Iqtisodiy oʻsishning R. Xarrod modeli.
Agar E. Domar oʻz modelida investitsiyalarni ekzogen tarzda berilgan miqdor deb olgan boʻlsa, R.F. Xarrodning 1939-yilda ishlab chiqilgan iqtisodiy oʻsish modeliga akselerator prinsipi va tadbirkorlarning kutishiga asoslangan endogen funksiyasi ham kiritildi. Akselerator prinsipiga koʻra nafaqat investitsiyalar ishlab chiqarishning oʻsishini keltirib chiqaradi, balki ishlab chiqarish va daromadlarning oʻsgan hajmi ham investitsiya jarayonlarining jadallashishiga olib keladi.
R.Xarrod oʻz modeliga uch tenglamani kiritadi:
kafolatlangan oʻsish sur’ati tenglamasi;
haqiqiy oʻsish sur’ati tenglamasi;
tabiiy oʻsish sur’ati tenglamasi.
R Xarrod modelida haqiqiy oʻsish sur’ati ishchi kuchining oʻsish sur’ati va kapital unumdorligining oʻsish sur’ati bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |