Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent



Download 12,22 Mb.
bet92/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

Bozor signallari. Bozorda sotiladigan tovar toʻgʻrisida, tovarni ishlab chiqaruvchi firmaning nomi toʻgʻrisidagi axborotlar, tovar markasi, firma belgisi, firmaning obroʻi, tovar sifati va kafolati toʻgʻrisidagi axborotlar bozor signallari boʻlib xizmat qiladi va bu signallar tovar sotib olishdagi tavakkalchilikni kamaytiradi. Masalan, siz

sotib olmoqchi boʻlgan tovar siz bilgan, sifatli mahsulot ishlab chiqaradigan firmaning mahsuloti boʻlsa, siz mahsulotni yoʻqotishsiz sotib olasiz.

Firmalar xaridorlar ularda yaxshi sifatdagi mahsulot borligini bilishi uchun reklamaga mablagʻ sarflashlari mumkin. Oldingi boʻlimda koʻrganimizdek, talabalar ishga oluvchilar ularning bilimlari yetarli darajada ekanligini bilishlari uchun oliy oʻquv dargohlarini diplomini olishlari mumkin. Bilimning signal nazariyasi odam kapitali nazariyasidan farq qiladi. Odam kapitali nazariyasida diplom mavjudligi odamning qobiliyatlari mavjudligidan emas, balki ish mahsulligini koʻrsatadi. Signal qilishning bu ikki misoli umuman turlicha koʻrinishi mumkin biroq tashqi koʻrinish ostida ular deyarli bir xil: ikkala misolda ham xabardor taraf (firma, talaba), xabardor boʻlmagan tarafga (xaridor, ishga oluvchi) signal orqali ular yaxshi sifatli narsani taklif qilayotganlari haqida xabar berishmoqda.

Biror-bir harakat yaxshi signalga aylanishi uchun nima kerak boʻladi? U qimmatga tushishi ravshan. Agar signal tekin boʻlganida hamma undan foydalanar va u hech qanday ma’lumotni uzatmas edi. Xuddi shu sababga boshqa bir talab bor: yuqoriroq sifatli mahsuloti boʻlgan odamga signal kam xarajatli yoki yuqori foydali boʻlishi kerak. Oʻzga holda barcha signalni ishlatishni xohlab qoladi va u hech narsani bildirmay qoʻyadi.

Yuqoridagi ikki misolimizni yana bir bor koʻrib chiqamiz. Reklama holatida, sifatli mahsuloti boʻlgan firma reklamaga pul ketkazib yanada koʻproq daromad koʻradi, chunki mahsulotni bir bor ishlatib koʻrgan iste’molchi uni yana sotib olish ehtimoli yuqoriroq. Shuning uchun yaxshi mahsulotga ega firmaga signal (reklama) uchun mablagʻ sarflash foyda, iste’molchiga esa signalni mahsulotni sifati haqida xabar beruvchi ma’lumot sifatida qarash foyda desak boʻladi. Ta’lim misoliga

kelsak, iqtidori bor odam maktabni bitirishi osonroq iqtidorsiz odamga qaraganda. Shunday ekan shaxsga signalni (ta’lim) narxini toʻlash, ishga oluvchiga esa bu signalga shaxsning qobiliyatlari haqida ma’lumot sifatida qabul qilish toʻgʻri boʻladi.

Dunyo signallarga toʻlib ketgan. Jurnallardagi reklamalarda ba’zida “televizorda koʻrganingizdek” yozuvi boʻladi. Nega jurnalda reklamasi bor firma bu faktga urgʻu bermoqchi boʻladi? Bunga sabab korxona qimmat signaldan (televizorda) foydalanayotgani sizga uning mahsuloti yuqori sifatli ekanligidan darak bermoqchiligidadir. Xuddi shu sababga koʻra nufuzli maktablarni bitirganlar bu faktni oʻz rezumyelarida aks ettirishadi.
Keys stadi. Sovgʻalar signallar oʻrniga
Bir bola oʻz yoqtirgan qiziga qanday sovgʻa olishni oʻylayapti. “Bilaman” deydi u oʻziga, “men unga naqd pul beraman. Uning didini oʻzichalik yaxshi bilmayman. Pulga esa oʻzi xohlagan narsani sotib oladi”. Lekin u pulni berganida qiz xafa boʻladi. U meni sevmas ekan deb oʻylab, munosabatlarni tugatadi.

