Bundan tashqari, Davlat farmakopeyasi tahririyatiga Yevropa farmakopeyasi 10 nashrini bosqichma-bosqich chop etilish jarayonida, unga kiritib borilayotgan o‘zgartirish va to‘ldirishlarga asosan, shuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi farmakopeyasining bosqichma-bosqich tasdiqlanib borayotgan umumiy va xususiy farmakopeya maqolalari matnlarini respublika ichki sharoitlarini hisobga olgan holda tahlil qilib borish va tahlil natijalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi matnlariga muntazam ravishda tegishli to‘ldirishlar, o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritib borish vazifalari ham yuklatilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |