Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


Oʻzbekistonning bank tizimini mustahkamlash va pul-kredit siyosatini takomillashtirish yoʻnalishlari



Download 12,22 Mb.
bet281/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

Oʻzbekistonning bank tizimini mustahkamlash va pul-kredit siyosatini takomillashtirish yoʻnalishlari

2017-yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlari rolini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi oʻrta muddatli istiqbolda bank tizimi va pul-kredit siyosatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi.

Ushbu yoʻnalishdagi muhim qarorlardan biri milliy valyuta almashuv kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanish tamoyillarini joriy etish orqali ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirilishi bilan bogʻliq amaliy qadamlar boʻldi.

Valyuta kursi shakllanishida tamomila yangi yondashuvdan foydalanilishi, oʻz navbatida, Markaziy bankning asosiy e’tiborini ichki bozordagi narxlar barqarorligiga qaratish asnosida pul-kredit siyosatini takomillashtirish imkoniyatini beradi.

Ayni vaqtda valyuta bozorini liberallashtirish borasidagi islohotlarning muvafaqqiyatli amalga oshirilishi koʻp jihatdan pul-kredit siyosatini takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini mustahkamlash hamda bank tizimini rivojlantirish choralari samaradorligi bilan chambarchas bogʻliq.

Shundan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta bozorini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora- tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni e’lon qilinishidan koʻp oʻtmay Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul-kredit siyosatini yanada

rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi va Pul- kredit siyosatini 2017–2021-yillarda rivojlantirish va inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich oʻtish boʻyicha chora-tadbirlar Kompleksi tasdiqlandi. Bu boradagi keyingi muhim qadamlardan biri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmonining qabul qilinishi boʻldi. Mazkur farmonda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi Markaziy bankning bosh maqsadi etib belgilanib, Markaziy bankning mustaqilligi va institutsional rivojlanishini ta’minlash boʻyicha tegishli choralar nazarda tutilgan. Qayd etish lozimki, iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yondashuvlarining qayta koʻrib chiqilishi davrida shakllanayotgan yangi voqeliklarda pul-kredit sohasidagi oʻzgarishlarning aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan toʻgʻri qabul qilinishi va qoʻllab-quvvatlanishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining oʻrta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatini rivojlantirish va amalga oshirish Konsepsiyasi kommunikatsiyalar kanalining jamoatchilik fikrini shakllantirish hamda inflyatsion targetlash rejimini amaliyotga joriy etishdagi yetakchi roli inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. Ushbu Konsepsiyaning maqsadi inflyatsion targetlashga oʻtishning konseptual asoslarini hamda ushbu pul-kredit siyosati rejimini amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etish uchun zaruriy sharoitlar yaratish boʻyicha oʻrta muddatli rejalarni keng jamoatchilikka yetkazish va batafsil tushuntirishga qaratilgan.

Mamlakatda ichki narxlar barqarorligi ta’minlanishi makroiqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikning kafolati boʻlib, iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish va rivojlantirish dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda zaruriy sharoit hisoblanadi. Bunda inflyatsiyaning past va barqaror koʻrsatkichlari muvozanatli iqtisodiy oʻsishni ta’minlash, ishlab chiqarish raqobatbardoshligi va aholini yashash darajasini oshirishning muhim omili sanaladi. Shu nuqtayi nazardan, narxlar oʻsish sur’atlarining pasayishi va barqarorlashishi davlat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri boʻlishi kerak. Inflyatsiyaning past va

barqaror darajasi aholi hamda yuridik shaxslar omonatlarini uzoq muddatli investitsiyalarga aylanishi uchun kerakli sharoit yaratadi hamda ichki bozordagi narxlar nomutanosibligini kamaytirib mavjud iqtisodiy resurslarning samarali taqsimlanishiga xizmat qiladi.

Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning markaziy banklari tajribalari hamda xalqaro moliya institutlari izlanishlari natijalari pul- kredit siyosatini amalga oshirishda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadining shak-shubhasiz ustuvorligini koʻrsatmoqda.

Shu bilan birga, pul-kredit siyosatini amalga oshirish tartibi va ketma-ketligi turli mamlakatlarda iqtisodiyotning xususiyatlari hamda tarkibiy tuzilishiga qarab farqlanadi.

Amaldagi Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi qonuniga koʻra, Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyuta barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Bunda “milliy valyuta barqarorligi” tushunchasini ikki xil, ya’ni almashuv kursining xorijiy valyutalarga nisbatan barqarorligi yoki uning ichki xarid qobiliyati barqarorligi deb talqin qilish mumkin.

Almashuv kursining erkin shakllanishi sharoitida milliy valyutaning barqarorligi uning ichki xarid qobiliyatini saqlash orqali erishiladi. Bunda, erkin suzib yuruvchi almashuv kursi iqtisodiyotni ichki barqarorlashtiruvchi funksiyasini bajaradi. Boshqacha qilib aytganda, toʻlov balansi bilan bogʻliq tashqi shok va qiyinchiliklar kuzatilganda almashuv kursining mos ravishda oʻzgarishi ekportyorlar va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni ragʻbatlantirishga xizmat qiladi.

Ayni paytda Markaziy bank pul-kredit siyosatining asosiy maqsadini ikki xil tushunilishini oldini olish va uning faoliyati asosiy yoʻnalishini aniq belgilab olish maqsadida qonunchilikka tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi koʻzda tutilgan.

Ta’kidlash lozimki, narxlar barqarorligi deyilganda nol darajadagi yoki salbiy inflyatsiya koʻrsatkichlari nazarda tutilmaydi. Narxlar barqarorligi deyilganda narxlarning turgʻun holatda turishi emas, balki ularning past darajada oʻsishi tushuniladi. Bir qarashda narxlarning

turgʻun turishi maqbul koʻrinsa-da, narxlarning past va barqaror oʻzgarishi iqtisodiyotning samarali faoliyati uchun eng qulay sharoit hisoblanadi.

Ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi pul-kredit siyosatini amalga oshirishning aniq strategiyasi va batafsil rejasi boʻlishini hamda maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun samarali instrumentlar va mexanizmlarni talab etadi.

Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar markaziy banklari tomonidan keng qoʻllanilayotgan usullar inflyatsion targetlash, monetar targetlash, valyuta kursini targetlash va nominal yaroqsiz rejimlarni oʻz ichiga oladi.

Inflyatsiyaning maqsadli koʻrsatkichlariga erishish vazifasi aksariyat markaziy banklar uchun bosh maqsad hisoblansa-da, yuqorida qayd etilgan uslublar asosan tezkor va oraliq moʻljallarga qarab farqlanadi.

Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning ushbu usulida narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida pul agregatlari, rezerv pullar va pul massasi hajmlari oʻzgarishini nazorat qilish nazarda tutiladi.

Ushbu strategiyaning samarali qoʻllanilishi inflyatsiya koʻrsatkichlari va pul agregatlari oʻrtasidagi mustahkam doimiy bogʻliqlik boʻlishini talab etadi. Bunda inflyatsiyaning maqsadli koʻrsatkichlariga pul agregatlari hajmini maqbul darajada ushlab turish vositasida erishiladi.

Pul agregatlari va inflyatsiya darajasi oʻrtasidagi bogʻliqlikning kuchsizlanishi tufayli koʻpchilik markaziy banklar tomonidan pul agregatlarini targetlash amaliyotidan voz kechilib, inflyatsion targetlash rejimini joriy qilinishiga sabab boʻldi.

Monetar targetlash rejimi pul taklifi va talabining keskin oʻzgarishlari kuzatilgan rivojlanayotgan va oʻtish davridagi mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanishning dastlabki yillarida samarali strategiya sifatida keng qoʻllanilgan. Bunda inflyatsiya boʻyicha tegishli koʻrsatkichlarni belgilashda iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish maqsadlaridan kelib chiqilgan.

Mazkur rejim rasman monetar targetlash deb tasniflansada, amaliyotda milliy valyutaning almashuv kursini dollarga bogʻlash orqali bosqichma-bosqich devalvatsiya qilib borilganligi tufayli ba’zi xalqaro institutlar va mutaxassislar tomonidan ushbu rejim aralash turga kiritilgan.

Bir vaqtning oʻzida ikki maqsadga yoʻnaltirilgan almashuv kursi siyosati tashqi shoklar vujudga kelgan sharoitlarda samarasiz ekanligini koʻrsatdi. Bunda bir tomondan oltin-valyuta zaxiralarini oshirish vazifasi qoʻyilgan boʻlsa, ikkinchi tomondan soʻmning almashuv kursini ma’lum bir darajada ushlab turish maqsadi koʻzlangan. Oʻz navbatida, mazkur almashuv kursi toʻlov balansi holati va tashqi iqtisodiy sharoitlarni oʻzida aks ettirmagan.

Bunday siyosat, oʻz navbatida, ichki valyuta bozorida muammolarni yuzaga keltirib, samarali pul-kredit siyosatini yuritish imkoniyatlarini pasaytirdi. Bundan tashqari, pul-kredit instrumentlaridan foydalanishning passiv rejimi monetar targetlashni samarali qoʻllashda qoʻshimcha qiyinchiliklar tugʻdirdi.

Pul massasi oʻzgarishini omillar asosida tahlili, pul massasi oʻsishi turli davrlarda oltin-valyuta zaxiralarining oshishi hamda iqtisodiyotni kreditlash hajmlarining kengaytirish hisobiga ta’minlanganligini koʻrsatmoqda.

Oʻz navbatida, Davlat byudjetining muvozanatli ijrosi va hukumat hisobraqamlarida mablagʻlar yigʻilishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobraqamlarida mablagʻlarning jamlanib borilishi pul massasi oʻsishini maqbullashtiruv- chi omillardan boʻlgan.

Ayni paytda iqtisodiyotni kreditlashning asosiy manbalari markazlashgan mablagʻlar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirilganligi hamda ushbu mablagʻlar asosan ishlab chiqarish texnologiyalari va xomashyo materiallarini import qilish maqsadida foydalanilganligi tufayli iqtisodiyotda pul massasi oʻsishiga va mos ravishda inflyatsiya darajasiga toʻgʻridan-toʻgʻri ta’sir koʻrsatmagan.

Umuman olganda, ushbu omillar ta’sirida pul massasi tez sur’atlarda oshishining oldi olingan.

1-rasm. Inflyatsiya va pul agregatlari oʻzgarishi dinamikasi

Shu bilan birga, amalga oshirilgan tahlillar natijasida inflyatsiya darajasi, YaIM deflyatori va pul massasi oʻzgarishi oʻrtasida aniq va barqaror oʻzaro bogʻliqliklar aniqlanmadi.




2-rasm. Pul multiplikatori dinamikasi

Pul aylanish tezligi va pul multiplikatori koʻrsatkichlari oʻzgarishi ham ushbu koʻrsatkichlar dinamikasining oʻzgaruvchan xarakterga ega ekanligini, pul-kredit koʻrsatkichlarining maqsadli parametrlarini ishlab chiqishda xatoliklarga olib kelishi mumkinligini koʻrsatadi.

Umuman olganda, pul massasining YaIM nominal hajmiga nisbatan moʻtadil darajada oʻsishi inflyatsiya bosimining sezilarli kuchayishini oldini olishga xizmat qildi. Shu bilan birga, ushbu koʻrsatkichlar oʻrtasida aniq bogʻliqlikning mavjud emasligi rezerv pullar va pul massasi aniq darajasini hisoblash imkoniyatini bermaydi.

3-rasm. Pul multiplikatori va pul aylanish tezligi dinamikasi

Masalaning yana bir muhim jihati, Markaziy bankning pul agregatlarini samarali boshqara olishi qobiliyati bilan bogʻliq. Odatda, markaziy banklar rezerv pullar darajasini samarali boshqara oladilar, ammo pul massasini nazorat qilishda qiyinchiliklarga duch keladilar.

Ushbu jarayon asosan dollarizatsiya darajasi yuqori boʻlgan hamda moliya bozorlari rivojlanish bosqichida turgan mamlakatlarda koʻp kuzatiladi, binobarin, bunday mamlakatlarda kredit va depozitlarga boʻlgan talab keskin oʻzgarib turishi mumkin.

Pulga boʻlgan talabning oʻzgaruvchanligi, keng ma’nodagi pul massasining tarkibi, dollarizatsiya darajasining yuqoriligi kabi omillar pulga boʻlgan talabni aniqlash imkoniyatini pasaytiradi.

Bunday holatda, pulga boʻlgan talab va foiz stavkalari oʻrtasidagi bogʻliqlik sust boʻlganligi sababli Markaziy bank uchun pul massasining maqsadli darajasini saqlab turish vazifasi murakkablashadi.

Yuqorida qayd etilgan muammolar natijasida keng ma’nodagi pullar hajmining oraliq moʻljallardan chetlashishi Markaziy bankning pul-kredit siyosatiga boʻlgan ishonchni pasaytiradi.

Iqtisodiyotda inflyatsion xatarlar kuchayganda, Markaziy bank an’anaviy tarzda foiz stavkalarini oshirish orqali pul-kredit qat’iylashtiradi.

Ushbu choralarning iqtisodiyotni real sektoriga ta’sir qilish darajasi va muddatlari pul-kredit siyosati transmission mexanizmlarining samaradorligi bilan belgilanadi.




4-rasm. Markaziy bank instrumentlari

Pul-kredit siyosatining transmission mexanizmi oʻzida Markaziy bank foiz stavkalari oʻzgarishining iqtisodiy faollikka va pirovardida inflyatsiya darajasiga ta’sir oʻtkazish jarayonini aks ettiradi.

Pul-kredit siyosatining iqtisodiyotga ta’siri alohida transmission kanallar orqali amalga oshiriladi. Asosiy kanallar sifatida quyidagilarni koʻrsatish mumkin:


  • foiz kanali;

  • kredit kanali;

  • valyuta kursi kanali;

  • inflyatsion kutilmalar kanali;

  • aktivlar bahosi kanali.


Download 12,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish