O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent farmatsevtika instituti “Biotexnologiya” kafedrasi



Download 1,42 Mb.
bet65/88
Sana01.09.2021
Hajmi1,42 Mb.
#161554
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   88
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Takrorlash uchun savollar


  1. Saponinlar tasnifi qanday?

  2. Saponinlar kimyosi qanday taxlil qilinadi?

  3. Diasponin, olish texnologiyalaridagai asosiy jarayon qanday?

25- Ma’ruza


Mavzu: Polisponin, saparal olish texnologiyalari

R eja: 1. Polisponin olishda ishlatiladigan

xom ashyo

2.Xom ashyoni maydalash

3.O‘simlik xom ashyosidan saponinlar

ekstraksiyasi

Polisponin olish texnologiyasi.

Polisponin quruq ekstrakt bo‘lib, Nippon dioskareyasi ildizpoyasi, ildizlaridan — Dioscorea nipponica Macino olinadi. Tarkibida 17% dan kam bo‘lmagan suvda eruvchan steroid saponinlar bo‘lishi kerak.

Ular yig‘indisi ichida asosiy suvda eriydigan saponin — bu diossinindir:

Diossinin erish temperaturasi 202-203 0S (parchalanish) D — 69,880 (metanol). Gidrolitik parchalanganda ikki molekula ramnoza va ikki molekula glyukoza hamda diosgenin hosil bo‘ladi. Polisponin tarkibiga kiruvchi nippon dioskareyasining ekstrakti och sar\ish rangdan to jigarranggacha bo‘lib, mayda to‘q rangli zarrachalarni saqlaydi. Gigroskopik bo‘lib saqlash mobaynida uvalanadi. Suvda oson eriydi, ko‘pincha engil loyqa hosil qiladi. Amalda 95% li spirtda, efir va xloroformda erimaydi. Suvli eritmasi chayqatilganda tur\un ko‘pik hosil bo‘ladi.

SHilliq qavatga tushganda qizartiradi, achishtiradi. Polisponin qon-tomirlar aterosklerozida va bosh miya gipertoniyasida tavsiya etiladi. Dori turi shaklida — 100 mg quruq ekstrakt saqlovchi tabletka.

Nippon dioskareyasi — Uzoq SHarq endemi. Faqat ajratilgan rayonlardagina engil-quruq xom ashyo tayyorlash (\amlash) mumkin. Ildizpoya ildizlari bilan 8% gacha steroid saponinlarni saqlaydi. Molekulaning glikozid qismi uglevod qoldiqlariga bo\liq ravishda diosgenin saponinlari to‘rt molekula qand saqlovchi suvda eriydigan, kam miqdor qand saqlovchi suvda erimaydiganlarga bo‘linadi. Suvda eriydigan saponinlar asosiy tarkibini diossinin hisoblansa, suvda erimaydiganlari tarkibidan esa diossin va gratsillin topilgan.

Nippon dioskareyasidan olingan ekstrakt, asosan suvda eruvchi saponinlarga kiradi.

O‘simlik xom ashyosidan saponinlar ekstraksiyasi. Nippon dioskareyasining ildizpoyasi juda qattiq bo‘lganligi sababli tayyorlov bazalaridan qayta ishlash zavodlariga maydalangan (1-3 mm gacha) holda keltiriladi. Ekstraksiya yol\on tubli, filtrlovchi mato joylashtirilgan oddiy aylantirgichli ekstraktorda olib boriladi. Ekstraksiya xona temperaturasida 80% li etil spirtda 8 soat davomida olib boriladi. Har bir soatda 15 minut aralashtirgich ishga tushiriladi. hammasi bo‘lib 3 marta ekstraksiya o‘tkaziladi. Dastlabki ikkita spirtli ekstrakt texnologik jarayonning keyingi bosqichiga o‘tkaziladi, uchinchi spirtli ekstrakt esa yangi xom ashyoni birinchi ekstraksiyasi uchun ishlatiladi. Har bir spirtli ekstrakt druk filtr orqali bo‘z filtrdan o‘tkaziladi. Uchta ekstraksiyadan so‘ng chiqindi ekstraktordan vakuum yordamida kub rektifikatsion kolonkaga etil spirtini haydash va rektifikatsiya qilish uchun yuboriladi. Olingan haydalgan spirt ekstraksiya bosqichlarida ishlanadi, chiqindi tashlab yuboriladi.

Spirtli ekstraktlarni bu\latish va so‘nggi maxsulotni olish. Birlashtirilgan ikkita dastlabki spirtli ekstrakt oddiy \ilofli va aralashtirgichli vakuum bu\latgich apparatida olib boriladi. Ekstraktlarni bu\latish olib borilayotgan \ilofdan chiqqan suvli harorati 70-75 0S bo‘lishi kerak va bosim 100-150 mm. sim. ust. bo‘lishi kerak. Bu\latish dastlabki hajmning 110 gacha olib boriladi. Kub qoldiq 10-15 0S gacha sovitiladi, suvda erimaydigan saponinlar to‘liq cho‘kmaga tushguncha ushlab turiladi. CHo‘kmaga tushgan saponinlar supersentrifugada (tip. SGS -150750, 15000 aylmin) ajratib olinadi. Ajratib olingan cho‘kma jarayondan chiqarib yuboriladi. Filtrat xuddi yuqoridagi parametrlarda 2 dyumli tushiruvchi kranli vakuum-apparatda quyuq smola hosil bo‘lguncha bu\latiladi. Issiq holdagi smola emal bochokga quyiladi. Po‘lat listga 3 sm qalinlikda taqsimlanadi va ekstraktni quritish uchun gorizontal silindrik vakuum-quritish shkafiga joylashtiriladi. +uritish 600S haroratda va bosim 150 mm. sim. ust. bo‘lganda engil quruq holatga kelguncha sutka davomida quritiladi.

+urigan mahsulot olinib “piruet” tipidagi tegirmonda kukun holigacha maydalanadi.

Kukun holidagi mahsulot ikki qavatli polietilen xaltachalarga germetik qadoqlanadi. Tayyor mahsulot 3,5% namlik va 17 % gacha saponinlar yi\indisini saqlaydi.

Olingan xom ashyoga nisbatan chiqish unumi — 56,5%.



Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish