Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


-rasm. Raqobatlashgan (a) va Monopol raqobatlashgan (b) bozorlarning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holatlari



Download 12,22 Mb.
bet139/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

13.3-rasm. Raqobatlashgan (a) va Monopol raqobatlashgan (b) bozorlarning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holatlari.

Yuqorida koʻrgan edikki, raqobatlashgan bozorda iste’molchi va ishlab chiqaruvchilarning ortiqchaliklari oʻzining maksimal qiymatiga erishadi. Monopol raqobatlashgan bozorning samarali yoki samarasiz



ekanligini tahlil qilish uchun raqobatlashgan va Monopol raqobatlashgan bozorlarning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holatlarini taqqoslaymiz. Raqobatlashgan va Monopol raqobatlashgan bozorlarning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holatlari 13.3-rasmda keltirilgan.

Bu ikki bozor oʻrtasidagi farqlarni quyidagilarda koʻrish mumkin:



    1. Raqobatlashgan bozorda

P*MC

boʻlsa, Monopol



raqobatlashgan bozordagi narx chekli xarajatdan yuqori PM MC , demak,

iste’molchi qoʻshimcha bir birlik mahsulot uchun toʻlaydigan narx, bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish xarajatidan yuqori. Agar ishlab



chiqarish hajmi

Q dan

Q miqdorgacha oshirilganda ( MC chizigʻi bilan


M

E
talab chizigʻi kesishgan E nuqta) iste’molchi va ishlab chiqaruvchining umumiy ortiqchaligi shtrixlangan maydon miqdoriga teng miqdorda oshgan boʻlar edi (13.3b-rasm). Buning sababi, yuqorida koʻrganimizdek, Monopol hokimiyatning sof yoʻqotishlarga olib kelishidir, Monopol raqobatlashgan bozordagi korxonalar ham nisbatan Monopol hokimiyatga ega.

    1. Raqobatlashgan bozorda muvozanat holat N nuqtada (3a-rasm) erishilsa, Monopol raqobatlashgan bozorda M nuqtada (3b-rasm) erishiladi. Raqobatlashgan bozorda talab chizigʻi gorizontal boʻlib, firmaning foydasini nolga teng boʻlish nuqtasi oʻrtacha xarajatning minimal qiymatiga toʻgʻri keladi. Monopol raqobatlashgan bozorda talab chizigʻi pastga tomon yotiq boʻladi, shuning uchun ham firma foydasining nolga teng nuqtasi oʻrtacha xarajatning minimal nuqtasidan

chaproq tomonga siljigan boʻladi va firma

Q QN QM

miqdorga teng



rezerv quvvatga ega boʻladi. Bu rezerv quvvatlar samarasiz hisoblanadi, nima uchun deganda, oʻrtacha xarajatlarni ishlab chiqarish hajmini oshirib, kamaytirish mumkin. Bunday samarasizlik aholining turmush darajasini pasaytiradi. Demak, Monopol raqobatlashgan bozor samarasiz

hisoblanadi. Lekin, shu bilan birga Monopol raqobatlashgan bozorning ijobiy tomonlari toʻgʻrisida ham gapirish mumkin.

Monopol raqobatlashgan bozordagi firmalarning Monopol hokimiyati katta emas. Bozordagi firmalarning mahsulotlari bir-birini oʻrnini bosadi va shuning uchun ham alohida firma yuqori Monopol hokimiyatga ega boʻla olmaydi. Demak, aytish mumkinki, Monopol hokimiyatdan koʻradigan sof yoʻqotishlar ham uncha katta boʻlmaydi. Talab chizigʻining yotiqligi, talabning elastik ekanligini bildiradi, shuning uchun firmalarning rezerv quvvati ham katta emas. Boshqa tomondan, Monopol raqobatlashgan bozor tovarlar assortimentini kengaytiradi. Bu oʻz navbatida iste’molchilarga raqobatlashgan tovarlar bozorida tanlash imkoniyatini oshiradi.

13.4-rasmda Monopolistik raqobat sharoitidagi uzoq muddatli muvozanat va mukammal raqobatdagi uzoq muddatli muvozanat taqqoslangan. Monopolistik raqobat va mukammal raqobat sharoitida ikkita farq mavjud: ortiqca imkoniyat va qoʻshimcha qiymat.

(A) chizmada Monopolistik raqobatlashgan bozordagi uzoq muddatli muvozanatni koʻrsatyapti, (b) chizigʻi esa mukammal raqobatlashgan bozordagi uzoq muddatli muvozanatni koʻrsatyapti. Bunda ikki tofovut mavjud.



  • mukammal raqobatda firma samaradorlik shkalasida ishlab chiqaradi, bunda oʻrtacha umumiy xarajat minimallashtirilgan. Farqli oʻlaroq Monopolistik raqobatlashgan firma samarodorlik shkalasidan kam boʻlgan miqdorda mahsulot ishlab chiqaradi.

  • mahsulot narxi mukammal raqobat sharoitida chekli xarajatga tenglashadi, biroq narx Monopolistik raqobatdagi chekli xarajatdan baland.


Q Q

13.4-rasm. Mukammal va Monopolistik raqobat


Ortiqcha imkoniyatlar. Bozorga erkin kirish va chiqish har bir Monopolistik raqobatlashgan bozordagI firmani talab egri chizigʻi va oʻrtacha xarajatlari egri chizigʻining bir-biriga tegib turishiga olib keladi. 13.4–rasmning (A) chizmasida ishlab chiqilgan hajm bu nuqtada oʻrtacha umumiy xarajatlarni minimallashtiriladigan hajmdan kichikligi koʻrsatilgan. Shunday qilib, Monopolistik raqobatlashgan sharoitda firmalar oʻzining oʻrtacha xarajatlar chizigʻining pastga qarab ogʻayotgan qismida ishlab chiqaradi. Shu yoʻsinda Monopolistik raqobat mukammal raqobatdan keskin farq qiladi. (B) chiziqda koʻrinib turibdiki, raqobatlashgan bozorga erkin kirish va chiqish firmani ortacha umumiy xarajatlarining minimal nuqtasida ishlab chiqaradi.

Oʻrtacha umumiy xarajatlarni minimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmi korxonaning samaradorlik shkalasi deb ataladi.

Uzoq davrli muddatda mukammal raqobatlashgan korxonalar samaradorlik shkalasida ishlab chiqaradi. Monopolistk raqobatdosh korxonalar esa koʻrsatkichdan past darajada ishlab chiqaradi. Korxonalarni Monopolistik raqobat ostida ortiqcha hajmi bor deyishadi. Boshqacha qilib aytganda Monopolistik raqobatlashuvchi firma, mukammal raqobatdosh firmaga oʻxshamagan holda ishlab chiqarilgan

hajmni oshirishi va mahsulotni oʻrtacha xarajatini kamaytirshi mumkin. Korxona bu imkoniyatdan voz kechadi, chunki bu qoʻshimcha ishlab chiqarishni sotish uchun, naxni kesishga toʻgʻri keladi. Monopolistik raqobatchi uchun ortiqcha hajm bilan ish tutish unga koʻproq foydalidir.

Mukammal raqobat va Monopolistik raqobat oʻrtasidagi ikkinchi farq bu narx va chekli xarajat oʻrtasidagi nisbatdir. Raqobatlashadigan firma uchun, 13.4-rasmning (B) – chizmasida koʻrsatilganidek, narx chekli xarajatlarga teng, Monopolistik raqobatda esa narx chekli xarajatlardan baland, chunki firma doim bozor hokimiyatiga ega boʻladi.

Noʻllashgan foyda holati shuni bildiradiki, narx oʻrtacha xarajatga tenglashgan, lekin mutlaqo chekli xarajatlarga ega emas. Haqiqatdan ham uzoq muddatli muvozanatda, Monopolistik raqobatdosh firmalar oʻzining oʻrtacha xarajatlari egri chizigʻining kamayayotgan qismida joylashadi, shunda chekli xarajatlar oʻrtacha xarajatlardan pastda boʻladi. Shungay qilib, narx oʻrtacha umumiy xarajatlarga teng boʻlishi uchun, u chekli xarajatlardan yuqori bolishi kerak.

Tovar narxi va chekli xarajatlar oʻrtasidagi bunday nisbatlar mukammal raqobatchilar va Monopolistik raqobatchilar orasidagi asosiy farqdir. Tasavvur qiling siz menejerga quyidagi savolni berasiz: Siz, hozir eshik ochilib, mahsulotingizni mazkur narxda sotib olish uchun yana bitta xaridor kirib kelishini istaysizmi. Mukammal raqobatdosh firma menedjeri uni qoʻshimcha xaridorlar qiziqtirmasligini aytadi. Chunki tovarning narxi chekli xarajatlarga teng boladi, qoʻshimcha sotilgan bir-birlik tovardan tushgan daromad nolga teng. Aksincha, Monopolistik raqobatdosh firma har doim yana bir xaridorga oʻch boladi. Chunki uning narxi chekli xarajatlardan oshadi va qoʻhimcha miqdor sotilishi foydani koʻpaytiradi. Bir tadqiqotchi aytganidek,

Monopolistik raqobatlashgan bozorlar sotuvchilari koʻproq xaridorlarni jalb qilish uchun ularga yangi yil tabriklarini tarqatishni unutmaydi.




    1. Download 12,22 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish