O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot” kafedrasi



Download 190,97 Kb.
bet12/23
Sana31.12.2021
Hajmi190,97 Kb.
#215956
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiy o’sishni ta’minlashdagi o’rni

2. Siyosiy omillar:

  • kapital eksporti (importi)ni erkinlashtirish (Erkin iqtisodiy hududlar (EIX), offshor hududlari va boshq.);

  • rivojlanayotgan mamlakatlarda industirlashtirish siyosatini olib borish;

  • iqtisodiy isloxotlarni olib borish (davlat korxonalarini xususiylashtirish, xususiy sektorni va kichik biznesni qo`llab-quvvatlash);

  • bandlik darajasini ushlab turish siyosatini olib borish va boshqalar.


1.2. Milliy iqtisodiyotda chet el kapitalining ahamiyati va uni jalb qilish sabablari.

Chet el investistiyalari – kapital eksport qiluvchi mamlakatlarning importyor mamlakatlarning iqtisodiy sub’ektlari hamda qo’shma korxonalarning real va moliyaviy aktivlariga kiritgan mablag’’lardir. Chet eldan investistiyalash kapital oqimining bir iqtisodiyotdan boshqasiga chiqib ketishini bildiradi, boyliklarni yanada foydaliroq shartlarda joylashtirish va investistiyalar chet ellik kapital egasiga qaytishiga qadar nisbatan uzoq vaqt davomida mablag’lar oqimini ta’minlash maqsadlarini nazarda tutadi. Ularga oqib o’tish, qochish, ya’ni mamlakatlararo ko’chib yurish xosdir.

Huquqiy nuqtai nazardan ular o’zlarining milliy huquqiy sharoitlarini qabul qiluvchi mamlakatning huquqiy sharoitlariga almashtiradilar. Chet el investistiyalari mohiyat jihatidan o’z milliy investistiya muhitini o’zga muhitga almashtiradi. Xavfsizlik, daromatdorlik, kapitallashuvdan tashqari chet el investistiyalarining o’ziga xos muhim belgisi aniq maqsadlarni ko’zlaydi. Shu sababli, o’zaro manfaatlarning mos tushishi, ishonchli munosabatlar, kirib borish sharoitlarini hisobga olish investistiyalarning bir mamlakatdan boshqasiga ko’chishining asosini tashkil etadi.

Chet el investistiyalari ichki investistiyalardan farqli ravishda mamlakat, valyuta, milliylashtirish, rekvizistiya kabi qo’shimcha tavakkalchilikka to’qnashish ehtimoliga ega bo’ladi. Demak, chet el investistiyalarining risk doirasi ancha kengdir.

Xorijiy investistiyalar kapitalni qulayroq joylashtirish hamda uzoq muddat davomida undan foyda ko’rish maqsadida eksport qiluvchi mamlakatlarning kapital qabul qiluvchi mamlakatlarning real va moliyaviy aktivlariga qo’yilishini bildirgan holda bir iqtisodiyotdan ikkinchisiga o’tayotgan kapital oqimidir.

O’zbekiston uchun bozor iqtisodiyotiga o’tish bosqichida bevosita chet el investistiyalarini jalb etish vositalari ishlab chiqaradigan bazaviy sanoat tarmoqlarda yangi qo’shma korxonalar barpo etish orqali jalb qilish ma’qulroq. Bu bilan yangi texnologiyalarni, intellektual potenstialni va menejmentni rivojlantirish ta’minlanadi, buning uchun investistiya muhitini yaxshilash, qo’shma korxonalarni tashkil qilishda va yangi loyihalarga bevosita chet el investistiya oqimini har tomonlama rag’batlantirish, qonun hujjatlarini takomillashtirish kerak.

Xorijiy investistiyalarning o’ziga hos xususiyatlaridan biri ularning mamlakatlararo ko’chishi, faqat o’z maqsadini ko’zlashi, amal qilish sharoitlarining o’zgarishi, ancha qulay shartlar bilan qo’yilishi, ishonch qozonishi hisoblanadi. Demak, chet el investistiyalari bir iqtisodiyot sub’ektlarining kapitalini boshqasiga bog’lab qo’yish bo’lib, buning natijasida mamlakatlar va mintaqalar bo’ylab kapital ko’chishi yuz beradi. Xorijiy tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, bevosita chet el investistiyalarini jalb qilishning salbiy tomonlari ham bor. Chet el korxonalarining salbiy tomonlari – ichki bozorni boshqarish imkoniyatlari, ishlab chiqarishning baynalminallashuvi oqibatida ko’plab chet el valyutasining chiqib ketishidir.

Bevosita chet el investistiyalari eksportyor mamlakatning ishlab chiqarish kapitalini uni qabul qiluvchi mamlakatda bevosita tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish maqsadlarida kiritishdan iborat. Bunday investistiyalar korxonalar akstiyalari umumiy hajmining 10-25 %dan ortiq bo’lmaydigan nazorat paketini sotib olish shaklida yoki o’zining ishlab chiqarish quvvatlarini qurish yoxud qo’shma korxona akstiyalarining kamida 25 %ini (AQSh va Jahon Tiklanish va Taraqqiyot banki statistikasi bo’yicha esa kamida 10%) sotib olinganda bevosita investistiyalar hisoblanadi.

Barcha hollarda ham bevosita chet el investistiyalari (BChI) kapital eksportyorlariga investistiyalash ob’ektining ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishda samarali qatnashish imkoniyatlarini yaratadi. Ular o’z egasiga mamlakat chegaralaridan tashqarida investistiyalar kiritgan firmalar va korxonalar ustidan nazorat o’rnatishni ta’minlaydi, monopoliyalarga qo’yilgan to’siqlarni bartaraf etish, o’z mahsuloti eksportini kengaytirish, xom ashyo va energiya manbalari ustidan nazorat o’rnatish, ancha arzon ishchi kuchidan foydalanish imkoniyatlarini beradi.

Kapitalga bo’lgan talab va taklif bank foiz siyosati bilan tartibga solinadi. Bank foiz stavkasidan farq qilgan holda investistiyalardan tushadigan natija qanchalik yuqori bo’lsa, investistiyalarga talab shu qadar ko’proq bo’ladi. Bu esa o’z navbatida investistiyalarni moliyalashtirishning manbai tarzida bank kreditiga talabni yanada oshiradi. Bank kreditiga talabning ko’tarilishi foiz stavkalarining yanada ko’tarilishiga olib keladi.

Respublikada ko’p ukladli xo’jalik iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida investistion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:


  • ijtimoiy va hususiy manfaatlarni;

  • ayrim mamlakatlarni, korporastiyalarni, xalqaro moliya institutlarini,

  • investorlar manfaatlarini to’g’ri aniqlash;

  • ularning o’zaro maqbul nisbatlarini to’g’ri aniqlash;

  • ularning huquqiy sharoitlari va kafolatlarini belgilashva boshqalar.

Ma’lumki, chet ellik investorlar o’z investistiyalarini kiritish to’g’risida qaror qabul qilar ekan, birinchi navbatda o’zlarining manfaatlari va maqsadlarini hisobga oladi. O’zbekistonda chet el investistiyalari davlat tomonidan qonun yo’li bilan himoya qilinadi. Investistiyalashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslari ishlab chiqilgan halqaro shartnomalarning tamoyillariga muvofiq belgilangan

O’zbekiston Respublikasi hukumati iqtisodiyotda, ayniqsa uning ustuvor tarmoqlarida sanoatlashtirish va zamonaviylashtirish borasidagi siyosatni amalga oshirishda bevosita xorijiy investistiyalarni rag’batlantirish siyosatini yoqlaydi. Qulay investistion iqlim mamlakat tarmoqlarida tuzilmaviy o’zgarishlarni tez amalga oshishiga, xorijiy investistiyalar hajmi oshishiga yordam bermoqda. O’zbekistonda investistion siyosatning rivojlantirishni asosiy omillaridan biri – Davlatning investiston dasturidir. Ushbu dasturning asosiy maqsadi investirlarni manfaatlari va intilishlarini muvofiqlashtirish va shuningdek ular uchun imtiyozli rejimlar joriy etilgan sohalarni aniqlashga qaratilgan.

Mamlakatimizdagi investistiya jarayonlarining takomillashib borayotganligi namoyon etuvchi yana bir jihat–davlat byudjetidan moliyalashtirish tarkibidagi nisbatlarning sezilarli darajada o’zgarib borayotganligi hisoblanadi. Investistiya jarayonlariga davlat byudjetidan moliyalashtirilgan mablag’’lar dinamikasi shuni ko’rsatadiki, agar 2005 yilda davlat byudjetdan moliyalashtirilgan mablag’’larning 36,2% respublika byudjeti, 63,8% mahalliy byudjet hisobiga ta’minlangan bo’lsa, 2009 yilda bu nisbat tegishli ravishda 35,5% va 64,5% ni tashkil etishi ko’zda tutilmoqda. Bu esa investistiya jarayonlarini moliyalashtirishda mahalliy byudjetlarning ishtiroki va roli kengayib borayotganligini ko’rsatadi.

Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiyinvestistiyalarning ahamiyati benihoyat katta bo’lib, u quyidagilar bilan izohlanadi:

- birinchidan, xorijiy investistiyalar ishlab chiqarishga zamonaviytexnika va texnologiyalarni joriy etib,eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivrjlantiradi;

- ikkinchidan, import o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va buning uchun xorijiy investistiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo’naltirish va pirovardida aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash imkonini yaratadi;

- uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o’sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta’minlaydi;

- to’rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish
quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi.


Download 190,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish