-
Ish joyi
|
1- natija
|
2 – natija
|
Ehtimoli
|
Daromad,
soʻm
|
Ehtimoli
|
Daromad,
soʻm
|
Birinchi
|
0,5
|
6000
|
0,5
|
3000
|
Ikkinchi
|
0,99
|
4510
|
0,01
|
3510
|
Shuni aytish kerakki, ikkala ish joyidan olinishi kutiladigan daromad bir xil miqdorda:
0,5(6000 soʻm)+ 0,5(3000 soʻm)=0,99(6000 soʻm)+0,01(6000
soʻm) =4500 soʻm.
Lekin, ikkala ish joyi uchun ham mumkin boʻlgan natijalarning oʻzgaruvchanligi har xil. Ushbu oʻzgaruvchanlikka koʻra tavakkalchilikni tahlil qilish va uning katta yoki kichikligi toʻgʻrisida gapirish mumkin. Bunday mezonga koʻra, haqiqiy natija bilan kutiladigan natija oʻrtasidagi farq (u musbat yoki manfiy boʻlishidan qat’iy nazar) qancha katta boʻlsa, bunday chetlanish shuncha katta tavakkalchilik bilan bogʻliq ekanligidan darak beradi.
Quyidagi jadvalda ikkita ish joyi uchun haqiqiy natijalarning kutiladigan natijlardan chetlanishi keltirilgan.
9.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |