Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari. A.Ouken qonuni.
Barcha mavjud resurslardan toʻliq foydalanish yoki ishsizlikning tabiiy darajasi holatida iqtisodiyotda yaratilishi mumkin boʻlgan mahsulot hajmini iqtisodiyotning ishlab chiqarish potensiali deb ataladi. Mamlakatning ishlab chiqarish potensiali potensial YaIM koʻrsatkichi bilan oʻlchanadi.
Makroiqtisodiy beqarorlik tufayli, iqtisodiy pasayish davrida mamlakat oʻz iqtisodiy potensialini toʻliq ishga solmasdan, yaratilgan haqiqiy YaIM hajmi (Yh) potensial YaIM (Yp) hajmidan ortda qoladi. Ya’ni YaIMning uzilishi (YUZ) roʻy beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |