BOB ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI
Umumiy daromad, umumiy xarajat va foyda
Iqtisodchilar odatda yuqori darajada foyda olishni koʻzlab ishga kirishadi va ular koʻp hollarda qobilyatli ishchilar topishga harakat qiladilar.
Firmaning ishlab chiqargan mahsulotlarini sotishlaridan kelgan tushumlari yigʻindisini umumiy daromad deb ataladi. Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun resurslarni sotib olishga toʻlanadigan firma toʻlovlari yigʻindisi umumiy xarajat deyiladi. Firma olgan daromad faqatgina uning xarajatlarini qoplashi kerak degani emas, chunki u oʻz ish faoliyatini foyda olish maqsadida tashkil etadi. Foyda bu umumiy daromaddan umumiy xarajatlarni ayirmasiga teng:
Foyda = umumiy daromad - umumiy xarajat
Firmaning maqsadi oʻz foydasini iloji boricha koʻproq qilishdir. Firmaning yuqori darajada foyda olishini koʻrib chiqishimiz uchun,
biz uning umumiy daromadlarini va umumiy xarajatlarini hisob-kitob qilishimiz kerak. Umumiy daromad oddiygina hisoblanadi: Bu firma ishlab chiqaradigan mahsulotlari miqdorini mahsulot sotilgan narxga koʻpaytirish natijasidir. Agar firma 10000 ta mahsulot ishlab chiqarsa, har bir mahsulotni 2$ dan sotsa, u 20000$ umumiy daromad oladi.
Firma oʻz xarajatlarini hisoblaganda, iqtisodiyotning oʻnta tamoyillaridan birini hisobga olishiga toʻgʻri keladi, yaʼni biror narsaning qiymati unga erishish uchun nimadandir voz kechishdir. Bu mahsulotning muqobil qiymati deb ham nomlanadi, ya’ni bu oʻsha birlikni qoʻshib olish uchun voz kechilishi shart boʻlgan narsalarning hammasi, deb qaralishi mumkin. Iqtisodchilar firmaning ishlab chiqarish
xarajatlari haqida soʻz yuritganlarida, ular tovarlar va xizmatlarni muqobil xarajatlarini ham inobatga oladilar.
Ba’zi firmalarning muqobil xarajatlari ochiq oydin koʻzga tashlanib turadi, boshqalarniki esa, aksincha. Masalan, firma oʻzi uchun zarur boʻlgan mahsulot uchun $1000 toʻlaydi, bu $1000 muqobil xarajat hisoblanadi, chunki firma yana biror narsa sotib olish uchun ushbu
$1000dan boshqa foydalanmaydi. Shuningdek, firma sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun malakali ishchilarni ishlatadi, firma xarajatlarining ma’lum qismini ishchilar oylik maoshi tashkil qiladi. Firmaning muqobil xarajati firmaning toʻlovlarini toʻlashi uchun kerak boʻladi va bu yaqqol xarajatlar deyiladi.
Taqqoslab qaraydigan boʻlsak, firmaning ba’zi muqobil xarajatlari noyaqqol xarajatlar deb nomlanadi va ular qoʻshimcha toʻlovini talab qilmaydi. Tasavvur qiling, firma xoʻjayini kompyuter mutaxassisi va har bir dastur uchun soatlik toʻlovi 100$ga teng. Har soat uchun firma xoʻjayini oʻzining firmasida ishlaydi, u daromaddan 100$dan hisoblaydi, va bu ham xarajatlarning bir qismi boʻlib hisoblanadi. Firmaning umumiy xarajati yaqqol va noyaqqol xarajatlar yigʻindisidan iborat.
Yaqqol va noyaqqol xarajatlar oʻrtasidagi farq iqtisodchi va hisobchilar biznesni qanchalik darajada tahlil qilishidek muhim tafovut singari hisobga olinadi. Iqtisodchilar firmaning narxlar belgilashdagi qaror qabul qilishga va mahsulot ishlab chiqarishni oʻrganishga qiziqadilar. Chunki, bu qarorlar har ikkala yaqqol va noyaqqol xarajatlarga asoslanadi, iqtisodchilar firma xarajatlarini hisob-kitob qilishda ikkalasini ham hisobga oladilar. Taqqoslaydigan boʻlsak, hisobchilar firmaga kiradigan va chiqadigan yaqqol xarajatlarni hisoblaydilar. Natijada noyaqqol xarajatlar hioblanmasdan qoladi.
Yuqorida keltirilgan firmani oladigan boʻlsak, iqtisodchilar va hisobchilar oʻrtasidagi farq osongina koʻrinib turadi. Firma xoʻjayini
kam pul keltiradigan kompyuter dasturchiligidan voz kechdi, uning hisobchisi buni firma xarajatlarini hisoblashda inobatga olmaydi, chunki, unga toʻlanadigan xarajat firmaning tashqarisiga chiqib ketmaydi. Bu hech qachon hisobchining moliyaviy holatini koʻrsatib bermaydi. Iqtisodchi boʻlsa, har qanday kirim-chiqim xarajatlarini hisoblaydi, chunki bu qaror muhokamasi firmaga katta foyda keltiradi. Misol uchun, firma xoʻjayini kompyuter dasturchining maoshini 100$ dan 500$ga koʻtarsa, u soatiga maoshining anchagina yuqoriligi uchun unumli ishlashi va toʻliq vaqtini kompyuter dasturchiligida davom ettirishi mumkin.
Deyarli har bir biznesning muhim noyaqqol xarajatlari bu investitsiya qilingan biznesdagi moliyaviy kapitalning muqobil qiymatidir. Misol uchun, taxmin qilish mumkinki, firma xoʻjayini oʻzining firmasini tashkil qilish uchun oʻz fondidan $300000 ishlatdi. Agar firma xoʻjayini pulini 5foizli omonat qoʻyganida edi, u har yili
$15000 dan mablagʻga ega boʻlardi. Uning maqsadi firmasiga xoʻjayinlik qilish, shu sababli u yiliga keladigan $15000dan voz kechdi.
$15000 firma xoʻjayinining noyaqqol muqobil xarajatlari hisoblanadi.
Iqtisodchi va hisobchilar oʻrtasidagi farqni chuqurroq oʻrganadigan boʻlsak, uncha katta boʻlmagan narsalardan boshlaymiz. Tasavvur qilaylik, hozir firma xoʻjayini bu firmani sotib olish uchun $300000 sarflamadi, ammo, oʻrniga $200000ni bankka 5 foizli omonatga qoʻydi hamda $100000ni oʻz shaxsiy jamgʻarmalari uchun ishlatdi. Firma xoʻjayinining faqatgina yaqqol xarajatlarini hisobga oladigan hisobchisi, har yili bank krediti boʻlgan $10000ni hisobladi, ya’ni bu firmaning chiqib ketadigan summasining yigindisi hioblanadi.
Biroq iqtisodchilar fikriga koʻra, biznes boshlash uchun muqobil xarajat haligacha $15000, ya’ni kamida $15000siz biznes boshlab boʻlmaydi. Muqobil qiymat bankdan olingan qarzning foizi $10000 va
jamgʻarmadagi mablagʻdan olinishi mumkin boʻlgan foiz $5000 yigindisiga teng. Shundan kelib chiqqan holda, iqtisodchilar va hisobchilar qiymatni har xil oʻlchaydilar, shuningdek, ular foydani ham har xil hisoblaydilar. Iqtisodchi firmaning umumiy daromadidan sotiladigan mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarishga ketgan barcha xarajatlarni ayirish orqali firmaning iqtisodiy foydasini hisoblaydi. Hisobchi firmaning foydasini aniqlash uchun firmaning umumiy daromadidan faqatgina yaqqol xarajatlarini ayirib tashlaydi.
11.1-chizma bu farqni koʻrsatadi. Hisobchi noyaqqol xarajatlarni hisobga olmagani uchun u hisoblagan foyda iqtisodchi hisoblagan foydadan koʻproq boʻladi. Iqtisodchi nuqtayi nazaridan qaraganda, biznes daromadli boʻlishi uchun umumiy daromad barcha ishlab chiqarish xarajatlarini, ya’ni yaqqol va noyaqqol xarajatlarni qoplashi kerak.
Iqtisodiy foyda bu muhim tushuncha, chunki, u firmani tovar va xizmatlar yetkazib berishga undaydi, koʻrib turibmizki firma ijobiy iqtisodiy foyda qilsagina, biznes dunyosida mavjud boʻladi. U barcha ishlab chiqarish xarajatlarini qoplaydi va firma egalarini ragʻbatlantirish
uchun biroz foydaga ham ega boʻladi. Agar firma iqtisodiy zarar koʻrsagina (ya’ni iqtisodiy foyda salbiy boʻlsa) biznesmenlar barcha ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashga yetarlicha daromad jamgʻara olmaydilar. Agar bu holat oʻzgarishsiz davom etsa, firma egalari biznesni toʻxtatishadi va korxonani tark etishadi. Biznesda qaror chiqarishni tushunish uchun ba’zida iqtisodiy foydani kuzatib borishimiz zarur.
Firma sotishni rejalashtirib, tovar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun resurslarni sotib olganda xarajatga duch keladi. Bu holda biz firmaning ishlab chiqarish jarayoni va uning umumiy qiymati oʻrtasidagi bogʻliqlikni tekshiramiz.
Tahlil natijasi shuni koʻrsatadiki, firma hajmi oʻzgarmas u faqatgina ishlab chiqariladigan mahsulotlar miqdorini oʻzgartirishi mumkin. Bu taxmin faqat qisqa muddatli davrga xos, biroq uzoq muddatli davrda unday emas. Ya’ni, firma xoʻjayini kutilmaganda oʻz firmasini birdaniga kengaytira olmaydi, ammo u bir yoki ikki yil ichida shunday qila olishi mumkin. Bu tahlil qisqa muddatli davr mobaynida qabul qilinadigan ishlab chiqish qarorini tasdiqlaydi.
11.1-jadval firma ishchilar soniga bogʻliq holda bir soatda ishlab chiqariladigan mahsulotlar miqdori qanday bogʻliqligini koʻrsatadi. Jadvaldan koʻrish mumkinki, birinchi ikkita ustunda, agar firmada ishchilar boʻlmasa, firma mahsulot ishlab chiqarmaydi. Agar bitta ishchi boʻlsa, 50 ta mahsulotni ishlab chiqaradi. Agar 2 ta ishchi boʻlsa, 90 ta mahsulotni ishlab chiqaradi va hakozo. 11.2-chizmada (a) ikki ustunning raqamlarini koʻrsatadi. Ishchilar soni (ishchilar) gorizontal oʻqda, ishlab chiqarilgan mahsulotlar soni vertikal oʻqda aks ettirilgan. Resurslar miqdori (ishchilar) va yaratilgan mahsulot miqdorlari oʻrtasidagi bu bogʻliqlik ishlab chiqarish funksiyasi deb ataladi.
Yanada yaxshiroq tushinish maqsadida jadvalning uchinchi ustunida bitta ishchining chekli mahsuloti koʻrsatilgan. Ishlab chiqarish jarayonidagi har qanday xarajatning chekli mahsuloti – bir qoʻshimcha xarajat birligi hisobiga erishilgan ishlab chiqarish hajmining miqdoran ortishidir. Ishchilar sonini bittadan ikkitaga oshirilsa, mahsulot ishlab chirarish 50 tadan 90 taga ortadi va ortgan 40 ta mahsulot chekli mahsulot hisoblanadi. Agarda ishchilarni yana bittaga oshirsak, mahsulot ishlab chiqarish 90 tadan 120 taga ortadi va 30 ta mahsulot chekli mahsulot boʻladi. Jadvalda chekli mahsulot ikki qator orasida aks ettirilgan, chunki ishchilar soni bir pogʻonadan boshqasiga oʻzgarsa, ishlab chiqarish hajmi ham oʻzgaradi.
E’tibor bilan qaraydigan boʻlsak, ishchilar soni ortgani sayin, chekli mahsuloti kamayadi. 2-ishchining chekli mahsuloti 40 ta mahsulot edi. 3-ischiniki 30 ta, 4-ishchiniki 20 ta va h.k. Bu xossa kamayib boruvchi chekli mahsulot deb ataladi. Boshida, ya’ni ishchilar soni kam boʻlganida firmadagi uskunalardan foydalanish qulay boʻlgan. Ishchilar soni ortgani sari, vositalardan birgalikda foydalanish va tiqilinch muhitda ishlashga majbur boʻlishadi. Oxir-oqibatda ishchilar bir-biriga halal berishadi. Shu sababli yangi yollangan ishchining umumiy ishlab
chiqarishga qoʻshgan hissasi oldin yollangan ishchinikiga qaraganda kamroq boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |