Normal tovarlar – daromad oshganda talab oshadigan tovarlar.
Ob’ektiv (matematik) ehtimol – voqea va hodisalar jarayonida takrorlanishlarni hisob-kitob qilishga asoslangan ehtimol.
Oraliq kesma- Ishlab chiqarish real hajmining oʻsishi narxlar darajasining oʻsishiga mos ravishda oʻsib boradi. Chunki, iqtisodiyotning pasayish holatidan toʻliq bandlikka oʻtishi noteks va turli vaziyatlarda roʻy beradi. Masalan, ayrim tarmoqlarda resurslarning yetishmasligiga duch kelinsa, boshqa tarmoqlarda hozircha ortiqcha resurslar mavjud boʻladi. Shuningdek, ular ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yangi asosiy vositalar sotib olish va malakasiz mutaxassislardan foydalanishiga toʻgʻri keladi. Bu esa mahsulotlar birligiga ketadigan xarajatlarning oshishiga va natijada baholar darajasining oʻsishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |