O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti


Davlat xizmatlari markazi faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlili



Download 216 Kb.
bet5/6
Sana30.12.2021
Hajmi216 Kb.
#192346
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hisobot Mahmudjonov S.

2. Davlat xizmatlari markazi faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlili

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari Agentligi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmonini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga, shu jumladan, Vazirlikning qarorlariga amal qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmonini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomga asosan quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

1) jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

2) ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillarni bartaraf etish hisobiga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish, shuningdek idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish;

3) Davlat xizmatlari yagona reyestrini shakllantirish, ushbu sohada davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

4) davlat xizmatlari koʻrsatishda foydalaniladigan axborot tizimlari, resurslar va maʼlumotlar bazalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish, joriy etish va integratsiya qilishga yagona yondashuvlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

5) davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida, shu jumladan tegishli axborot tizimlari, resurslari va maʼlumotlar bazalarini joriy etish boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va samaradorligini baholash;

6) davlat xizmatlari koʻrsatishning innovatsion shakllari va usullarini joriy etishni tashkil qilish, ushbu sohada qonunchilik va huquqni koʻllash amaliyotini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish.

 Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

 1) jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:

-davlat xizmatlari koʻrsatish masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan FXDYO organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga metodik rahbarlik qiladi;

-davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni, shuningdek FHDYO sohasini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi, ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;

-davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Vazirlikning topshiriqlari boʻyicha va oʻz tashabbusiga koʻra qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;

-davlat xizmati koʻrsatish holati toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qiladi;

-Davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDYO organlari faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;

-davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirish va uning samaradorligini oshirishga koʻmaklashadi, davlat xizmatlari koʻrsatish masalalari boʻyicha xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni va hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi;

-yuridik shaxslarni, shuningdek, jismoniy shaxslarni tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatiga olishni tashkil etadi;

-moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan tashkilotlarni tugatishda qonunchilikka rioya qilinishini taʼminlaydi, tashkilotlarni tugatishda vakolatli organlar va tashkilotlarning faoliyati ustidan nazorat olib boradi.

 2) ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillarni bartaraf etish hisobiga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish, shuningdek, idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish sohasida:

-davlat xizmatlari koʻrsatishda byurokratik toʻsiq va gʻovlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro yaqin hamkorlik oʻrnatadi;

-davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyati samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini, ularning masʼuliyati va ijro intizomi kuchaytirilishini, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan qayta aloqani taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha mexanizmlar yaratilishini taʼminlaydi;

-idoralararo axborot almashuvi infratuzilmasidan foydalangan holda davlat organlari va boshqa tashkilotlar oʻrtasida elektron hujjat aylanishi tartibini joriy qiladi va takomillashtiradi;

-davlat organlari, boshqa tashkilotlar va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali oʻrtasida axborot almashish faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashadi va muvofiqlashtiradi;

-davlat xizmatlari koʻrsatishda fuqarolardan talab qilinadigan hujjatlar va maʼlumotlarni qisqartirish boʻyicha zarur choralarni koʻradi;

koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida aholi va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tizimli ravishda soʻrovlar olib boradi. 



3) Davlat xizmatlari yagona reyestrini shakllantirish, ushbu sohada davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

-Davlat xizmatlarining yagona reyestrini shakllantiradi, shuningdek, uning lozim darajadagi (dolzarb) holatini taʼminlaydi;

-davlat organlari va boshqa tashkilotlarining Davlat xizmatlari yagona reyestrini shakllantirish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

-davlat xizmatlarini Davlat xizmatlari yagona reyestriga kiritish va (yoki) chiqarib tashlash boʻyicha takliflar kiritadi.



4) davlat xizmatlari koʻrsatishda foydalaniladigan axborot tizimlari, resurslar va maʼlumotlar bazalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish, joriy etish va integratsiya qilishga yagona yondashuvlarni ishlab chiqishda ishtirok etish sohasida:

-davlat organlari, boshqa tashkilotlar va davlat xizmatlari markazlarining davlat xizmatlarini koʻrsatishning sifati va tezkorligini oshirishga qaratilgan hamkorligini kengaytirish uchun zarur boʻlgan tashkiliy-texnik va moliyaviy-iqtisodiy shart-sharoitlarni ishlab chiqishga koʻmaklashadi;

-davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda davlat xizmatlari koʻrsatishda foydalaniladigan axborot tizimlari, resurslar va maʼlumotlar bazalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish, joriy etish va integratsiya qilishga yagona yondashuvlarni ishlab chiqadi;

-davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilayotgan jismoniy va yuridik shaxslar uchun davlat xizmatlari koʻrsatishda ishlatiladigan elektron raqamli imzoni olish uchun shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlaydi;

-qogʻoz sansalorligi va byurokratizmdan voz kechish yoʻli bilan toʻliq elektron shaklda davlat xizmatlari koʻrsatishni taʼminlash uchun zarur choralarni koʻradi;

-davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida, shu jumladan, tegishli axborot tizimlari, resurslar va maʼlumotlar bazalarini joriy etish va integratsiya qilish boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, nazorat qiladi va samaradorligini baholaydi.



5) davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida, shu jumladan tegishli axborot tizimlari, resurslar va maʼlumotlar bazalarini joriy etish boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va samaradorligini baholash sohasida:

-davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ular tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatishning belgilangan tartibi bajarilishi boʻyicha ishini nazorat qiladi;

-maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirish, shu jumladan, davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini tahlil qiladi;

-davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini qonun hujjatlari va maʼmuriy reglamentlar talablariga rioya etilishi nuqtayi nazaridan tekshirishlarni amalga oshiradi;

-davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida mansabdor shaxslarni yozma ravishda ogohlantiradi;

-davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga aniqlangan qonun buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritadi;

-davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy jazo koʻllaydi;

-davlat organlari va boshqa tashkilotlar davlat xizmatlari koʻrsatish faoliyati haqida va ushbu sohada qonun buzilishlari va unga yoʻl qoʻygan aybdor shaxslar, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun bir yilda ikki marta batafsil axborot tayyorlaydi.



6) davlat xizmatlari koʻrsatishning innovatsion shakllari va usullarini joriy etishni tashkil qilish, ushbu sohada qonunchilik va huquqni koʻllash amaliyotini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish sohasida:

-ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatning zamonaviy yutuqlarini inobatga olgan holda maʼmuriy tartib-taomillar, shu jumladan, davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida qonunchilikni takomillashtirish va huquqni qoʻllash amaliyoti boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

-davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonini soddalashtirish va optimallashtirishni, davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining samaradorligini oshirishni taʼminlaydigan davlat boshqaruvi innovatsion shakllarini joriy etishni tashkil etadi;

davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida ilgʻor axborot-aloqa texnologiyalarini, shu jumladan, Internet tarmogʻi va elektron raqamli imzolar keng qoʻllanilishi orqali faol joriy etishni tashkil etadi;

-davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan murojaat etuvchilar oʻrtasida bevosita muloqotsiz hamkorlikni taʼminlash choralarini amalga oshiradi;

-davlat xizmatlari koʻrsatishda jismoniy va yuridik shaxslarga malakali axborot va maslahat yordami beradi;

-davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi axborotning toʻliq ochiqligi va undan foydalanish imkoniyati ustidan nazorat qiladi.

Nizomning 17 bandiga muvofiq quyidagilar hududiy boshqarmalarning asosiy vazifalari hisoblanadi:

1) Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish;

2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar, davlat soliq xizmati organlarining rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari (keyingi o‘rinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari deb ataladi) bilan davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida hamkorlik qilish;

3) davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish;

4) davlat xizmatlari markazlari, filiallar hamda FHDYO organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

5) davlat xizmatlari ko‘rsatishning muqobil shakllarini rivojlantirishda davlat xizmatlari markazlarini qo‘llab quvvatlash;

51) FHDYO organlariga rahbarlik qilish;

6) davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida mansabdor shaxslarni yozma ravishda ogohlantirish;

7) davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga aniqlangan qonun buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish.

Nizom 18 bandiga muvofiq Hududiy boshqarmalar ularga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1) hududiy boshqarmalar faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlaydi;

2) Davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDYO organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumatning qarorlari va farmoyishlari hamda Agentlikning buyruqlari ijrosi yuzasidan muntazam nazoratni ta’minlaydi.

3) davlat xizmatlari markazlari, filiallar hamda FHDYO organlari faoliyati ustidan rahbarlik va nazorat qiladi;

4) davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini, shuningdek FHDYO organlari faoliyatini takomillashtirish masalalari bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan, yuridik va jismoniy shaxslar bilan hamkorlik qiladi;

5) davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDYO organlari xarajatlarini moliyalashtirishni, buxgalteriya hisobi va hisobotni tashkil qiladi;

6) davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDYO organlari moddiy-texnik ta’minlanishini, shu jumladan, mobil (sayyor) davlat xizmatlarini ko‘rsatishni tashkil etadi;

7) yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil qiladi;

8) vakolatiga kiradigan tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo‘jalik va boshqa masalalarni hal etish bilan shug‘ullanadi.

Hududiy boshqarmalar o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

-davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini qonun hujjatlari va ma’muriy reglamentlar talablariga rioya etilishi nuqtai nazaridan tekshirish;

-davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga aniqlangan qonun buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;

-davlat xizmatlari markazlari orqali ularning binolari va tutash hududlarida reklama faoliyatini, shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan holda tadbirkorlik subyektlarining muhr va shtamplarini tayyorlash faoliyatini amalga oshirish.

-o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni davlat organlari hududiy bo‘linmalari va ularning mansabdor shaxslaridan so‘rash va tekin olish;

-Agentlikka “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha faqat davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatiga qo‘shimcha davlat xizmatlarini kiritish, davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish bo‘yicha taklif kiritish;

-tegishli ma’lumotlar bazalaridan, davlat axborot tizimlaridan va vakolatli organlar resurslaridan belgilangan tartibda foydalanish;

-yuqori malakali xorijiy va mamlakatimiz mutaxassislarini kontrakt asosida konsultant va ekspert sifatida ishga taklif qilish;

-davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDYO organlarining davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatini o‘rganish;

-sifatli davlat xizmatlari ko‘rsatish masalalari bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;

-Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat va xo‘jalik boshqaruvi hududiy organlarining ko‘rib chiqishi uchun takliflar kiritish.

-Hududiy boshqarmalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Demak, hududiy boshqarmalar tegishli hududlarda davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida davlat siyosati samarali amalga oshirilishini ta’minlashi, davlat xizmatlari ko‘rsatishda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi va himoya qilinishini ta’minlashi, Agentlik faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha Agentlikning hududiy bo‘linmalari ishini tashkil qilishi, davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida hududiy boshqarmalarning Agentlikka ko‘rib chiqish uchun kiritilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflari, shuningdek, boshqa hujjatlari sifatli tayyorlanishini amalga oshirishi kerak.




Download 216 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish