Tashqi ta’sirlarga xususiy yechimlar
Tashqi ta’sirlar bozorlarning samarasiz boʻlishiga sabab boʻlsa-da, hukumat harakati har doim ham muammoni hal qilish uchun zarur emas. Ba’zi hollarda, odamlar xususiy yechimlar ishlab chiqishi mumkin.
Xususiy yechim turlari
Ba'zan tashqi ta’sir muammolari ma'naviy kodekslar va ijtimoiy sanksiyalar bilan hal etiladi. Koʻp odamlar nima uchun, masalan, hamma joyni iflos qilmasligini koʻrib chiqaylik. Iflos qilishga qarshi qonunlar
mavjud boʻlsa-da, bu qonunlar kuchli amal qilmaydi. Koʻpchilik odamlar iflos qilmaydi, chunki bunday qilish, albatta, notoʻgʻri narsa. Koʻpchilik bolalarga oʻrgatiladigan “Oltin qoida”ga koʻra, "hammani oʻzingdek bil". Bu ma'naviy toʻsiq bizning xatti-harakatlarimiz boshqa odamlarga qanday ta'sir etishini hisobga olish kerakligini aytadi. Iqtisodiy jihatidan, u tashqi ta’sirni oʻzlashtirish ma’nosini bildiradi.
Tashqi ta’sirlar uchun yana bir xususiy yechim tashqi ta’sirlarni hal qilish uchun tashkil etilgan xayriyalardir. Misol uchun, maqsadi atrof- muhitni himoya qilish boʻlgan Sierra Club xususiy xayriya bilan moliyalashtiriladigan notijorat tashkilot hisoblanadi. Boshqa bir misol sifatida, kollej va oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari, korporatsiyalar va fondlardan sovgʻalar oladi, chunki ta'lim jamiyat uchun ijobiy tashqi ta’sir olib keladi. Hukumat xayriya uchun daromad soligʻiga imtiyozlar beruvchi soliq tizimi orqali tashqi ta’sirning bu xususiy yechimini ragʻbatlantiradi.
Xususiy bozor koʻpincha tegishli partiyalarning manfaatlariga tayanib tashqi ta’sirlar muammosini hal qilishi mumkin. Ba'zan hal qilish turli xil biznes integratsiyasi shaklini oladi. Misol uchun, bir- biriga yaqin joylashgan olma yetishtiruvchi v aasalarichini olaylik. Har bir biznes boshqasiga ijobiy ta'sir etmoqda: daraxtlar gulini changlash orqali asalarilar bogʻbonga olma yetishtirishda yordam beradi. Shu bilan birga, asalarilar olma daraxtlaridan nektar olib asal ishlab chiqarish uchun foydalanadi. Shunday boʻlsa-da, olma yetishtiruvchi qancha daraxt ekishga qaror qilishi va asalarichi qancha asalari saqlashga qaror qabul qilishida, ular ijobiy tashqi ta'sirni hisobga olmaydilar. Natijada, olma yetishtiruvchilar juda kam daraxt ekadi va asalarichi juda oz asalari saqlaydi. Asalarichi olma bogʻlarini sotib olsa yoki olma yetishtiruvchi asalari qutilarini sotib olsa, bunda tashqi ta’sirlar oʻzlashtirilishi mumkin: Har ikki
faoliyat keyin bir xil firma ichida boʻladi va bu firma daraxtlar va asalarilar maqbul sonini tanlashi mumkin boʻladi. Tashqi ta’sirni oʻzlashtirish ayrim firmalarning turli turdagi bizneslarga jalb qilinishining bir sababidir.
Xususiy bozor uchun tashqi ta'sirni hal qilishning yana bir usuli manfaatdor tomonlar bilan aloqaga kirishishdir. Yuqoridagi misolda, olma yetishtiruvchilar va asalarichi oʻrtasidagi shartnoma juda kam daraxt va juda oz ari muammosini hal qilishi mumkin. Shartnoma daraxtlar sonini, asalarilar sonini va ehtimol, bir tomonning boshqa biriga toʻlovlarini belgilashi mumkin. Daraxtlar va asalarilar toʻgʻri sonini aniqlash orqali shartnoma odatda bu tashqi ta’sirdan kelib chiqadigan samarasizlik hal qilinishi va ikki tomon uhcun yaxshi boʻlishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |