Valyuta kursi kanali. Mazkur kanal ta’siri pul-kredit siyosati shartlarining oʻzgarishi natijasida almashuv kursining ichki hamda tashqi tovar va xizmatlarga boʻlgan nisbiy talabning oʻzgarishi orqali namoyon boʻladi.
Boshqa tomondan, Markaziy bank foiz stavkasining oʻzgarishi milliy valyutadagi moliyaviy aktivlar daromadlilik darajasining mos ravishda oʻzgarishiga olib kelib, almashuv kursiga oʻz ta’sirini koʻrsatishi mumkin.
Ichki valyuta bozorining liberallashtirilishi jarayonida milliy valyuta almashuv kursining devalvatsiyasi aholining inflyatsion kutilmalarini oshirib, valyuta kanalining inflyatsion kutilmalar kanali bilan aloqasini kuchaytirdi.
Bunda, inflyatsion targetlashga oʻtish almashuv kursining erkin bozor sharoitida shakllanishi talab qilinishini inobatga olib, valyuta kursi kanali va aholining inflyatsion kutilmalari darajasi orasidagi aloqadorlikning muntazam ravishda kamaytirib borilishi oʻrta muddatli davrdagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi (valyuta siyosati qismida batafsil yoritilgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |