O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Omonatlar quyidagi turlarga bo‘linadi



Download 0,51 Mb.
bet41/56
Sana10.09.2021
Hajmi0,51 Mb.
#170899
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56
Bog'liq
Bank ishi fanidan Ma'ruzalar matni. Saidov.2

Omonatlar quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar;

  • Jamg‘arma omonatlar;

  • Muddatli omonatlar;

  • Omonat sertifikatlari.

Banklar yuqorida qayd etilgan omonat turlaridan tashqari qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan, boshqa omonatlarni qabul qilishlari mumkin.

Banklar omonatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan talablarga amal qilgan holda sir saqlanishini ta’minlashlari lozim.

Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar

Omonatchilarning talab qilinishi bilanoq beriladigan omonatlar talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlardir. Bank plastik kartalaridagi mablag‘lar talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar hisoblanib, ularning harakati alohida qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.Bank bilan yuridik shaxs, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor hamda dehqon xo‘jaliklarining talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat hisobvarag‘i bo‘yicha vujudga keladigan munosabatlar bank hisobvarag‘i shartnomasi bilan tartibga solinadi.

Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlari bo‘yicha, bank omonatchining birinchi talabiga ko‘ra (agar, bank omonati shartnomasi tuzilgan va unda boshqa muddatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa) omonatchining tegishli ko‘rsatmasi bankka kelib tushgan kunning ertasidan kechikmagan holda uning to‘lovlar bo‘yicha topshirig‘ini bajarishi shart.

Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlari bo‘yicha tuzilgan bank omonati shartnomasida omonatchi tomonidan omonatni birinchi talabi bilan qaytarish va belgilangan foizlar to‘lash shartlari bo‘lishi lozim.Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar hisobi «O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi»ga muvofiq «20200 — Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar» hisobvaraqlarida yuritiladi.

Jamg‘arma omonatlar

Bank omonati shartnomasida belgilangan muayyan maqsadga yo‘naltiriladigan yoki boshqa shartlar asosida jalb qilingan omonatlar jamg‘arma omonatlar hisoblanadi.

Jamg‘arma omonatlar bo‘yicha bank bilan omonatchi o‘rtasida bank omonati shartnomasi tuzilishi va omonatchi shartnoma tuzganidan so‘ng, bank omonati shartnomasida ko‘rsatilgan omonat summasi qo‘yilishi shart. Jamg‘arma omonatlar bo‘yicha bank omonati shartnomasiga muvofiq qo‘shimcha mablag‘lar kiritilishi mumkin. Qo‘shimcha mablag‘lar kiritish tartibi bank omonati shartnomasida aniq belgilanishi lozim.

Jamg‘arma omonatlar maqsadli, yutuqli va boshqa shartlar belgilangan ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.Ma’lum maqsad uchun jamg‘ariladigan va qat’iy ravishda shu maqsadga yo‘naltiriladigan omonatlar maqsadli jamg‘arma omonatlar hisoblanadi.Omonatchiga foizlar yutuq ko‘rinishida to‘lanadigan omonatlar yutuqli jamg‘arma omonatlar hisoblanadi. YUtuqlar pul mablag‘lari, omonatga qo‘shimcha foizlar hisoblab yozish, buyum va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.

Omonat qo‘yishda bank omonati shartnomasida ko‘rsatilgan shartlarning bajarilishi bilan omonatdan foydalanish mumkin bo‘lgan uchinchi shaxs nomiga qo‘yilgan omonatlar shartli jamg‘arma omonatlar hisoblanadi. Masalan, «Omonatchi o‘quv yurtini tugatgandan so‘ng, omonat beriladi» yoki «Voyaga etgach beriladi» kabi shartlar belgilangan bo‘lishi mumkin. Omonatchining xohishiga ko‘ra, shartning bajarilish muddati bank omonati shartnomasida ko‘rsatilishi mumkin. Masalan, «2013 yilda omonatchi o‘quv yurtini tugatgandan so‘ng omonat beriladi».Omonatchi jismoniy shaxslar xohishlariga qarab, bank jamg‘arma omonat hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin. Masalan, omonatchi topshirig‘i asosida bank uning jamg‘arma omonat summasini bankdan olingan kredit va unga hisoblangan foizlar to‘loviga, kommunal to‘lovlarni amalga oshirish uchun yo‘naltirilishi mumkin.Bunda, bank omonatchini bank omonati shartnomasi shartlariga muvofiq operatsiya bajarilmasdan oldin yoki operatsiya bajarilgandan keyin xabardor qilish majburiyatini oladi.

Xabar, uni mijoz olganligi to‘g‘risida bankka xabar berish sharti bilan pochta orqali buyurtma xat shaklida yoki boshqa shaklda jo‘natiladi.Bank omonati shartnomasida bank tomonidan omonat hisobvarag‘i bo‘yicha bajarilgan barcha operatsiyalar haqida xabardor qilishi belgilangan bo‘lsa, bank shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda jamg‘arma omonat hisobvaraqlaridan ko‘chirmani omonatchiga taqdim qiladi.

Jamg‘arma omonat hisobvarag‘idan olingan ko‘chirmalar va omonat daftarchasidagi barcha o‘zgarishlarni omonatchi o‘rganib chiqishi hamda har qanday nomuvofiqlik to‘g‘risida bankka xabar qilishi kerak. Bank xabar qilingan nomuvofiqlikning sabablarini o‘rganib, ularni birlamchi hujjatlar asosida bartaraf qilishi va amalga oshirilgan o‘zgarishlar to‘g‘risida omonatchiga xabar berishi lozim.Agar omonatchi jamg‘arma omonatni bank omonati shartnomasida ko‘rsatilgan holatlar yuz bergunga qadar qaytarib berishni talab qilish niyatida bo‘lsa, u o‘zining bu niyatidan bankni omonatni olishni mo‘ljallayotgan sanadan kamida bir oy oldin xabardor qilishi lozim.

Omonatchi jamg‘arma omonat summasini, bank omonati shartnomasida nazarda tutilgan holatlar vujudga kelganidan keyin qaytarib berishni talab qilmagan hollarda, agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnoma omonatni talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar shartlari asosida uzaytirilgan deb hisoblanadi.

Muddatli omonatlar

Bank omonati shartnomasida belgilangan muddat tugaganidan keyin qaytarish sharti bilan jalb qilingan omonatlar muddatli omonatlar hisoblanadi.Muddatli omonatlar bo‘yicha bank bilan omonatchi o‘rtasida muddatli bank omonati shartnomasi tuzilishi va omonatchi shartnoma tuzilganidan so‘ng, muddatli bank omonati shartnomasida ko‘rsatilgan omonat summasini qo‘yishi shart. Qo‘shimcha mablag‘lar kiritish tartibi muddatli bank omonati shartnomasida belgilanishi lozim.Agar omonatchi muddatli omonatni muddati tugagunga qadar qaytarib berishni talab qilish niyatida bo‘lsa, u o‘zining bu niyatidan bankni omonatni olishni mo‘ljallayotgan sanadan kamida bir oy oldin xabardor qilishi lozim.

Omonatchi muddatli omonat summasini muddat tugaganidan keyin muddatli bank omonati shartnomasida nazarda tutilgan holatlar vujudga kelganidan keyin qaytarib berishni talab qilmagan hollarda, agar muddatli bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnoma omonatni talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar shartlari asosida uzaytirilgan deb hisoblanadi.

YUridik shaxs, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor hamda dehqon xo‘jaliklarining muddatli omonatlariga mablag‘lar ularning asosiy hisobvarag‘idan o‘tkaziladi va omonat muddati tugagach yoki muddatli bank omonati shartnomasi bekor qilingan hollarda muddatli omonatidagi mablag‘lar ularning asosiy hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.

Muddatli omonatlar hisobi «O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi»ga muvofiq «20600 — Muddatli depozitlar» hisobvaraqlarida yuritiladi.

Omonatga foizlar to‘lash

Bank tomonidan omonatlar bo‘yicha foizlar hisoblash «Tijorat banklarida foizlarni hisoblash to‘g‘risida nizom» asosida amalga oshiriladi.Omonatlarga to‘lanadigan foiz stavkalari banklar tomonidan qonun hujjatlari talablari doirasida belgilanadi.Bank omonati shartnomasida to‘lanadigan foizlar miqdori haqida shart bo‘lmagan taqdirda, bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarga to‘lanadigan miqdorda foizlar to‘lashi shart.

Agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarga to‘lanadigan foizlar miqdorini o‘zgartirish huquqiga ega.Bank foizlar miqdorini kamaytirgan taqdirda, foizlarning yangi miqdori foizlar kamaytirilganligi haqida omonatchilarga xabar berilganidan keyin qo‘yilgan omonatlarga nisbatan qo‘llanadi. Agar bank omonati shartnomasida boshqa muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu xabarga qadar qo‘yilgan omonatlarga nisbatan kamaytirilgan foizlar miqdori tegishli xabar berilgan paytdan bir oy o‘tganidan keyin qo‘llanadi.Bank, omonat foizlari miqdorini kamaytirganligi haqida shaxsan har bir omonatchini rasmiy ravishda xabardor qilishi lozim.

Jamg‘arma va muddatli omonatlar bo‘yicha bank omonati shartnomasida belgilangan foizlar miqdorini, agar shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, bank tomonidan bir tomonlama kamaytirilishi mumkin emas. Ushbu omonatlar bo‘yicha mablag‘lar omonatchining talabi bilan unga qaytarilgan hollarda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, omonat bo‘yicha foizlar to‘lanmaydi.

Bank omonati summasiga foizlar omonat bankka tushgan kunning ertasidan boshlab, to u omonatchiga qaytarilgan yoki boshqa asoslarga ko‘ra omonatchining hisobvarag‘idan o‘chirilgan kundan oldingi kungacha yoziladi. Omonatchining hisobvarag‘i xatlanganligi oqibatida bank ushbu hisobvaraqdagi mablag‘lardan foydalana olmagan davr uchun foizlar yozilmaydi.

Agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bank omonati summasiga foizlar har bir oy o‘tganidan keyin omonatchining talabi bilan omonat summasidan alohida to‘lanadi, bu muddatda talab qilib olinmagan foizlar esa foizlar yoziladigan omonat summasiga qo‘shilib boradi.Omonatga topshirilgan mablag‘ qo‘yilgan kunning o‘zida to‘liq yoki qisman qaytadan berilsa, foizlarni hisoblashda omonat berilgan kun hisobga olinmaydi.Qo‘shimcha mablag‘lar qabul qilinganda, foizlar hisoblash uchun operatsiya amalga oshirilgan kundan keyingi kundan boshlab, to u omonatchiga qaytarilgan yoki boshqa asoslarga ko‘ra omonatchining hisobvarag‘idan o‘chirilgan kundan oldingi kungacha yoziladi.

Banklar omonatchilar bilan kelishilgan holda omonat bo‘yicha foizlarni oldindan to‘lab berishi mumkin. Agar omonatchi omonat summasini muddatdan oldin olish niyati bo‘lsa va omonatning haqiqatda saqlangan muddatiga hisoblangan foizlar summasi bo‘nak tariqasida oldindan berib yuborilgan summadan kam bo‘lsa, o‘rtadagi farq omonat summasidan chegirib qolinadi.Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat omonatchining talabi bilan, shuningdek, muddatli va jamg‘arma omonatlar muddati tugashi bilan qaytarilganda, shu paytgacha yozilgan hamma foizlar to‘lanadi.

Omonatchi jismoniy shaxslar tomonidan bir necha yillar uchun hisoblangan foizlar yozilmagan omonat daftarchasi taqdim qilinganda, bu foizlar summasi omonat daftarchasida har bir yil uchun alohida yoziladi, omonat qoldig‘i esa, oxirgi yil uchun hisoblangan foizlar yozuvidan keyin foizlar summasini qo‘shgan holda so‘z bilan yoziladi.

Omonat daftarchasi

Omonat daftarchasi bank tomonidan omonat bo‘yicha bajarilgan operatsiyalarni omonatchiga yozma ravishda tasdiqlovchi va omonat bo‘yicha olingan majburiyatlarni kafolatlovchi hujjat hisoblanadi.Omonat daftarchasi muqovasiga bankning to‘liq nomi va logotipi (firma belgisi), ichki tomoni birinchi betida bank va uning tegishli filialining nomi, joylashgan manzili, omonatchining familiyasi, ismi va otasining ismi, shaxsiy hisobvaraq raqami (20 ta belgili), valyuta turi, omonat turi, bank mas’ul xodimi imzosi, omonat kassasi muhri va filial yoki bank muhri o‘rni uchun sarlavha bilan chiziqli joy ko‘rsatilishi lozim.

Omonat daftarchasining ikkinchi va keyingi varaqlariga omonat harakatini qayd etuvchi jadval shakli tushirilishi, unda «Sana» (yil, kun, oy) «Kirim», «CHiqim» «Qoldiq», «Foizlar» va «Nazoratchi va kassir imzolari» ustunlari bo‘lishi shart.Omonat daftarchasida bajarilgan operatsiyalar bo‘yicha qayd etilgan yozuvlar nazoratchi va kassir imzosi bilan tasdiqlanishi lozim. Omonatchi tomonidan omonat daftarchasiga biron-bir yozuv kiritilishi taqiqlanadi.

Jismoniy shaxslarning omonatlarining hisobini yuritish uchun «O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi»dabelgilangan hisobvaraqlarda 20 ta belgili shaxsiy hisobvaraqlar ochiladi.Jismoniy shaxslarga shaxsiy hisobvaraqlar omonat qabul qilingandan so‘ng, bankning omonat kassasida nazoratchi tomonidan ochiladi. SHaxsiy hisobvaraqlar har bir omonatga alohida ochiladi. Ikki yoki undan ortiq shaxslarga bitta shaxsiy hisobvaraq ochilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

SHaxsiy hisobvaraqlar har bir omonat bo‘yicha qat’iy ketma-ketlikda izchil ravishda raqamlanadi. Bir xil raqamlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar bitta raqam bilan ikkita shaxsiy hisobvaraq ochilgan bo‘lsa, ulardan biri omonatchi omonat kassaga kelganda yopilishi lozim.SHaxsiy hisobvaraqlar omonat daftarchasi berilmasdan ochilishi mumkin. Bunda, bank omonati shartnomasida va omonatchi tomonidan shaxsiy hisobvaraq ochish uchun yozilgan arizada «omonat daftarchasi rasmiylashtirish bilan» yoki «omonat daftarchasi rasmiylashtirmasdan» shartlari ko‘rsatilishi lozim.

Har bir omonatga ochilgan shaxsiy hisobvaraqlar uchun SHaxsiy hisobvaraq varaqchalari tuziladi.SHaxsiy hisobvaraq varaqchalari avval omonat turlari («talab qilib olinguncha saqlanadigan», «muddatli», «jamg‘arma») bo‘yicha, so‘ngra har bir omonat turi va unga o‘rnatilgan tartib raqami asosida o‘sib borish tartibida kartotekaga joylashtiriladi.

Yil yakunlanib, yillik hisobotlar tuzilgandan so‘ng yopilgan SHaxsiy hisobvaraq varaqchalari bo‘yicha tartib raqami, shaxsiy hisobvaraq raqami, omonatchining familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatilgan ro‘yxat tuzilib, unga barcha yopilgan SHaxsiy hisobvaraq varaqchalarini ilova qilgan holda omonat bo‘linmasiga topshiriladi.

Omonat bo‘linmasi tomonidan barcha omonat kassalar bo‘yicha yopilgan SHaxsiy hisobvaraq varaqchalar bo‘yicha uch nusxada umumlashtirilgan ro‘yxat tuziladi va bank filiali rahbari, bosh buxgalter va omonat bo‘linmasi boshlig‘i tomonidan imzolanadi.Ro‘yxatning birinchi nusxasi omonat bo‘linmasida qoladi, ikkinchi nusxasi omonat kassasiga qaytariladi, uchinchi nusxasi esa yopilgan SHaxsiy hisobvaraq varaqchalari bilan saqlash uchun bank filiali arxiviga beriladi.

Jismoniy shaxslardan mablag‘larni omonatga qabul qilish

Omonatchidan boshlang‘ich mablag‘ni qabul qilishdan oldin, nazoratchi omonatchini omonat shartlari bilan tanishtirishi shart.Omonatchi omonat shartlariga rozi bo‘lgan taqdirda, bank omonati shartnomasini imzolab, Kirim orderi va So‘nggi nazoratga xabarnomani to‘ldiradi va nazoratchiga taqdim qiladi. Nazoratchi Kirim orderi va So‘nggi nazoratga xabarnoma to‘g‘ri to‘ldirilganligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng, omonatchidan omonatni qabul qilish uchun Kirim orderini kassirga beradi.Kassir omonat summasini sanab oladi va Kirim orderida ko‘rsatilgan summa bilan solishtiradi hamda summalar mos kelganda Kirim orderini imzolab nazoratchiga qaytaradi.

Nazoratchi Kirim orderi asosida omonat bo‘yicha kompyuter dasturiga boshlang‘ich qo‘yilgan omonat summasini va omonatchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlarini kiritadi.Nazoratchi omonatchiga shaxsiy hisobvaraq ochadi va SHaxsiy hisobvaraq varaqchasiga omonatchining shaxsiy hisobvaraq raqami, familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan yili va uning manzilini yozadi.Omonatchi SHaxsiy hisobvaraq varaqchasining «omonatchi» satriga o‘z imzosini qo‘yadi. Ushbu imzo omonatchining imzo namunasi bo‘lib hisoblanadi.

Nazoratchi omonatchining imzo namunasini omonatchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi imzo bilan solishtirishi shart.Nazoratchi omonat summasi qo‘yilganligini tasdiqlovchi bank omonati shartnomasini va omonat daftarchasini rasmiylashtiradi.Bank omonati shartnomasi nazoratchi tomonidan ikki nusxada bir xil raqamlanadi va unda omonatchiga beriladigan omonat daftarchasi raqami ko‘rsatiladi.Bank omonati shartnomasiga omonatchining familiyasi, ismi va otasining ismi o‘z qo‘li bilan yozilishi va imzolanishi lozim.

Nazoratchi omonat summasi kirim qilinganligini tasdiqlovchi Tasdiqnomani kompyuter dasturida shakllantirib qog‘ozga chiqaradi. Tasdiqnoma va omonat daftarchasini imzolash uchun Kirim orderi bilan birga kassirga beradi.Kassir Kirim orderidagi summani omonat daftarchasi va Tasdiqnomadagi summa bilan solishtiradi hamda omonat daftarchasi va Tasdiqnomani imzolab nazoratchiga qaytaradi.Nazoratchi bank omonati shartnomasining bir nusxasini, omonat daftarchasi va Tasdiqnomani omonatchiga beradi.

Agar omonatchi voyaga etmagan bo‘lsa, SHaxsiy hisobvaraq varaqchasining «tug‘ilgan yili» satrida omonatchining tug‘ilgan yili, kuni va oyi to‘liq ko‘rsatiladi. Ushbu ma’lumotlar So‘nggi nazoratga xabarnomaga ham yoziladi.Boshlang‘ich mablag‘ omonatchining vakilidan qabul qilingan hollarda, SHaxsiy hisobvaraq varaqchasining birinchi (bo‘sh) ustunida va Kirim orderida (chap tomonida) «omonatni qo‘ygan shaxs imzosi» satri oldida va So‘nggi nazoratga xabarnomaga «Omonatni kiritdi» deb yoziladi va vakilning familiyasi, ismi va otasining ismi yoziladi.Boshlang‘ich mablag‘ omonatchining vakilidan qabul qilingan hollarda, omonatchi omonat kassasiga kelganda So‘nggi nazoratga xabarnomani to‘ldiradi va SHaxsiy hisobvaraq varaqchasiga imzosini qo‘yadi.

Nazoratchi So‘nggi nazoratga xabarnomadagi omonatchining imzosini omonatchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatidagi imzo bilan solishtiradi, sanani qo‘yadi va imzolaydi.Omonatga qo‘shimcha mablag‘lar qabul qilishda omonatchi nazoratchiga omonat daftarchasini va shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim qilishi shart.




Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish