Viloyatdagi mehmonxona xo’jaliklari, dam olish zonalari va
sihatgohlarning moddiy-texnik bazasi.
Hozirgi kunda Samarkand viloyatida turizm sohasida faoliyat ko’rsatish uchun lisenziyaga ega bo’lgan mehmonxona xo’jaliklari soni 50 tadan ortadi. Shundan, Registon Plaza, Aziya Karavan kup tarmokli, Oriyent Star, Malika Praym mexmonxonalarini misol keltirish mumkin. Mazkur mehmonxonalar turistlarga tunash va ovqatlanish xizmatlarini taqdim etishadi. Shu bilan birga hududda mehmonxona xo’jaliklarida xizmat ko’rsatish samaradorligini oshirish maqsadida quyidagi takliflar inobatga olinsa maqsadga muvofiq bo’lardi;
- mehmonxonalarda xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni ishga qabul qilishda ularning xorijiy tillarni bilish darajasiga e’tiborni qaratish;
- mehmonxonalarni elektr energiya, suv, gaz ta’minotlari bilan uzilish
hollarining oldini olish maqsadida mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlikda chora tadbirlarni yo’lga qo’yish;
- mehmonxona xo’jaliklarida turistlarning maroqli dam olishlari uchun qo’shimcha xizmatlarni yo’lga qo’yish (konsert, uchrashuv va h.k.);
- mehmonxonalarda turistlarga qulaylik yaratish maqsadida bir qator valyuta almashtirish punktlarini ochish (VISA, MASTER CARD va h.k.);
- mehmonxonalarga lizing yoki imtiyozli kreditlar ajratgan holda zamonaviy transport vositalari bilan ta’minlash;
- xodimlar malakasini oshirish maqsadida Toshkent yoki Samarqand shahridagi zamonaviy mehmonxonalar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish;
- mehmonxonalarda kimyoviy tozalash punktlarini ochish;
- jahon andozalariga mos ravishda avtomatlashtirilgan bronlashtirish tizimini joriy etish;
- mehmonxonalarda turistlar uchun internet tizimidan foydalanish tizimini joriy etish;
- xorijiy sarmoyalarni jalb qilgan holda Samarkand shahrida yangi zamonaviy mehmonxonalarni tashkil etish;
- obyekt to’g’risida reklama mahsulotlarini tashkil etish va h.k.
Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, undan foydalanish samaradorligini oshirish, noyob tarixiy-madaniy va me’moriy meros obyektlari bilan turistlarni keng tanishtirish uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratish, konseptual asosda ziyorat turizmini faol targ‘ib qilish va ziyoratchi — turistlar oqimini ko‘paytirish, hududda zamonaviy turizm infratuzilmasining izchil rivojlanishini ta’minlash, zamonaviy talablarga muvofiq ko‘rsatiladigan turizm, mehmonxona va transport xizmatlari turlarini kengaytirish va sifatini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2017 — 2019-yillarda Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish tadbirlari Dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha uning samarali amalga oshirilishi ta’minlansin:
turizm sohasini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan holda yangi mehmonxonalar, madaniy-sog`lomlashtirish va savdo-ko‘ngilochar markazlar, turistik-rekreatsion hududlarni barpo etish hamda turizm infratuzilmasining boshqa obyektlarini qurish;
umumiy ovqatlanish tizimini takomillashtirish va turistlarning kechki bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlari uchun sharoitlar yaratish, shu jumladan zamonaviy restoranlar qurish, nurli va musiqiy shou dasturlarini tashkil etish, o‘zbek milliy musiqasining teatrlashtirilgan konsert dasturlarini tashkil etish, madaniy meros obyektlari hududida milliy urf-odat va an’analarni namoyish etish;
Aviareyslar va tezyurar “Afrosiyob” elektropoyezdi qatnovlari sonini ko`paytirish, Samarqand shahrining tarixiy hududida sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot tashkil etish, turistik namoyish obyektlariga olib boradigan avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish yo‘li bilan transport xizmatini yaxshilash, shu jumladan, avia va temiryo‘l infratuzilmasini yanada rivojlantirish;
Samarqandning turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash, shu jumladan kasb-hunar kollejlari o`qituvchilari, hududning turistik tarmog‘i xodimlarini o‘qitish va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish, turistlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni keng jalb qilgan holda turizm tashkilotlari xodimlari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari, seminarlar va mahorat darslari o‘tkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
2017 — 2021-yillar mobaynida turizm xizmatlari eksporti hajmini 2,2 baravarga, turistlar sonini 3 baravarga oshirishni ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
(1-bandning to`qqizinchi xatboshisi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
1. Vazirliklar va idoralar, Samarqand shahri va Samarqand viloyati hokimliklari rahbarlari — mas’ul bajaruvchilar zimmasiga 1-ilovada ko`rsatilgan tadbirlarning o`z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
2. Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarning davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan o`z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish; Dasturga kiritilgan tadbirlarni birgalikda moliyalashtirish maqsadida xorijiy investitsiyalar, donor mamlakatlarning, xalqaro moliya institutlarining kreditlari va grantlarini jalb etish yuklansin.
(2-band O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
3. Samarqand viloyati hokimligi O`zbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish davlat qo`mitasi, Madaniyat vazirligi bilan birgalikda: uch oy muddatda — tashrif uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan Samarqand shahrining tarixiy qismi va boshqa joylarida obodonlashtirish va qurilish bo‘yicha amalga oshirishni nazarda tutuvchi keng miqyosli ishlar hajmi va parametrlaridan kelib chiqqan holda, Samarqand shahrining tarixiy qismining mufassal loyihasiga o‘zgartirishlarni ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashiga ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda kiritsin; Samarqand shahrining tarixiy qismini rejalashtirish va moddiy madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilishning uzoq muddatli konsepsiyasini ishlab chiqishda ishtirok etish uchun YUNESKO va boshqa tegishli donor tashkilotlar ko`magida Yevropa mamlakatlarining yetakchi ekspert-maslahatchilari jalb qilinishini tashkil etsin.
4. O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi: Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi va Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda — foydalanilmayotgan moddiy madaniy meros obyektlarini ularda savdo, mehmonxona, ko`ngilochar va turizm sohasining boshqa obyektlarini barpo qilish uchun belgilangan tartibda investorlarga berish ishlarini faollashtirish chora-tadbirlarini ko‘rsin; Samarqand viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda — 2018 — 2027-yillar davrida Samarqand shahri va Samarqand viloyatining tarixiy-madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni, shuningdek Samarqand shahri va Samarqand viloyatining barcha moddiy madaniy meros obyektlari bo‘yicha restavratsiya qilish va tiklash ishlarini tugallashning aniq muddatlari nazarda tutilgan tarmoq jadvalini joriy yil oxirigacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda — Madaniyat vazirligiga mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning texnik hamkorligi va grant mablag‘larini jalb etishda har tomonlama ko‘maklashsin.
5. Quyidagilarga: Samarqand viloyati hokimligi, O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining — Samarqand shahrida turistlar kechayu-kunduz bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazishi uchun qulay shart-sharoitlar va turli xizmatlarning ko‘rsatilishini ta’minlovchi zamonaviy mehmonxonalar, kottejlar, madaniy-sog‘lomlashtirish va ko‘ngilochar-savdo maskanlarining qurilishini nazarda tutuvchi “Samarkand city” turizm zonasini barpo etish;
Samarqand viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat bankining — Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali hududida tashrif buyuruvchi ko‘plab mehmonlar va turistlarning, Samarqand shahri va Samarqand viloyatining aholisini oilaviy hordiq chiqarishi uchun yil davomida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish imkonini beruvchi zamonaviy sportzal, sport maydonchalari, usti ochiq va yopiq basseynlar, shuningdek oilalar uchun mehmonxona majmualari va kottejlar, suv attraksionlarini o‘z ichiga olgan hordiq chiqarish infratuzilmasining boshqa obyektlaridan tashkil topgan sport-sog‘lomlashtirish va turistik-rekreatsion majmuasini barpo etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
6. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki — kredit asosida “Samarkand city” turizm zonasini qurish” loyihasi amalga oshirilishini moliyalashtiruvchi, shuningdek investorlar, shu jumladan xorijiy investorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri sarmoya kiritish shaklida birgalikda moliyalashtiruvchi bosh tashkilot etib; “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat banki — “Eshkak eshish kanali hududida sport-sog‘lomlashtirish va turistik-rekreatsion hududini barpo etish” loyihasini amalga oshirish doirasida rekreatsion infratuzilmalarni qurishni kredit asosida moliyalashtiruvchi, shuningdek investorlar, shu jumladan xorijiy investorlar bilan birgalikda to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar tarzida birgalikda moliyalashtiruvchi bosh tashkilot etib belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat banki uch oy muddatda, belgilangan tartibda eshkak eshish kanali hududida sport-sog‘lomlashtirish infratuzilmasining zamonaviy jahon standartlari talablariga javob beradigan qurilish loyihasini ishlab chiqsinlar, shuningdek ushbu ishlarni moliyalashtirish manbalari bo‘yicha taklif kiritsinlar.
7. Belgilansinki, “Samarkand city” turizm zonasini qurish” va “Eshkak eshish kanali hududida sport-sog‘lomlashtirish va turizm-rekreatsion hududini barpo etish” loyihalarini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat bankining tegishli investitsiya kompaniyalari (keyingi o‘rinlarda investitsiya kompaniyalari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
8. O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga, “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat bankiga va investitsiya kompaniyalariga “Samarkand city” turizm zonasini qurish” va “Eshkak eshish kanali hududida sport-sog‘lomlashtirish va turizm-rekreatsion hududini barpo etish” loyihalarini amalga oshirish doirasida: zaruriyatga ko‘ra, investitsiyalash davrida ajratilgan kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarni kapitallashtirish; Bir soha tashkilotlariga taqdim etiladigan eng ko‘p miqdordagi kreditlar ulushiga cheklovlar belgilash va boshqa tashkilotlarning ustav kapitallarida ishtiroki bo‘yicha cheklovlar qo‘llamaslik; obyektlarning foydalanishga topshirilishiga ko‘ra, obyektlarni yoki tashkilotlarning ustav jamg‘armasidagi ulushini barcha xarajatlar va investitsiyalar miqdoridan kam bo‘lmagan, shu jumladan tijorat kreditlari ajratgan holda sarflangan mablag‘lar valyutasida (milliy va xorijiy valyutada) bozor narxlari bo‘yicha boshqa investorlarga sotish; qurilish-montaj ishlarini belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etgan holda parallel ravishda loyihalashtirish va moliyalashtirish shartlarida amalga oshirish, shuningdek tender savdolari o‘tkazmagan holda eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida pudrat tashkilotlarini va tovarlar (xizmatlar, ishlar) yetkazib beruvchilarni tanlash; “Samarkand city” turizm zonasida obyektlarni qurish, shuningdek eshkak eshish kanali hududida sport-sog‘lomlashtirish va turistik-rekreatsion hududini barpo etish doirasida tuzilgan import shartnomalarini vakolatli organlar tomonidan belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng moliyalashtirishni amalga oshirish huquqi berilsin.
9. “Samarkand city” turizm zonasi va eshkak eshish kanali hududidagi sport-sog‘lomlashtirish va turistik-rekreatsion hududida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari, shuningdek investitsiya kompaniyalari 2020-yil 1-yanvargacha:
Oldingi tahrirga qarang. yer solig‘i, daromad solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi hamda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy to‘lovlardan;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilmaydigan va tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinadigan asbob-uskunalar, xomashyo, butlovchi buyumlar, qurilish va boshqa materiallarini import qilishda bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlari bundan mustasno) ozod qilinsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda tegishli vazirliklar va tashkilotlar bilan birgalikda — ikki oy muddatda “Samarkand city” turizm zonasi va eshkak eshish kanali hududidagi sport-sog‘lomlashtirish va turistik-rekreatsion hududining aniq chegaralarini belgilasin, shuningdek ularni qurish uchun investitsiya kompaniyalariga qurilishni boshlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni (topografik fotosurat, to‘liq kadastr hujjatlari, geologik o‘rganishlar va seysmik daraja bo‘yicha hisobotlar, yillik haroratning o‘zgarishi va boshqalarni) taqdim etgan holda belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratsin; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat banki bilan birgalikda — ishga tushirishning aniq muddatlarini belgilagan holda “Samarkand city” turizm zonasini va eshkak eshish kanali hududidagi sport-sog‘lomlashtirish va turistik-rekreatsion hududida quriladigan obyektlarning manzilli ro‘yxatini uch oy muddatda tasdiqlasin; qonunchilikda belgilangan tartibda egalariga kompensatsiya to‘lagan holda “Samarkand city” turizm zonasi qurilishi rejalashtirilgan hududdagi eski uy-joy va boshqa binolarning belgilangan tartibda buzish va hududni tozalash ishlarini, shuningdek Samarqand viloyati mahalliy budjeti hisobidan barcha zarur tashqi kommunikatsiya-muhandislik va kommunal infratuzilmalarning quriladigan obyektlarga yetkazilishini tashkil etsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda — “Samarkand city” turizm zonasida hamda Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali hududidagi sport-sog‘lomlashtirish va turizm-rekreatsion hududida zamonaviy mehmonxona va boshqa turizm va sport-sog‘lomlashtirish infratuzilmasi obyektlarini qurishni moliyalashtirish uchun strategik xorijiy va mahalliy investorlarni jalb etish masalasi ishlab chiqilishini ta’minlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda — Sharqning haqiqiy marvaridi deb e’tirof etilgan noyob muzey-shahar sifatidagi Samarqand shahrining brendini ishlab chiqish hamda ommabop xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalarining faol ishtirokida 2017 — 2019-yillar davrida “Samarqand — buyuk davlat arbobi Amir Temur davlatining poytaxti” va “Samarqand — buyuk olim-astronom Mirzo Ulug‘bekning vatani” shiorlari ostida keng reklama kampaniyasini o‘tkazishni nazarda tutgan holda Samarqand shahriga va Samarqand viloyatiga turistlar oqimini ko‘paytirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin
Do'stlaringiz bilan baham: |