 . Bunda ―...respublikaga bo‘ysunadigan yirik korxonalar ko‘rsatkichini chiqarib tashlasak, viloyatlar yalpi xududiy mahsuloti hajmi juda kichik bo‘lib qoladi‖ 67 ―Harakatlar strategiyasi‖da 2017-2021 yillarda respublika hududiy tuzilishini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilarga e‘tibor qaratiladi:

 viloyatlar, tumanlar va shaharlarning kompleks va muvozanatli ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish, ularni salohiyatidan samarali foydalanish;

 har bir hududning tabiiy, mineral va xomashyo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish;

 hududlar iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish masshtablarini kengaytirish hisobiga hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasidagi farqni kamaytirish, eng avvalo sanoat va eksport salohiyatini o‘stirish yo‘li bilan tuman va shaharlarni jadal rivojlantirish;

 yangi sanoat ishlab chiqarish va servis markazlarini tashkil etish hisobiga shahar tipidagi kichik shaharlar va shaharchalarni aktiv rivojlantirish;

 yirik xo‘jalik birlashmalarning mablag‘larini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;

 suvbentsiyali tuman va shaharlarni kamaytirish, sanoat va xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish

 sanoat va boshqa ishlab chiqarish ob‘ektlarni joylashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

 xududlarning ishlab chiqarish, muhandis-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmasini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish.

Tarkibiy siyosatning hududiy jihatlarini ta‘minlash odamlar turmush darajasida vujudga kelgan hududiy nomutanosibliklarni bartaraf etish, resurslar va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.




Download 34,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish