1.3. Bozor munosabatlarini rivojlantirishda xizmat ko’rsatish korxonalari
moliyasini tashkil etishning huquqiy asoslari
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy nuqtalaridan biri bozor
iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iborat. Mamlakatimiz Prezidenti
I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, – “Mustahkam huquqiy negiz bo’lgandagina
o’zini oqllamagan eski tizimni to’la ishonch bilan qayta qurish, madaniy bozor
iqtisodiyotiga ega bo’lgan yangi jamiyat qurish mumkin. Hozirgi mutlaqo yangi
siyosat – iqtisodiy va huquqiy munosabatlarni aks ettiruvchi yangi qonunlar
majmuiga biz barpo etayotgan yosh ijtimoiy binoga barqarorlik, demokratik
xarakter baxsh etuvchi omil bo’lib xizmat qiladi. Respublikaning barcha aholisi
manfaatlarini ta’minlashga, uning huquq va erkinliklarini himoya qilishga
qaratilgan qonunlar mavjud bo’lgandagina, tub o’zgarishlarning kuchli ijtimoiy
asoslari yaratiladi. O’zbekistonning yorqin kelajagiga ishonch uyg’otiladi. Shu
sababli birirnchi bosqichda biz islohotlarning o’z huquqiy negizini yaratishga
36
asosiy e’tiborni qaratib keldik”
1
.
Yillar davomida mamlakatimizda qonun chiqarish tiziminig o’zigini emas,
balki qonun va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish hamda qabul qilish
mexanizmi ham vujudga keldi. Natijada mamlakatimizda bozor munosabatlariga
o’tishning qator huquqiy va asoslarining jahon andozalari talablariga mos
bo’lgan shakllari yaratildi va yaratilib borilmoqda. Shu o’rinda bozor
infrastrukturasini yaratish va uning faoliyatiga xos jarayonlarni tartibga solishni
ta’minlaydigan qonun me’yorlari faol shakllantirib borildi. Ularning asosiy
qoidalari “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi, “O’zbekiston
Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to’g’risida”gi, “Sug’urta faoliyati
to’g’risida”gi, “Birjalar va birja faoliyati to’g’risida”gi, “Auditorlik faoliyati
to’g’risida”gi, “Qimmatli qog’ozlar va fond birjasi to’g’risida” kabi qonunlarda
o’z aksini topgan.
Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga o’tishi ilgari davlat tasarrufida
bo’lgan korxonalarning turli mulkchilik shaklida faoliyat yuritishini taqazo etdi.
Chunki mulk o’z egasini topmas ekan bozor sharoitida raqobatbardosh tovarlar
ishlab chiqarilmaydi, sifatli xizmatlar ko’rsatilmaydi va bozorda o’z o’rnini
topish hamda bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish samarasiz bo’ladi.
1991-yil 15-fevralda respublikamizda “Korxonalar to’g’risida”gi qonun
qabul qilindi. Undan keyin “Yer to’g’risida”, “Davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish to’g’risida”, “Tadbirkorlik faoliyati va uni qo’llab-quvvatlash
to’g’risida”, “Ijara to’g’risida”, “Aksionerlik jamiyatlari va aksiyadorlarni
xuquqlarni ximoya qilish to’g’risida”, “Qishloq xo’jaligi korxonalarini
sanatsiya qilish to’g’risida”, “Bankrotlik to’g’risida”, “Xususiy korxonalar
to’g’risida” va boshqa bir qator qonunlar qabul qilinib turli mulkchilik
shaklidagi korxonalarning faoliyat yuritishining huquqiy asoslarini yaratib berdi.
Bu qonunlar respublikamizga chet el investitsiyalarini kirib kelishi uchun keng
yo’l ochib berdi, chunki qonunlarda chet el investitsiyalariga juda ham ko’p
moliyaviy yengilliklar berish ko’zda tutilgan.
1
Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. – T.: “O’zbekiston”, 1995, 29-b.
37
Xizmat ko’rsatish korxonalari moliyasining asosiy elementlaridan bo’lgan
moliya-bank tizimi infratuzilma tizimida alohida o’rin tutadi, chunki, bozor
islohoti pulga asoslangan. Shu boisdan moliya-kredit sohasini isloh etishga katta
e’tibor berildi.
Bozor munosabatlari rivojlanib borayotgan bir sharoitda respublikada
ishlab chiqarish bilan bir qatorda xizmat ko’rsatish sohasiga ham alohida e’tibor
qaratilmoqda. Rivojlangan mamlakatlar ham ushbu soha rivoji uchun
mukammal jihatdan ishlab chiqqan me’yoriy-huquqiy hamda iqtisodiy siyosati
natisida ijobiy natijalarga erishmoqda. Respublikamizda keyingi yillarda xizmat
ko’rsatishni yanada rivojlantirish hamda uning sifatini tobora yaxshilashga
qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Milliy iqtisodiyotni barqarorlashtirish sharoitida xizmat ko’rsatish sohasini
yanada rivojlantirish borasida hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan
me’yoriy hujjatlardagi asosoiy vazifa ham aynan demakratik jamiyatga
asoslangan iqtisodiy tizimni takomillashtirishga qaratilgan. Ushbu sohani
rivojlantirishda Prezidentimizning “2012–2016 yillarda O’zbekiston
Respublikasida xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish dasturi to’g’risida”gi
Qarori ijobiy natijalarni bermoqda. Ishlab chiqilgan dasturga muvofiq 2016-
yilgacha mamlakatimizning yalpi ichki mahsulotida xizmat ko’rsatish
sohasining ulushi 55 foizgacha oshirilishini nazarda tutilgan (8-jadval).
1
Ishlab chiqilgan dastur ma’lumotlariga tayanadigan bo’lsak, O’zbekiston
Respublikasida xizmat ko’rsatish sohasining asosiy yo’nalishlarini 2012-2016
yillarda rivojlantirish ko’rsatkichlariga asosan hududlarda asosiy e’tibor
komputer va axborot texnologiyalarini, moliyaviy xizmatlarni, qurilish
xizmatlarini hamda savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlarini rivojlantirish
pirovard natija sifatida qaralgan. Ushbu yo’nalishlarning o’sish tendensiyasini
joriy yillarda o’rtacha 2,3 barobarga yetkazish maqsad qilib belgilangan.
1
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2012–2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatish
sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi Qarori, Toshkent sh., 2012-yil 10-may, PQ-1754-son
38
Do'stlaringiz bilan baham: |