1-rasm. Qisqa muddatli oraliqdagi investitsiya.
Endi chekli qoplash normasi koeffitsiyenti r ni va ssuda foiz stavkasi i bilan taqqoslaymiz (2-jadval).
r Chekli foiz to`lovi + chekli foyda
Chekli investitsiya
* 100%
2-jadval
Bir yillik qoʻyilgan investitsiyaning chekli oqlash normasi -
Sotish quvvati,
kg
|
r - chekli oqlash
normasi, %
|
Ssuda foizi stavkasi
i , %
|
Investitsiyani
chekli sof oqlash normasi r , %
|
1000
|
15,0
|
10,0
|
5,0
|
2000
|
12,5
|
10,0
|
2,5
|
3000
|
10,0
|
10,0
|
0,0
|
4000
|
7,5
|
10,0
|
-2,5
|
5000
|
5,0
|
10,0
|
-5,0
|
Sotish masshtabi oshishi bilan oʻzini oqlash normasi 15 foizdan 5
foizga tushadi. i r boʻlganda, investitsiyadan olinadigan daromad
maksimallashadi, ya’ni sotish hajmi 3000 kilogrammga etadi. Ushbu vaziyat 2-rasmda keltirilgan.
i, r
15
10
5
1000
2000
3000
4000
5000
Q Sotish quvvati
2-rasm. Chekli oqlash normasi va ssuda foizi stavkasi
dinamikasi
Ssuda foizi stavkasi oʻzgarmas boʻlib 10% ga teng boʻlgani uchun, uning chizigʻi abtsissa oʻqiga parallel joylashadi. Chekli oqlash normasi doʻkonlarning sotish quvvatiga qarab oʻzgaradi, ya’ni r sotish masshtabi oshishi bilan pasayib boradi.
Chekli oqlash normasi chizigʻi investitsiyaga boʻlgan talab chizigʻini ifodalaydi. Talab chizigʻidan koʻrish mumkinki, foiz stavkasi qancha yuqori boʻlsa, kapitalga boʻlgan talab shuncha kam va aksincha, foiz stavkasi qancha past boʻlsa, kapital mablagʻga boʻlgan talab shuncha yuqori boʻladi. Foydani maksimallashtiradigan sotish hajmi i r boʻlganda 3000 kilogrammga teng boʻladi.
Uzoq muddatli oraliqdagi investitsiya. Asosiy kapitalga qoʻyilgan investitsiyalar asosan uzoq muddatli boʻladi. Asosiy kapitalning xizmat qilish, ya’ni undan foydalanish muddati mavjud boʻlib, u chegaralangan boʻladi. Asosiy kapital xizmat koʻrsatish muddati davomida firma uchun daromad keltiradi.
Uzoq muddatli oraliqdagi kapital qoʻyilmadan olinadigan foydani hisoblash uchun asosiy kapitalning xizmat koʻrsatish muddatini va undan foydalanish davomida har yilda olinadigan daromadni bilish kerak boʻladi.
Faraz qilaylik, I - investitsiyani chekli qiymati, Rj - j -xizmat
koʻrsatish yilida asosiy kapitaldan olinadigan chekli (qoʻshimcha)
daromad. U holda birinchi yil uchun j 1 kapitalning chekli oqlash
normasini r
quyidagi formula orqali hisoblash mumkin:
I 1 r R1. (1)
Demak, bugungi bir soʻmlik kapitalning qiymati yilning oxiriga kelib 1 r soʻmga teng boʻladi, agar u bir yil davomida r soʻmlik foyda keltirsa.
Agar chekli kapital qiymati 1000 soʻm va chekli kapitalning bir yildan keyin umumiy foydaga qoʻshadigan chekli hissasi 1300 soʻm boʻlsa, chekli olash normasi quyidagiga teng.
(1) formuladan foydalanib yozamiz:
r R1 I 1300 1000 100% 30%.
I 1000
Bugungi bir soʻmlik kapital qiymati yil oxirida teng boʻladi.
1 1 0,3 1,3
soʻmga
Agar ssuda foizi stavkasi i 10% boʻlsa, sof oqlash normasi
r r i 30 10 20% boʻladi.
Agarda I 1000 soʻm va r 30% berilgan boʻlsa, R1 ni topish mumkin boʻladi.
Ikkinchi yil uchun esa yoki
10001 0,3 1300.
R1 1 r R2 , (2)
I 1 r 1 r R2 ,
Bir yillik investitsiyaning qiymati yilning oxiriga kelib quyidagini tashkil qiladi, (1) dan foydalanib quyidagini yozamiz:
I
R1
1 r
. (4)
Ikkinchi yil uchun esa
2
RI 1 r2
. (5)
Ixtiyoriy t yil uchun kapitalning qiymati quyidagicha aniqlanadi:
I
R
1
R2 ... Rt
t
2
1 r
1 r 1 r
.
Jamgʻarma va vaqt boʻyicha chekli tanlash normasi. Insonlar joriy va kelajakdagi iste’molni bir-biri bilan solishtirib, jamarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladilar. Odatda shaxs kelajakda koʻproq iste’mol qilish uchun bugungi kundagi bir soʻmlik iste’molidan voz kechadi. Masalan, shaxsning bir yillik daromadi 100 ming soʻm boʻlsin. Agar u ushbu daromadini joriy yilda toʻliq iste’mol qilsa, uning jamgʻarmasi nolga teng boʻladi. Shaxs ushbu daromadidan 10 ming soʻmini jamgʻaradi (10 ming soʻmlik joriy iste’moldan voz kechadi), agar u kelajakda 10 ming soʻmdan koʻproq iste’mol qilish imkoniyatiga ega boʻlsa, masalan 15 ming soʻmlik. U holda uning vaqt boʻyicha chekli tanlash normasi MRTP quyidagicha aniqlanadi:
MRTP C1
C0
15 1,5.
10
MRTP - vaqt boʻyicha chekli tanlash normasi, bu shaxsning umumiy tushum darajasi oʻzgarmagan sharoitda bir birlik joriy iste’moldan voz kechish hisobiga boʻladigan kelajakdagi qoʻshimcha iste’mol qiymati boʻlib, u shu voz kechilgan birlik iste’molni qoplash uchun etarlidir.
Vaqt boʻyicha tanlash investitsiya qoʻyishga jamgʻarma orqali ta’sir qiladi. Lekin, joriy iste’mol hisobidan jamgʻarmani xohlagancha oshirish mumkin emas. Nega deganda, umumiy daromad cheklangan. Jamgʻarma umumiy daromaddan iste’molni ayrilganiga teng.
S I C,
bu erda S - jamgʻarma; I - umumiy daromad; C - iste’mol.
Ma’lumki foiz stavkasi i
qancha yuqori boʻlsa, jamgʻarishga
moyillik shuncha yuqori boʻladi va aksincha.
Do'stlaringiz bilan baham: |