Oʻylab qarasak sovgʻa berish bu gʻalati odat. Misolimizdagi yigit aytganidek odamlar oʻz didlarini boshqalarnikiga qaraganda yaxshiroq biladilar, shuning uchun biz hammani pulni sovgʻaning bir shakli deb qabul qilishini kutishimiz mumkin. Agar sizning ish beruvchingiz oyligingizni tovarlar shaklida berganida siz bunga qarshi chiqardingiz. Lekin sizning reaksiyangiz sizni (umid qilganingizdek) sevuvchi odam shunday qilsa umuman boshqacha boʻladi.

Sovgʻa berishning bir talqini u oʻzida asimmetrik ma’lumot va signalni saqlaganligidadir. Bizning misolimizdagi yigitning qiz bilmoqchi boʻlgan shaxsiy ma’lumoti bor: Haqiqatdan ham u qizni sevadimi? Qiz uchun yaxshi sovgʻa tanlashi bu uning signali. Sovgʻa

tanlash pul bergandan koʻra signal boʻlish uchun toʻgʻriroq xarakteristikalarga egaligi aniq. U qimmat (vaqt oladi), va uning narxi shaxsiy ma’lumotga asoslangan (qanchalik sevishi). Agar yigit haqiqatdan ham qizni sevsa, toʻgʻri sovgʻa tanlash oson boʻladi, chunki u qiz haqida koʻp oʻylaydi. Agar uni sevmasa toʻgʻri sovgʻa tanlash qiyinroq boʻladi. Shunday qilib toʻgʻri sovgʻa tanlash uning sevgisi haqidagi shaxsiy ma’lumotini izhor etishning bir yoʻli. Pul berish esa u hatto sovgʻa tanlashga harakat qilmaganini koʻrsatadi.

Signal nazariyasining sovgʻa berish bilan bogʻliqligini yana bir kuzatuvi mavjud: Odamlar ta’sir kuchi muhim boʻlgan odatlar haqida koʻproq qaygʻurishadi. Shunday ekan yigit yoki qizga pul berish odatda nomaʼqul harakat. Lekin kollej oʻquvchilari ota-onalaridan chek olganlarida ular kamdam-kam xafa boʻlishadi. Ota-ona muhabbati shubhada boʻlishi mumkin emas, shuning uchun qabul qiluvchi pulni e’tiborsizlik signali deb qabul qilmaydi.
Ma’lumotni aniqlash uchun tekshirish
Xabardor taraf oʻz ma’lumotini oshkor etish uchun qilgan harakati signal berish deyiladi. Xabari yoʻq boʻlgan taraf esa ma’lumotni bilish uchun qilgan harakati tekhirish deyiladi.

Ba’zida tekhirish bu oddiy holat. Ishlatilingan mashinani sotib olayotgan shaxs uni avtomexanik tomonidan tekshirib koʻrilishini soʻrashi mumkin. Bu talabni rad etgan sotuvchi oʻz shaxsiy ma’lumoti, ya’ni uning mashinasi limon ekanligini oshkor etib qoʻyadi. Xaridor narxni tushirishni soʻrashi yoki boshqa mashinani koʻrishni afzal deb bilishi mumkin.

Tekhirishning boshqa misollari nozikroq. Misol uchun, avtomobil sugʻurtasi bilan shugʻullanuvchi tashkilotni koʻraylik. Tashkilot ehtiyotkor haydovchilar uchun past narxdagi badal va tavakkal

haydovchilar uchun yuqori badal narxlarini oʻrnatishni xohlaydi. Lekin ularni qanday ajratish mumkin? Haydovchilar ular ehtiyotkor yoki tavakkal haydovchil ekanliklarini bilishadi, lekin tavakkallari buni tan olishmaydi. Haydovchining tarixi bu bir qancha ma’lumot (sugʻurta kompanialari undan foydalanishadi), lekin avariyalarning tasodifiy sodir boʻlishini hisobga olgan holda haydovchining tarixi kelajakdagi xatarlardan xabar beruvchi yaxshi indikator emas.

Sugʻurta kompaniyasi ikki xil toifadagi haydovchilarni ikki xil sugʻurta shartlarini oʻrnatib, haydovchilarni oʻzini-ozi ajratishiga undashi mumkin. Birinchi sugʻurta shartlari yuqori badalli boʻladi lekin u avariyadan koʻrilgan zararni toʻliq qoplab beradi. Boshqa sugʻurta shartlari esa past narxdagi badalga ega boʻladi, lekin misol uchun $1000 franshizaga ega boʻladi (bu degani haydovchi zararning birinchi $1000 ni toʻlashi kerak boʻladi, tashkilot esa qolgan zararni toʻlab beradi). E’tibor bering, franshiza tavakkalchi haydovchilar uchun ortiqcha tashvish boʻladi, chunki ularni avariyaga uchrash ehtimoli kattaroq.

Shunday ekan yetarlicha yuqori franshiza bor biroq past narxdagi badali boʻlgan sugʻurta ehtiyotkor haydovchilarni, franshiza boʻlmagan lekin yuqori narxdagi badali boʻlgan sugʻurta tavakkal haydovchilarni qiziqtiradi. Bu ikki sugʻurta shartlarini koʻrib chiqib ikki toifadagi haydovchilar oʻzlarining shaxsiy ma’lumotlarini qaror qabul qilib oshkor etadilar.


Axborot assimetriyasi va ijtimoiy siyosat
Biz ikki turdagi axborot assimetriyasini koʻrib chiqdik: axloqiy xavf va zararli tanlov. Biz odamlarni tekhirish va signal berish muammolarida qay tarzda oʻzini tutushini koʻrib chiqdik. Endi, assimetrik ma’lumotni oʻrganish bizga ijtimoiy siyosatni olib borishda qanday yordam berishini koʻrib chiqaylik.

Bozorning yutuq sari borishi va muvaffaqiyatsizlikka erishishi orasidagi keskinliklar mikroiqtisodiyotning asosiy mavzusidir. 7- boʻlimda aytib oʻtilganidek, talab va taklifning tenglik nuqtasi samaradorligi uning jamiyat olishi mumkin boʻlgan bozordagi jami ortiqlikni (taklifning talabdan ortishi) koʻpaytirib beradi. Adam Smitning koʻrinmas qoʻli toʻliq oʻz ishini qilayotganday koʻrinadi. Bu xulosa, tashqi ta’sir (10 boʻlim) ijtimoiy xomashyolar (11 boʻlim), nomukammal bozor raqobatdoshligi (15-17 boʻlimlar) va qashshoqlik (20 boʻlim) kabi vaziyatlarning taʼsirini oʻrganib chiqilganidan soʻng yoʻqqa chiqarildi. Bu kabi hodisalar, hukumatni ba’zida bozorning ahvolini yaxshilay olishini koʻrsatadi.

Assimetrik ma’lumotni oʻrganib chiqish, bizga bozordagi hodisalardan ogoh boʻlishga yangi sabab beradi. Baʼzi odamlarning boshqalarga nisbatan bozor haqida koʻproq bilishi, tovar aylanishini yomonlashtirishi mumkin. Masalan, sifati yaxshi boʻlgan haydalgan mashina sotuvchilari, xaridorlarning yomon mol olib qoʻyish qoʻrquvidan mashinasini sotishi qiyin boʻladi. Yoki, Sugʻurta kompaniyalarining qattiq kasal boʻlmaganlar va jiddiy kasalligi bor odamlar bilan birga ishlashi sababli, jiddiy kasal boʻlmagan odamlarga past narxdagi sogʻliq sugʻurtasini olish muammo boʻladi.

Ya’na, ba’zi vaziyatlarda assimetrik ma’lumot hukumatni aralashishiga ham olib keladi va 3 ta faktlar bu muammoni yanada chigallashtiradi. Birinchisi, yuqorida aytib oʻtilganiday shaxsiy sektorning assimetrik ma’lumotni oʻzining shaxsiy tekhirish va signal berish yoʻllari bilan hal etishi mumkin. Ikkinchisi, hukumat kamdan- kam holatlarda shaxsiy guruhlardan koʻproq ma’lumotga ega boʻladi. Shuning uchun ham assimetrik muammo paydo boʻlganida siyosatchilar natijaning noaniqligi sababli bozorni ahvolini yaxshilashda qiynalishadi. Uchinchidan esa, hukumatning oʻzi nomukammal institutdir, bu haqida esa kelgusi mavzularda aytib oʻtiladi.



    1. Download 12,22 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish