Tovar narxining pasayishi unga boʻlgan talabni oshiradi. Bu talab qonunidir. Talabning narx elastikligi narx oʻzgarganda talab qanday oʻzgarishini ifodalaydi. Biron-bir mahsulotga boʻlgan talab elastik deb yuritiladi, agar talab miqdori narxdagi oʻzgarishga sezilarli ravishda
javob qaytarsa. Biron-bir mahsulotga boʻlgan talab noelastik boʻladi, agar talab miqdori narxdagi oʻzgarishlarga birozgina javob qaytarsa.
Har qanday mahsulot uchun talabning narx elastikligi oʻsha mahsulotning narxi oshganda iste’molchilarning xaridi qanday ekanligini hisoblaydi. Shunday qilib, elastiklik iste’molchi xohishlarini shakllantiradigan koʻplab iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik kuchlarda aks etadi. Lekin, tajribaga asoslangan holda, biz talabning narx elastikligini nima aniqlab berishi haqida bir necha umumiy qoidalarini bayon qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |