Statistika fanining predmeti - ommaviy xodisa va jarayonlarning miqdoriy-sifat aniqligini o'rganish, ularda aniq makon va zamon sharoitida namoyon bo'ladigan qonuniyatlarini miqdoriy nisbatlar orqali ifodalashdan iborat.
4. Statistika fanining kategoriyalari (muhim tushunchalari)
Statistikada 5 ta kategoriyalar (muhim tushunchalar) ishlatiladi:
Statistik to'plam (yig'indi) – bu o'rganilishi lozim bo'lgan ommaviy jarayondir;
Statistik to'plam birligi – bu statistik to'plamning tarkibiy unsuri bo'lib, o'rganilayotgan alomatlar tashuvchisidir;
Statistik to'plam birligining alomati (belgisi) – statistik to'plam birligi xususiyatlari bo'lib, bunda ularni o'lchash usullariga ko'ra ajratiladi;
Statistik ko'rsatkich – hisoblanayotgan statistik mohiyat bo'lib, o'rganilayotgan hodisaning miqdoriy jihatlarini tavsiflaydi;
Statistik ko'rsatkichlar tizimi – statistik ko'rsatkichlar to'plami bo'lib, hodisalar o'rtasidagi bog'liqlikni aks etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |