Yuqorida ko‘rsatilgan buyruqqa binoanO‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi tahririyatiga Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish, nashrga (qayta nashrga) tayyorlash, unga alohida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ishlarini tashkillashtirishni davom ettira borib, 2021 yilning 31 dekabrigacha Davlat Farmakopeyasining ikkinchi jildini va 2022 yilning 31-dekabrigacha Davlat farmakopeyasining uchini jildini tasdiqlash uchun taqdim etish vazifasi belgilangan. Davlat farmakopeyasining ikkinchi tomiga dori shakllari va dori substansiyalarining xususiy farmakopeya maqolalari, keyinchalik nashrga tayyorlanadigan uchinchi tomga esa dorivor o‘simlik xom-ashyolari, dorivor o‘simliklardan tayyorlangan preparatlar, shuningdek, immunologik, biologik va radiofarmatsevtik preparatlarni xususiy farmakopeya maqolalarini kiritish ko‘zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |