Naflik funksiyasi – iste’mol qilingan ne’matlar miqdorining oʻzgarishi natijasida olinadigan naflikni oʻzgarishini ifodalovchi funksiya.
Noaniqlik – axborotlar etarli, toʻliq boʻlmaganda qabul qilingan qarorlarda noaniqlik vujudga keladi. Noaniqlik sharoitida qabul qilingan qarorlar natijasida tavakkalchilik vujudga keladi.
Nokooperativ oʻyin – bu oʻyinda qatnashchilar mustaqil ravishda qaror qabul qiladi (Iqtisodiyotda misol sifatida oligopolik bozorda harakat qiluvchi firmalar oʻrtasidagi «narxlar jangini» keltirish mumkin).
Nol soʻm yutuqqa ega boʻlgan oʻyin (zero sum game) – oʻyinda bir kishining yutugʻi boshqa oʻyinchilarning yutqazgan summalari yigʻindisiga teng.
Nolga teng boʻlmagan soʻmga ega boʻlgan oʻyin (non zero sum game) – bu oʻyinda bir guruh oʻyinchilari yo yutadi yoki boy beradi.
Nominal ish haqi – yollanma ishchi tomonidan olinganpul miqdori.
Do'stlaringiz bilan baham: |