Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


IS-LM modelining asosiy tenglamalari



Download 12,22 Mb.
bet302/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

IS-LM modelining asosiy tenglamalari.


IS egri chizigʻi va LM egri chizigʻining kesishgan nuqtasi milliy daromad darajasini belgilaydi. Agar bir egri chiziqda siljish roʻy bersa, qisqa davr ichida iqtisodiyot muvozanati oʻzgarishi va milliy daromad tebranishi vujudga keladi. Bu boʻlimda biz bu egri chiziqlarning kesishishlari qanday siyosiy oʻzgarishlar va iqtisodiy shok holatiga olib kelishini koʻrib chiqamiz. Qanday tarzda fiskal siyosat IS egri chizigʻini siljitadi va qisqa davrda muvozanatni oʻzgartiradi?

Avvalambor, biz fiskal siyosat oʻzgarishlari (davlat xaridlari va soliqlar) qanday qilib qisqa muddat ichida iqtisodiyot muvozanatini oʻzgartirishi mumkinligini oʻrganishni boshlaymiz. Fiskal siyosat oʻzgarishi rejalashtirilgan xarajatlarga taʼsir etishi mumkinligini va shu bilan birga IS egri shizigʻining siljitishga olib kelishini eslatib oʻtamiz. Qanday qilib IS egri chizigʻining daromad va foiz stavkasiga taʼsir qilishini IS-LM modeli koʻrsatib oʻtadi.

Davlat xaridlari sohasidagi oʻzgarishlar. Davlat xaridlarini oʻsish surʼatini ∆G koʻrib chiqamiz. Keyns chizmasida bizga davlat xaridlari xilma-xilligini, ∆G oʻsishi daromad oʻsish darajasini ∆Y koʻrsatib oʻtadi. Shuning uchun 27.1-rasmda IS egri chizigʻi oʻng tarafga siljishi koʻrsatilgan.

27.1-rasm. IS egri chizigʻi


Iqtisodiyotda muvozanat A nuqtadan B nuqta tomon harakat qiladi. 27.1-rasmda nima sodir boʻlayotganini tushunish uchun, oldingi bobdagi IS – LM modeli - Keyns xochi va likvidlilik afzallik nazariyasini koʻrib oʻtamiz.

Davlat tovar xaridi va xizmatlari ortganda, rejalashtirilgan xarajatlar ham oshadi. Rejalashtirilgan xarajatlar tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishini ragʻbatlantiradi va umumiy daromad Y oʻsadi. Bu taʼsir Keyns xochidan bizga tanish boʻlishi kerak. Likvidlikning afzallik nazariyasida tasvirlanganidek, endi pul bozorini koʻrib chiqamiz. Iqtisodiyotda pulga talab daromadga bogʻliq boʻlgani uchun, umumiy daromad oʻsishi pul miqdorini har bir foiz stavkasida oʻsadi. Pulga yuqori talab, muvozanat foiz stavkasini oʻsishiga olib keladi, ammo

pulga taklif oʻzgarmaydi. Pul bozorida foiz stavkasi qancha yuqori boʻlsa, bu oʻz navbatida ishlab chiqarish xarajatlarining oshishiga, bu esa tovarlar narxining qimmatlashishiga olib keladi. Foiz stavkalarining yuqoriligi firmalarning investitsion faolliligini susayishiga olib keladi. Bu investitsion faollikning susayishi qisman davlat tomonidan xaridlarni oshirilishi bilan qoʻllab-quvvatlanadi. Gorizontal IS egri chizigʻining ogʻishi, Keyns xochidagi daromad oʻsishi muvozanati bilan teng boʻladi. IS-LM modelidagi muvozanat modelining oʻsishi miqdorida ancha koʻproq hisoblanadi. Investitsiyalarning siqib chiqarilishi foiz stavkalarining oshishi bilan farqlanadi.

Soliqdagi oʻzgarishlar. IS-LM modelidagi soliqning oʻzgarishi, soliqdagi oʻzgarishlar iqtisodiyotga oʻz taʼsirini koʻrsatganidek, davlat xaridlarining oʻzgarishi, istisno tarzida soliqlar va isteʼmol xarajatlariga taʼsir etadi. Misol uchun, koʻrib turganimizdek, ∆T soliqlarning kamayishi isteʼmolchilarni koʻproq isteʼmol qilishlari uchun zamin yaratadi va rejalashtirilgan xarajatlarning oshishiga sabab boʻladi. Keyns xochidagi soliq koeffitsiyenti shuni koʻrsatadiki, ushbu oʻzgarishlar daromad darajasini foiz stavkasini ∆T X MPC/(1-MPC) siyosatini oʻzgartiradi. Shuning uchun 27.2-rasmda koʻrsatilganidek, IS egri chizigʻi oʻng tomonga kengayib ogʻib tushgan. Iqtisodiyotda muvozanat A nuqtadan B nuqtaga siljishi kuzatiladi. Soliqlarning pasayishi foiz stavkalari va daromadning oʻsishiga olib keladi. Yani foiz stavkalarining oʻsishi sababli investitsiyalar chiqib ketishi mumkin, Keyns xochiga koʻra, IS-LM modelida daromadlar kam.

Monetar siyosat qanday qilib LM egri chizigʻini siljitadi va qisqa davrda muvozanatni oʻzgartiradi?

Keling, endi monetar siyosatning taʼsirini koʻrib chiqaylik. Pul taklifini oʻzgarishi daromadning har qanday darajasiga taʼsir etadi. Shuningdek, pul bozoridagi muvozanat foiz stavkasi oʻzgarishiga olib keladi va shu tariqa LM egri chizigʻi siljiydi.

Pul taʼminoti oʻsishini koʻrib chiqaylik. M ortishi real pul M/P qoldiqlarini oʻsishiga olib keladi, narxlar darajasi P qisqa muddatda belgilanadi.

27.2-rasm. IS-LM modeli


Likvidlikning afzallik nazariyasi shuni koʻrsatadiki, daromadning har qanday darajasi uchun, real pul qoldigʻi koʻpayishi foiz stavkasi kamayishiga olib keladi. Shuning uchun, LM egri chizigʻi 27.3- rasmdagi kabi, muvozanat A nuqtadan B nuqta tomon ogʻadi. Pul massasining koʻtarilishi foiz stavkasini kamaytiradi va daromad darajasini koʻtaradi.


27.3-rasm. IS-LM modelida pul taklifi oshishi

IS-LM (investitsiya - jamgʻarmalar, likvidlilikning afzalligi - pul) modeli foiz stavkasi R bilan daromadlar Y ning bir vaqtning oʻzida har ikkala bozorda muvozanatni ta’minlaydigan kombinatsiyalarini topish imkonini beradi.

Modelning asosiy tenglamalari quyidagilar:



    1. Y=C +I + G +Xn — asosiy makroiqtisodiy ayniyat;

    2. C = a+b (Y-T) — iste’mol funksiyasi, bu yerda T = Ta + tY;

    3. I = e-dR — investitsiya funksiyasi;

    4. Xn = d- m`Y - nR — sof investitsiya funksiyasi;

    5. M/P =kY - hR — pulga talab funksiyasi.

IS-LM modelida koʻrilgan barcha tenglamalar bajarilsa muvozanatga erishiladi.

Modelning endogen oʻzgaruvchilari Y, C, I, Xn va foiz stavkasi R.

Modelning ekzogen oʻzgaruvchilari G, Ms va chegaraviy soliq stavkasi t.

a, b, c, d, m`, n, k va h empirik koeffitsiyentlar boʻlib, musbat va nisbatan barqarordir.

Y haqiqiy < Y potensial boʻlgan qisqa muddatli davrga muvozanat koʻrib chiqilayotganda, modelda, baholar darajasi oʻzgarmas, foiz stavkasi R va daromad Y oʻzgaruvchan deb olinadi.

Y haqiqiy = Y potensial boʻlgan, ya’ni toʻliq bandlik sharoitida baholar darajasi R oʻzgaruvchan, Ms nominal kattalik va boshqa barcha oʻzgaruvchilar real kattaliklardir.




    1. Download 12,22 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish