Nazorat savollari
Qanday bozorlarni biz mukammal yoki raqobatlashgan bozorlar deb ataymiz?
Raqobatlashgan bozorda umumiy daromad nimaga teng?
Raqobatlashgan bozorda oʻrtacha daromad nimaga teng?
Foydani maksimallashtirish shartini tushuntirib bering
Qanday holatda firma faoliyatini toʻxtatadi?
Qanday holatda firma noʻllashgan foyda oladi?
BOB. NOMUKAMMAL BOZORLARDA FIRMALAR FAOLIYATI
Monopoliya va mukammal raqobat
Oldingi boblarda bozorlarni koʻplab raqobatdosh korxonalar va bitta Monopoliya korxonasiga ega bozorlarni oʻrgandik. Mukammal raqobatdosh bozorlarga narx doim mahsulotning chegaraviy xarajatiga teng. Shuningdek, biz koʻrdikki, uzoq muddatda kirish va chiqish iqtisodiy foydani noʻlga tenglashtiradi. Shundan kelib chiqib narx umumiy xarajatiga tenglashadi. Biz Monopolistik korxonalar qanday qilib narxlarni chekli xarajatdan yuqori ushlab turishi va bu pozitiv musbat iqtisodiy foydaga olib keladi va jamiyatda yoʻqotishlarga olib keladi. Mukammal va Monopolistik raqobat bozor tuzilmasining eng oxirgi shakllaridir. Raqobat bozorda koʻplab korxonalar deyarli bir xil mahsulotlarni taklif qilayotganda yuzaga keladi. Monopoliya esa bozorda faqat bitta firma boʻlsa paydo boʻladi.
Mukammal raqobat va monopoliya bozorlar holatlari qanday ishlashi haqida bir necha kerakli fikrlarni tasvirlasada, iqtisoddagi koʻplab bozorlar ikkala holat elementlariga ham ega. Shunga koʻra, har biri ham toʻla tasvirlanmagan. Tipik firma iqtisodiyotda raqobatga yuz tutadi, biroq raqobat korxonani narx oluvchiga aylantiradigandek qattiqqoʻl emas. Tipik korxona, shuningdek, ma’lum darajada bozor kuchiga ega, lekin uning bozor kuchi Monopoliya modelida aniq koʻrsatilgan korxona kabi unchalik qudratli emas. Boshqacha qilib aytganda, koʻplab tarmoqlar mukammal raqobatning markaziy holati va monopoliya oʻrtasida turadi. Iqtisodchilar bu hodisani nomukammal raqobat deb atashadi.
Nomukammal raqobatli bozorning bir turi bu Oligopoliya, unda bozor faqat bir necha sotuvchilarga ega va har biri boshqa sotuvchilardan unchalik farq qilmaydigan yoki oʻxshash mahsulotlarni taklif qiladi. Iqtisodchilar bozor hukmronligini statistik ataladigan konsentratsiya koeffitsiyentiga ega korxonalarning kichik guruhlari orqali oʻlchashadi. Konsentratsiya koffitsiyenti bu bozordagi umumiy mahsulot 4 ta yirik korxonalar orqali ta’minlanishidir. Lekin, ba’zi sanoatlarda, eng katta firmalar ustunroq rolni oʻynaydi. Yuqori konsentratsiyalangan sanoatlar oʻz ichiga gʻalla ekinlari (konsentratsiya koeffitsiyenti 83 %), samoliyot ishlab chiqadigan (aviasozlik korxonalari 85 %). Elektr lampochkalari 89%, uy jihozlari 90 % va sigaretlar 99% ni qamrab oladi. Ushbu tarmoqlar Oligopoliyaning eng zoʻr tasvirlangan misollaridir.
Nomukammal raqobat bozorning ikkinchi turi, Monopolistik raqobat deb ataladi. Bu bozor tizimidagi koʻplab korxonalar sotayotgan mahsulotlari oʻxshash lekin bir xil emasligi orqali tasvirlanadi. Monopolistik raqobatdosh bozorda har bir korxona ishlab chiqayotgan mahsuloti uchun Monopoliyaga ega. Lekin boshqa korxonalar bir xil iste’molchilar uchun kurashadigan oʻxshash mahsulotlar ishlab chiqaradi.
Yanada aniqroq boʻlishi uchun Monopolistik raqobat bozorini quyidagi xususiyatlarini tasvirlaydi.
- Koʻp sotuvchilar: koʻplab firmalar bir xil guruhdagi xaridorlar uchun raqobatlashadi.
-Mahsulot turliligi: har bir korxona boshqa korxonaga qaraganda eng kamida farq qiladigan mahsulot ishlab chiqaradi. Shunday qilib narx belgilashda, har bir korxona pastga qiyalagan talab chizigʻiga duch keladi.
-Erkin kirish va chiqish: Firmalar cheklovlarsiz bozorga kirishi mumkin. Shunga binoan, korxonalar soni bozorda iqtisodiy daromad nolga yetganda oʻzgaradi.
Daqiqali fikrlash quyidagi xususiyatlar bilan bozorni uzun roʻyxatini ochadi: kitoblar, musiqalar, kinolar, kompyuter oʻyinlarlari, restoranlar, pianino darslari, pishiriqlar, mebel va h.k7.
Do'stlaringiz bilan baham: |