3.1-chizma. Samarqand turistik klasteri1
Samarqand turistik klasterining raqobatbardoshlik afzalliklarini aniqlash, ichki va tashqi bozor konyukturasidan kelib chiqqan holda chuqur ilmiy tahlil qilish asosida ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini va aholi farovonligini oshirish hozirgi kunning muhim vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Mamlakat iqtisodiyotining mintaqaviy tarkibida Samarqand viloyati o‘ziga xos transport-geografik joylashuvi, tabiiy-iqtisodiy salohiyatining raqobatbardoshlik afzalliklari bilan ajralib turadi. Lekin shunga qaramasdan ulardan foydalanish samaradorligi talab darajasida emas. Viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va investitsion faollik darajasi bo‘yicha respublikada keyingi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Mintaqa iqtisodiyotida turizmning o‘rni hamon pastligicha qolmoqda, bu o‘z navbatida barqaror turizmni tashkil qilish va uning o‘sishini ta’minlashda muammo va nomutanosibliklarni keltirib chiqarmoqda. Shu sababli viloyatda mavjud raqobatbardoshlik afzalliklaridan to‘laroq foydalanish asosida turizm salohiyatini keskin kengaytirish, nisbatan yuqori Turistik xizmatlar ishlab chiqarish korxonalari Turfirma va mehmonxonalar o‘xshash va turdosh xizmatlar ishlab chiqarish korxonlari Ommaviy ovqatlanish, transport, madaniy tadbirlar Bank, va moliya muassasalari, investitsiya fondlar Samarqand shahrida joylashgan banklar moliya muassasalari, investitsiya fondlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari SamISI, TATU Samarqand fil. Turizm KXK, SamDCHTI, Milliy hunarmandchilik KXK Axborot texnologiyalari Ishlab chiqarish infratuzilmalari Ixtisoslashgan biznes xizmatlar Mahalliy boshqaruv organlari Samarqand viloyati hokimligi Samarqand shahar hokimligi “O‘zbekturizm”MK Samarqand bo‘limi “Samarqand turizm makoni” DUK Iste’molchilar Turistlar, sayyohatchilar KLASTER YADROSI ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, aholi farovonligini yanada oshirish juda dolzarb masaladir. Ayniqsa turistik klasterning raqobatbardoshligini oshirish mexanizmlari sifatida uzoq muddatli taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqish, uni rivojlantirishning ilg‘or usul va shakllari(erkin iqtisodiy zonalar, xalqaro logistika markazlari, klasterlar tizimi va maqsadli ixtisoslashuv)dan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish amaliyot uchun katta ahamiyatga ega.
Mamlakat va mintaqalar iqtisodiyotini rivojlanishini tartibga solishning muhim yo‘nalishlaridan biri ularning raqobatbardoshligini oshirish bilan bog‘liq. Mamlakatning raqobatbardoshligini ta’minlash uchun iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish jarayonlarini chuqurlashtirish siyosatini davom ettirish lozim . Ushbu ustuvor yo‘nalish ma’lum darajada Samarqand mintaqasiga ham ta’alluqlidir. Turistik klasterlar raqobatbardoshligi nazariyasi endigina shakllanmoqda. Shu sababli uning mazmuni, tushunchasi bo‘yicha olimlar o‘rtasida turli qarashlar va ta’riflar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |