Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


BOB. IQTISODIY OʻSISH VA UNING MODELLARI



Download 12,22 Mb.
bet309/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

BOB. IQTISODIY OʻSISH VA UNING MODELLARI





    1. Iqtisodiy oʻsishning umumiy tavsifi

Iqtisodiy oʻsish — bu obyektiv qonuniyat boʻlib, aholining oʻsishi, FTT, ishlab chiqarish hajmining ma’lum bir vaqt davomida oʻsishi kabi jarayonlar bilan bogʻlangan. Iqtisodiy oʻsish jami taklifning oʻsishini yoki boshqacha aytganimizda, potensial YaIM hajmining oshishini bildiradi. Shunday qilib, iqtisodiy oʻsish nafaqat ishlab chiqarishning oʻsishini, balki iqtisodiyot potensialining oʻsishini ham bildiradi.




28.1-rasm. Makroiqtisodiy barqarorlikning asosiy belgilari

Iqtisodiyotning barqarorligi aholi turmush darajasining yaxshilanishi va barcha sohalarning taraqqiy etishini ta’minlaydi. Shu sababli, iqtisodiy o‘sish muammolari dunyo olimlari, siyosatchilarining diqqat markazidagi mavzulardan biri bo‘lib kelmoqda. Iqtisodiy o‘sish

sur’ati darajasi mamlakatda olib borilayotgan makroiqtisodiy siyosatga bogʻliq hisoblanadi. Iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda iqtisodiy siyosatning dastaklaridan foydalaniladi.

Iqtisodiy oʻsishda nafaqat mamlakat real daromadlarining oʻsishi, shuningdek, jon boshiga toʻgʻri keladigan real daromadlarning oʻsishi ham tushuniladi.

Iqtisodiy oʻsish ikki xil usul bilan aniqlanadi va oʻlchanadi.

Birinchi usul, YaIM (SIM)ni oʻtgan davrga nisbatan oʻzgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari harakatini aniqlash uchun ishlatiladi.

Ikkinchi usul, real YaIM (SIM)ning oʻtgan davrga nisbatan aholi jon boshiga oʻzgarishi sifatida aniqlanadi.

Iqtisodiy oʻsishni aniqlash va asoslab berish jarayonlarida quyidagilarga e’tibor berish kerak:





1) Iqtisodiy oʻsishni oʻlchash;

2) Oʻsish omillari;

3) Iqtisodiy oʻsish modellari.

Milliy iqtisodiyot oʻsishini oʻlchashda jami daromadlarning (mahsulotlarning) har xil indikatorlaridan foydalanish mumkin. Umumiy oʻsish darajasi aslida YaIM miqdori bilan belgilanadi. Shuningdek, bu koʻrsatkichlar miqdori va bajarayotgan vazifasiga qarab YaIM yoki MD ham boʻlishi mumkin. Bu koʻrsatkichlarning barchasi bir-biriga juda ham yaqin. YaMD YaIM kabi ushbu mamlakat aholisi olayotgan daromadlar miqdorini koʻrsatadi. Shuning uchun ham undan aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromadlar dinamikasi va darajasini aniqlayotganda foydalanish mumkin. Iqtisodiy oʻsish nazariyasi va

modellarida umumiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning farqi unchalik katta ahamiyatga ega emas. Chunki, ularning farqi iqtisodiy oʻsish chegarasi va omillari oʻsish darajasini tahlil qilishda hal qiluvchi jarayon hisoblanmaydi.

Iqtisodiy oʻsish nazariyasida daromadlar iste’mol va investitsiyalarga boʻlinadi:


Y = S + I

Davlat xarajatlari va sof eksport koʻrsatkichlari ham iste’mol va investitsiyalar tarkibiga kiritib yuboriladi.

Mutlaq miqdordagi koʻrsatkichlar dinamikasi Y (t -vaqt indeksi) va jon boshiga toʻgʻri keladigan koʻrsatkichlar birgalikda oʻsish jarayonini bildiradi. Iste’mol hajmi (S) iqtisodiyotning provard maqsadini va yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar esa resurs imkoniyatlarining oʻsishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini anglatadi.

Iste’mol va investitsiya oʻrtasida yetarlicha muqobillik mavjud, chunki, joriy iste’mol miqdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iqtisodiy oʻsish imkoniyatlarini qisqartiradi.

Har bir mamlakat iqtisodiy oʻsishga intiladi, chunki iqtisodiy oʻsish, birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning koʻpayishiga, ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi- yangi ehtiyojlar va imkoniyatlarning paydo boʻlishiga, toʻrtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat obroʻsining oshishiga olib keladi.

Iqtisodiy oʻsish usullaridan toʻgʻri va oʻz oʻrnida foydalanish katta ahamiyatga ega. Masalan, mamlakat harbiy salohiyatini aniqlash va rivojlantirish muammosi qaralayotganda YaIM hajmining oʻsishi, mamlakat aholisining turmush faoliyati taqqoslanayotganda aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan koʻrsatkichlardan foydalanish maqsadga

muvofiqdir. Amaliyotda iqtisodiy oʻsishning ikki xil koʻrinishi farqlanadi: haqiqiy va potensial.

Haqiqiy iqtisodiy oʻsish – bu statistika organlari tomonidan muntazam nashr etiladigan YaIM yoki boshqa makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning haqiqiy yillik koʻpayishidir.

Potensial iqtisodiy oʻsish – bu iqtisodiyot oʻsishi mumkin boʻlgan tezlikdir.


Potensial iqtisodiy oʻsishni ta’minlovchi omillar boʻlib quyidagilar hisoblanadi:


resurslarning koʻpayishi;


samaradorlikni oshishi.






    1. Download 12,22 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish