O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent farmatsevtika instituti “Biotexnologiya” kafedrasi



Download 1,42 Mb.
bet64/88
Sana01.09.2021
Hajmi1,42 Mb.
#161554
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   88
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR:


  1. Kumarinlarga ta’rif bering.

  2. Kumarinlar asosida qanday dorivor preparatlar mavjud ?

  3. Furalen olish texnologik jarayoni qanday ?



2 4- Ma’ruza


Mavzu: Saponinlar kimyosi va texnologiyasi

Reja:. 1.Saponinlar tasnifi

2.Saponinlar kimyosi

3.Saponinlarning tibbiyotda ishlatilishi

4.Diasponin, olish texnologiyalari

Glikozidlarning suvdagi eritmasi chayqatilganda tur\un ko‘pik hosil qiladi, shuning uchun ular saponinlar deb atalgan (lotincha sapo — sovun so‘zidan olingan). Saponinlar fermentlar yoki suyultirilgan kislotalar ta’sirida gidrolizlanib, monosaxaridlar aralashmasiga hamda aglikon — sapogeninlarga parchalanadi.

Saponinlar, ayniqsa chinniguldoshlar (Caryophyllaceae), primuladoshlar (navro‘zguldoshlar) (Primulaceae), polemoniyadoshlar (Polemoniaceae), dukkakdoshlar (Fabaceae), poligaladoshlar (Polygalaseae), araliyadoshlar (Araliaceae), sigirquyruqdoshlar (Scrophulariaceae), yamsdoshlar (Dioscoreaceae), ra’noguldoshlar (Rosaceae), sapindoshlar (Sapindaceae), lolaguldoshlar (Liliaceae), chuchmomadoshlar (Amaryllidaceae), tuyatovondoshlar (Zygophyllidaceae) va boshqa oilalarning vakillari tarkibida ko‘p miqdorda to‘planadi.

Saponinlar oq rangli amorf birikma, sapogeninlar esa kristall modda. Ular suvda, suyultirilgan etil (60-70%) va metil spirtlarida yaxshi eriydi. 90% li etil spirtida esa faqat qaynatilgandagina erib, sovitilganida qayta cho‘kadi. Saponinlar efir, xloroform va boshqa organik erituvchilarda erimaydi. Ularning aglikonlari — sapogeninlar, aksincha turli organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Saponinlar fenollar va steroid spirtlar bilan molekulyar birikma beradi Xosil bo‘lgan birikmalar suvda va spirtda yomon erigani sababli, saponinlarni o‘simlikdan ajratib olishda va ular miqdorini aniqlashda shu reaksiyalardan foydalaniladi. Steroid spirtlarga kiradigan xolesterin miqdorini aniqlash usullari ham uning saponinlar bilan erimaydigan molekulyar birikma hosil qilishga asoslangan. Saponinlar xolesterin bilan birikkanda, biologik faolligini yo‘qotadi.

Saponinlar faol biologik birikmadir. Tarkibida saponin bo‘lgan o‘simliklar kukunining changi burun va tomoqning shilliq qavatlarini qichishtirib, yo‘taltiradi hamda aksirtiradi. Ular iste’mol qilinganida ichki sekretsiya bezlarining suyuqlik ajratish qobiliyati kuchayadi. +on eritrotsitlarini eritish saponinlarning eng muhim va o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. SHuning uchun saponi eritmasini venaga yuborish mumkin emas. Aks holda eritrotsitlarni eritib yuborishi mumkin. Iste’mol qilingan ba’zi saponinlar kuchli zahar sifatida ta’sir qilishi mumkin. Zaharli saponinlar sapotoksinlar deb ataladi.



Saponinlar tasnifi.

Saponinlar aglikonlarining kimyoviy tuzilishiga qarab ikki guruhga bo‘linadi.



1. Sapogeninlari triterpenlarning unumlari bo‘lgan (pentatsiklik va tetratsiklik birikmalar) saponinlar.

Triterpen saponinlarning suvdagi eritmasi aksariyat kislotali sharoitga ega.

Triterpen pentatsiklik saponinlarning aglikoni sifatida ko‘p o‘simliklarda uchraydigan oleanol, ursol, glitsirretin kislotalar boshqalar, triterpen tetratsiklik saponinlarga jenshenda uchraydigan panaksodiol va panaksotriollar misol bo‘la oladi.

2. Sapogeninlari siklopentanpergidrofenantrenning unumlari (steroid birikmalar) bo‘lgan saponinlar.

Steroid saponinlarning suvdagi eritmasi neytral reaksiyali bo‘ladi.

Steroid saponinlar tabiatda triterpen saponinlarga nisbatan kamroq tarqalgan bo‘lsada, ular ko‘proq va ancha chuqur o‘rganilgan. Steroid saponinlarga misol qilib angishvonagul o‘simligining saponinlaridan tigonin (sapogenini - tigogenin) va digitonin (sapogenini - digitogenin), dioskoreya o‘simligi saponinlaridan diossin (sapogenini - diogenin) va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.Saponinlar aglikoni — sapogeninlarga qand qismi odatda uchinchi uglerod atomidagi gidroksil orqali birikadi. Lekin boshqa uglerod atomlariga joylashgan gidroksil guruhlar, ba’zan bir vaqtda ikkita uglerod atomiga joylashgan ayrim-ayrim gidroksil guruhlar orqali ham qand qoldiqlari sapogenin skeletiga birikishi mumkin. Saponinlar molekulasi tarkibida qand qismi sifatida ko‘pincha D - glyukoza, D - galaktoza, D - ksiloza, L - ramnoza, L - arabinoza, L - fukoza va boshqa monosaxaridlar hamda D - glyukuron va D - galakturon kislotalari uchraydi. Bularning saponinlar molekulasidagi miqdori 1 tadan 10 tagacha va undan ortiq monosaxaridlar birlashmasidan tashkil topgan bo‘lishi mumkin.

Diosponin olish texnologiyasi.

Diosponin — Dioskorey oilasiga mansub, Kavkaz dioskoreyasi (Dioscorea caucasica Lipscy) ildizpoyasidan quruq tozalangan ekstrakt holida olinadi.

Diosponin — och sariq rangdan to jigar ranggacha, achchiq ta’mli, suvda va spirtda yaxshi eruvchan amorf gigroskopik kukun. Suvli eritmasi chayqatilganda tur\un ko‘pik hosil bo‘ladi. 8% gacha namlik saqlaydi. Gemolitik indeks 2000, eritrotsitlarni gemolizga uchratadi.

Diosponin 28% dan kam bo‘lmagan steroid saponinlar saqlaydi, ulardan asosiylari kavkazosaponin erish temperaturasi 218-220 0S (parchalanish) D20 — 62,350 (piridin) bo‘lib, ramnozotriglyukozid diosgenin (I) ni namoyon etadi va kavkazoprosapogenin erish temperaturasi 242-2450 (parchalanish) D20 — 50,350 (piridin) bo‘lib, triglyukozid diosgeninni namoyon etadi.

SHilliq qavatga tushishi bilan qizartiradi, achishtiradi. Diosponin miya qon tomirlari ateroskleorozida va umumiy aterosklerozda tavsiya etiladi.

28% dan kam bo‘lmagan suvda eruvchan saponinlar steroid saqlovchi diosponin preparati, qonda xolesterin miqdorini va arterial bosimni pasaytiradi. Miya qon tomirlari aterosklerozida, kardiosklerozida va shuningdek gipertonik kasalliklar profilaktikasi va davolanishga tavsiya etiladi.

Dori preparati turi 0,1 g dan tabletka holida.


Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish