Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent



Download 12,22 Mb.
bet290/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

Davlat byudjetining daromadlari

Davlat byudjetining daromadlari mamlakat yalpi ichki mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri boʻlib, ular oraliq (tranzit) xarakterga ega. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan daromadlar va jamgʻarmalarning bir qismini byudjetga oʻtkazilishi natijasida vujudga keladi. Byudjet daromadlarining moddiy-buyumlashgan mazmunini davlatning

ixtiyoriga borib tushgan pul mablagʻlari tashkil etadi. Bu byudjet kategoriyasining namoyon boʻlish shakli byudjetga tushuvchi turli soliqlar, toʻlovlar, yigʻimlar, bojlar va ajratmalardan iborat.

Miqdoriy jihatdan davlat byudjetining daromadlari yaratilgan yalpi ichki mahsulotda (milliy daromadda) davlatning ulushini koʻrsatadi. Ularning absolyut hajmi va salmogʻi mamlakatning yalpi ichki mahsuloti (milliy daromadi)ning umumiy hajmi, u yoki bu davrda davlatning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar bilan belgilanadi. Ana shularga muvofiq davlat byudjetida mablagʻlarni yigʻish miqdori va ularni undirishning shakl va metodlari aniqlanadi.



Byudjet daromadlarini shakllantirish jarayoni quyidagi prinsiplarga asoslanishi maqsadga muvofiqdir:

  • soliqlarning byudjetga olinishi mamlakat milliy boyligi manbalarining tugashiga olib kelmasligi kerak;

  • soliqlar ularni toʻlovchilar oʻrtasida teng taqsimlanmogʻi lozim;

  • soliqlarni ishlab chiqaruvchilarning aylanma fondlari hajmiga ta’sir koʻrsatmasligi;

    • soliqlarning sof daromadga nisbatan hisoblanishi;

    • davlat uchun soliqlarning undirilishi iloji boricha arzonroq boʻlishi lozim;

    • soliqlarning undirilish jarayoni xususiy sektorni siqib chiqarmasligi kerak;

  • subyektlarning mustaqil faoliyat koʻrsatishiga sharoit yaratish, ya’ni, subyektlarga tegishli boʻlgan mablagʻlarning bir qismini davlat byudjetiga olinishi ularning mustaqil rivojlanishiga salbiy ta’sir koʻrsatmasligi kerak.

Chegaradan oʻtib ketilganda subyektlarning mustaqilligini yoʻqotishiga, kasodga uchrash hollarining vujudga kelishiga, ichki rezervlarni qidirib topishga va ishlab chiqarishning oʻsish sur’atlarini ta’minlashga intilish susayadi, xufyona iqtisodiyotning rivojlanishi boshlanadi;

  • subyektlarning xatti-harakati va intilishiga bogʻliq boʻlmagan holda vujudga kelgan daromadlarning toʻliq yoki qisman byudjetga

olinishi. Ma’lum bir xarajatlarni amalga oshirmasdan olingan barcha daromadlar davlatning ixtiyoriga oʻtishi kerak. Bu prinsipning ta’siri ostiga subyektlar ma’muriyati notoʻgʻri, noqonuniy harakati (masalan, davlat standartlarini buzish va boshqalar) natijasida olingan daromadlar ham kiritilmogʻi lozim;

  • ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa maqsadlar uchun korxonaning rejalashtirilgan ehtiyojidan ortgan summalarni byudjetga olish. Bu prinsip davlat byudjeti daromadlarini davlat korxonalarining mablagʻlari hisobidan tashkil etishda qoʻllanilishi mumkin. U davlat korxonalarining moliyaviy holatini tartibga soladi va bir vaqtning oʻzida ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishda davlatning manfaatlarini ta’minlaydi;

  • byudjet mexanizmining ragʻbatlantiruvchi ta’sirini ta’minlash. Mablagʻlarni subyektlar ixtiyorida byudjetga oʻtkazilishi ularning samarali faoliyat koʻrsatishga ragʻbatlantirishi kerak.

  • byudjet daromadlarini shakllantirishda ulushli ishtirok etish. Bu prinsip byudjet daromadlarini aholi mablagʻlari hisobidan shakllantirishda qoʻllanilib, uning natijasida aholi daromadlari darajasiga bogʻliq ravishda bir qismi byudjetga oʻtkaziladi.

Davlat byudjetining daromadlari oʻzlarining manbalari, ijtimoiy- iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va toʻlovlarning turi, mablagʻlarning tushish shakli va ularni byudjetga undirish metodlariga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin.

Davlat byudjetining daromadlari oʻz manbalariga koʻra quyidagi guruhlarga boʻlinadi:



  • soliqli daromadlar;

  • soliqsiz daromadlar;

- tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda oʻtkaziladigan pul mablagʻlari.

Byudjetning soliqli daromadlari tarkibi mamlakat soliq qonunchiligiga

muvofiq umumdavlat soliqlari va yigʻimlari, mahalliy soliqlar va yigʻimlar, bojxona bojlari, boj yigʻimlari va boshqa boj toʻlovlari, davlat boji, penya va jarimalardan iborat.

Soliqsiz daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

-davlat mulkidan foydalanish tufayli olingan daromadlar (soliqlar va yigʻimlar toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq toʻlangan soliq va yigʻimlardan soʻng);

-byudjet tashkilotlari tomonidan koʻrsatilgan toʻlovli xizmatlardan kelgan daromadlar (soliqlar va yigʻimlar toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq toʻlangan soliq va yigʻimlardan soʻng);



-fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qoʻllash natijasida olingan mablagʻlar, jumladan, jarimalar, musodaralar, tovon toʻlashlar va davlat subyektlariga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha olingan mablagʻlar hamda majburiy undirilgan boshqa mablagʻlar;

  • moliyaviy yordam koʻrinishidagi daromadlar (byudjet ssudalari va byudjet kreditlaridan tashqari);

  • boshqa soliqsiz daromadlar.

  • Tushumlarning quyidagi koʻrinishlari ham byudjet daromadlari tarkibida hisobga olinishi mumkin:

  • davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida ijara haqi yoki boshqa koʻrinishda olinadigan mablagʻlar;

  • kredit muassasalaridagi hisobvaraqlarda byudjet mablagʻlarining qoldigʻi boʻyicha foizlar koʻrinishida olinadigan mablagʻlar;

  • davlat mulkiga tegishli boʻlgan mol-mulkni garovga yoki ishonchli boshqaruvga berishdan olinadigan mablagʻlar;

-qaytarish va haq olish asosida boshqa byudjetlarga, xorijiy davlatlarga yoki boshqa yuridik shaxslarga berilgan byudjet mablagʻlaridan foydalanganlik uchun haq;

  • davlatga qisman tegishli boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari ustav kapitalining hissasiga yoki aksiyalar boʻyicha dividendlarga toʻgʻri keladigan foyda koʻrinishidagi daromadlar;

  • davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (soliqlar va yigʻimlar toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq toʻlangan soliq va yigʻimlardan soʻng);

  • davlatga tegishli boʻlgan mol-mulkdan foydalanish natijasida olinadigan qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa daromadlar.

Byudjetning daromadlar qismini toʻldirishning manbalaridan biri

byudjet tizimida boshqa darajada turgan dotatsiyalar, subvensiyalar va subsidiyalar yoki mablagʻlarni qaytarilmaslik va tiklamaslik shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday moliyaviy yordamlar mablagʻlarni oluvchi byudjetning daromadlarida oʻz ifodasini topishi kerak. Jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki tiklanmaydigan shaklda oʻtkazilayotgan mablagʻlar ham byudjetning shunday daromadlari tarkibiga kiradi.



Hozirgi amaliyotda davlat byudjetining daromadlari quyidagi tartibda klassifikatsiyalanadi:

  1. Toʻgʻri (bevosita) soliqlar. Ularning tarkibiga yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq; savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq toʻlovidan davlat byudjetiga ajratmalar; yagona soliq toʻlovidan (mikrofirmalar va kichik korxonalar bilan birgalikda) davlat byudjetiga ajratmalar; jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliqlar va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan qat’iy soliqlar kiradi.

  2. Egri (bilvosita) soliqlar. Bu soliqlarning tarkibi qoʻshilgan qiymat soligʻi; aksizlar; bojxona bojlari; jismoniy shaxslardan olinadigan yagona boj toʻlovi; transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz iste’moliga jismoniy shaxslardan olinadigan soliqdan iborat.

  3. Resurs toʻlovlari va mol-mulk soligʻi. Bu guruhga kiruvchi soliqlar va toʻlovlar mol-mulk soligʻi; yer soligʻi; yerosti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni oʻz ichiga oladi.

  4. Ustama foydadan olinadigan soliq.

  5. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq.

  6. Boshqa daromadlar.

Oʻzining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga koʻra davlat byudjetining daromadlari ikki guruhga boʻlinishi mumkin:

  • xoʻjalik yurituvchi subyektlardan olinadigan daromadlar;

  • aholidan tushumlar.

Mulkchilik shakliga koʻra davlat byudjetining daromadlari quyidagi koʻrinishlarda boʻlishi mumkin:

  • nodavlat sektordan olinadigan daromadlar;

  • davlat xoʻjaliklaridan olinadigan daromadlar;

  • aholidan olinadigan mablagʻlar.

Davlat byudjetining daromadlari majburiy yoki ixtiyoriy tarzda jalb qilinishi mumkin. Bunda daromadlarni majburiy shaklda jalb qilish hal qiluvchi rol oʻynaydi. Ixtiyoriy shakldagi toʻlovlarga davlat obligatsiyalarini va pul-buyum lotereyalarini realizatsiya qilishdan olingan tushumlar kiradi. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishdagi majburiylik – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ma’lum bir mablagʻlar belgilangan muddatlarda byudjetga oʻtkazilishi zarurligini anglatadi. U yoki bu toʻlovni qonun tomonidan majburiy deb e’tirof etilishi toʻlanmagan summalarning majburiy undirilishini koʻzda tutadi.

Subyektlarning daromadlari davlat byudjeti ixtiyoriga ikki xil metodlarni qoʻllab, olinishi mumkin:

1) soliqli metodlar; 2) nosoliqli metodlar.

Soliqli metodlar uchun mablagʻlarning davlat byudjeti foydasiga aniq belgilangan miqdorlarda va oldindan oʻrnatilgan muddatlarda undirilishi xarakterlidir. Soliqlarning undirilishi mamlakat yalpi ichki mahsuloti va milliy daromadining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi bilan bogʻliq. Ular yordamida xoʻjalik yurituvchi subyektlar va aholiga tegishli boʻlgan mablagʻlarning bir qismi davlat ixtiyoriga oʻtkaziladi. Soliqlarning tarkibiga qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksizlar, daromad (foyda) soligʻi, yer soligʻi, mol-mulk soligʻi va boshqa soliqlar kiradi.

Nosoliqli daromadlar davlatga tegishli boʻlgan korxona va tashkilotlardan olinadigan toʻlovlardir. Davlat mulkiga aylanadigan va qaytarishni talab etmaydigan mablagʻlar ham davlat byudjetining daromadlari boʻlishi mumkin.


    1. Download 12,22 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish