surilgan. Injil va Qur'oni karimda ham uning elementlari bor. Markaziy Osiyodagi
sarbadorlar (boshini dorga tikkanlar) davlati ham shu tamoyillarga asoslangan
Feodal er egaligi davrida natural xo'jalik, ayniqsa qishloq xo'jaligi asosiy
edi, ammo shu bilan birga bu paytda shaharlar soni o'sdi, tovar-pul munosabatlari
ham ancha rivojlandi, nisbatan erkin va samarali ishlab chiqarish usuli bo'lgan
krepostnoylikka o'tildi. Avvalgi davrdagi natural xo'jalik ishlab chiqarishi (T-T)
asta-sekin T-P-T munosabatlari bilan almasha bordi (agrar yo'nalish hal qiluvchi),
iste'mol qiymatlarini yaratish baribir asosiy maqsad bo'lgan va shu g'oya himoya
etilgan, mehnat qurollari takomillashmagan davrda bu tabiiy bir hol edi.
Feodal munosabatlar Sharkda nisbatan erta tarkib topdi va uzoqroq davom
etdi. Arab mamlakatlarining iqtisodiyotiga islom aqidalari faol ijobiy ta'sir etdi.
Kur'oni karim va hadislarda keltirilgan iqtisodiyotga aloqador qonun-qoidalar
«Hidoya» va shu kabi boshqa fiqh kitoblarida keng o'rganilib, amalga oshirildi,
natijada muhim iqtisodiy g'oyalar ilgari surildi. Mehnat, ayniqsa, qishloq xo'jaligi,
hunarmandchilik va savdo qo'llab-quvvatlandi. Isrofgarchilik, mehnatsiz daromad,
ayniqsa sudxo'rlik harom deb e'lon qilindi.
Bu davr uchun Ibn Xaldunning iqtisodiy g'oyalari nihoyatda muhimdir, u o'z
asarlarida ijtimoiy ishlab chiqarish, mehnat unumdorligi, oddiy va murakkab
mehnat, zaruriy va qo'shimcha mahsulot, tovarning iste'mol qiymati va umuman
qiymatning farqini ta'riflab berdi, ayirboshlash tamoyilini (sarflangan mehnatning
yarmi) to'g'ri talqin etdi, sarflangan mehnat bilan birga shu tovarning odamlarga
zarurligi ham muhimligini ta'kidladi. Uning asarlarida mehnat taqsimoti, tovar-pul
munosabatlari, savdoning boylik yaratishdagi roli, soliq tizimining xalq
farovonligiga ta'siri asosan to'g'ri tahlil etib berilgan.
G’arbiy Evropadagi feodal munosabatlar nisbatan kech tarkib topgan bo'lsa
ham, uning rivoji tezroq bo'ldi. Dehqonchilik, umuman, qishloq xo'jaligi ustun
bo'lishiga qaramay, hunarmandchilikda sex tizimi, keyinroq manufaktura vujudga
keldi, mehnat taqsimoti, unumdorlik va sifat masalalari (ayniqsa sexlarda), raqobat
tamoyillari tarkib topdi. Bu davrda g'arbda natural xo'jalik (iste'mol qiymati ishlab
chiqarish) qo'llangan, oltin va kumush, zeb-ziynat sun'iy boylik deb qaralgan,
«adolatli baho» masalasi ko'tarilgan. Bu erda ham din va din ahli tomonidan
iqtisodiyotda muhim fikrlar ilgari surilgan. Masalan, F.Akvinskiy «adolatli baho»
masalasini naf va manfaatlar tengligi asosida hal etadi. Prosent (foiz)ni oqlaydi, uni
qo'llaydi va tavakkalchilik to'lovi deydi. U shuningdek rentani ham qo'llaydi, uning
ekspluatatorlik mohiyatini inkor etadi.
Rossiyada shu davrdagi iqtisodiy g'oyalarda ham dehqon mehnati boylikning
asosi ekanligi ko'rsatiladi, natural renta miqdori 2 foiz belgilanadi, tovar-pul
munosabatlariga, ayniqsa savdoga qarshi g'oyalar ko'p edi.
XIV-XV asrlarda G’arbiy Evropada feodalizmning emirilishi va ilk
kapitalistik munosabatlar shakllana boshladi. Bu jarayon kapitalning dastlabki
jamg'arilishi jarayoni bilan bog'liq bo'ldi va ko'p hollarda og'ir shaklda amalga
oshdi. Ayniqsa dehqonlarni erdan mahrum etish og'ir oqibatlarga, dehqonlarning
katta qismining xonavayron bo'lishiga olib keldi. Yangi munosabatlar yangi
sinfning - burjuaziyaning manfaatiga mos edi, ammo bu jarayon boshqalar
hisobiga ro'y berdi.
Ana shunday sharoitda xayoliy (utopik) sosializm g'oyalari tarkib topdi.
Aslida bu g'oyalarning elementlari ilgarigi davrda ham bo'lgan. Yangi yo'nalish
tarafdorlari barcha ofat xususiy mulk va puldan kelib chiqadi, deb o'ylashgan. Ular
boylik hammaning mehnati asosida, ijtimoiy mulkchilik sharoitida hosil qilinsa,
xususiy mulk esa tekis taqsimot yo'li bilan (pulsiz) amalga oshirilsa, barchaning
farovonligi ta'minlanadi degan fikrda edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: