Hayoti: Arastu miloddan avvalgi 384-322 yillarda yashab, ijod etgan. U
Stagira shahrida otasi Makedoniya shohi Alintin saroyida vrach bo‘lib xizmat
qilgan. Arastu yoshligidan madaniyatli oilada tarbiyalanib o‘sgan hamda o‘n
yetti yoshida Afinaga kelib Aflotun akademiyasiga o‘qishga kirgan, yigirma
yilcha ushbu akademiyada ta’lim olgan. Aflotun bilan ko‘p masalalarda muno-
zara qilgan, oqibatda Aflotun nuqtai nazarini rad qilgan. Aflotun vafotidan so‘ng
u akademiyani tashlab, Afinada o‘z maktabi – Likeyni tashkil qiladi. Miloddan
avvalgi 343-yildan boshlab, Arastu bir necha yil Iskandar Zulqarnaynning
tarbiyachisi bo‘lgan (1-ilova).
Do'stlaringiz bilan baham: |