40
jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2006-yil 17-apreldagi PQ-325-sonli
Qarori bilan belgilangan quyidagi ro’yxat bo’yicha xizmat ko’rsatayotgan
mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun foyda solig’i hamda yagona soliq
to’lovi bo’yicha imtiyozlarning amal qilish muddati 2017-yilning 1-
yanvarigacha uzaytirildi:
1. Moliyaviy, bank
xizmatlari
a) Lizing xizmatlari
b) Sug’urta bozorining professional ishtirokchilarining xizmatlari
c) Auditorlik xizmatlari
d) Buxgalteriya hisobini yuritish xizmatlarin
e) Mikrokreditlash xizmatlari
f) Tashkilotlarga soliq maslahati ko’rsatish xizmatlari
2. Maishiy xizmatlar
a) Poyafzal ta’mirlash va charmdan
mahsulot tayyorlash xizmati
b) Soatsozlik xizmatlari
c) Maishiy elektron va elektr jihozlarini ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish
(televizorlar, audiovideoqurilmalar, kompyuterlar, printer texnikalari,
muzlatkichlar, kondisionerlar va b.)
d) Qishloq joylardagi sartaroshxona va go’zallik salonlari xizmatlari
e) Qishloq joylardagi kiyim tikish va ta’mirlash xizmatlari
f) Qishloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurilishi asosida barpo etilgan
joylarda choyshablarni yuvish uchun qabul qiladigan korxona xizmatlari
g) Qishloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurilishi asosida barpo etilgan
joylarda ximyoviy tozalash korxonalari xizmatlari
3. Boshqa xizmatlar
a) Veterenar xizmatlari
b) Ta’lim xizmatlari, kompyuter bilan
ishlash xizmatlari bilan
c) Sanatoriya, bolalarni sog’lomlashtirish muassasalari, bolalar sport
muassasalari va seksiyalari
d) Bolalarga, nogironlarga, keksa fuqarolarga g’amxo’rlik qilish xizmatlari
41
e) Rieltorlik xizmatlari
f) Informatsion-resurs markazlari, informatsion-kutubxona markazlari,
elektron ta’lim xizmatlari
g) Qishloq joylarda yakka tartibda uy-joylarni
qurish xizmatlari
h) Qishloq joylarda yo’l infratuzilma komleksi xizmatlari
i) Qishloq joylarda kompyuter dasturlash (maslahat berish bilan), xizmatlari.
Yuqoridagi dasturga muvofiq sanab o’tilgan xizmat ko’rsatish korxonalari
uchun qo’llaniladigan soliq imtiyozlari, ularning yalpi daromadlari tarkibining
80 foizidan ortiq qismini xizmat ko’rsatish sohasidan kelib tushadigan
daromadlar tashkil qilsagina qo’llaniladi.
Xizmat ko’rsatish sohasining mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotiga ta’sirini aniqlash hamda baholash natijasida yaratilayotgan
yalpi
ichki mahsulot tarkibida uning hajmini oshirish imkoniyati oshadi, ya’ni bunda
xizmat ko’rsatish sohasining ulushi xizmat ko’rsatish sohasida aholi bandligi,
eksport tovarlar tarkibida xizmatlarning ulushi, bu sohaga sarflangan
investitsiyalarning hajmi va uning moddiy boylik zaxirasi bilan belgilanadi.
Xizmat ko’rsatish sohasining barcha tarmoqlarini mamlakatimizning aholi
yashash manzillari, qishloq va tumanlarda keng miqyosda rivojlantirish borasida
ham izchil islohotlar olib borilmoqda. Shu munosabat bilan O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining “2013 – 2016 yillarda qishloq
joylarda xizmat
ko’rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan qo’shimcha chora-
tadbirlar to’g’risida”gi Qarori ham ushbu soha rivoji borasida me’yoriy-huquqiy
asos bo’lmoqda.
Qishloq joylarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini jadal va
muvozanatlashgan tarzda rivojlantirish, qishloq aholisining zamonaviy yuqori
texnologik va bozor xizmat turlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish,
buning asosida yangi ish joylarini yaratish va aholi daromadlari oshirilishini
ta’minlash maqsadida hamda qishloq joylarda xizmat ko’rsatish
sohasi
moliyasini yanada rivojlanishi borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilishi
42
ushbu qarorda belgilangan va imtiyozli kreditlar ajratilishi ko’zlangan (10-
jadval)
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: